Abdulla Avloniy turkiy guliston yoxud axloq so'zboshi o'rnida


Download 154.7 Kb.
bet27/35
Sana22.03.2023
Hajmi154.7 Kb.
#1286146
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35
Bog'liq
abdulla avloniy turkiy guliston yoxud axloq

SAFOHAT BALOSI


Safohat deb buzuq va g'ayri mashru' yerlarga sarfi umr-u mol qilmakni aytilur. Safohat eng yomon xulqlardan sanalgan bir sifati zamimadurki, kishini duchori ya'su nadomat etmakdan boshqa, shuhrat va e'tiborini yer ila yakson qilur va o'rinsiz yerga sarf qilingan narsaning qiymatini qaytarib Olmoq mumkin o'lmadig'i (kabi) safohat dunyosiga isrof qilingan aziz umr va hayotning-da iodasining imkoni yo'qdur. Inson har hołda o'z nafsining idorasini ta'min qilub, baxtiyorona bir maishatga qodir bo'lsa, haqiqatan mas'udiyati insoniyasini yo'lga solgan bo'lur. Safohat yolg'uz bir oilaning emas, butun bir qavmning mol va sarvatini mahv etmakka qodirdur. Hatto nomus va fazilatiga maxsus bo'lgan hurmat va rioyatini ham barbod qilur. Shuning uchun inson ko'rpasiga qarab oyog' uzatmasa, daromadiga qarab xarojat qilmasa, iqtisod yo'lini rioyat qilmasa, nafsning yoqasini safohat qo'lidan qutqarolmas. Mol va hayot qadrini bilmagan va ko'rnamaklik qilgan bo'ladur. Safohat balosiga mubtalo bo'lgan kishilarning boshlariga shunday bir qora kunlar keladurki, <Hosili kałom, inson umrindan bir daqiqasini, molindan birgina chaqasini o'rinsiz va g'ayri mashru' yerlardan biriga sarf qilsa, bu dunyoda xor, oxiratda alamlik azobga giriftor bo'lishida shubha yo'qdur.
Safohat ofatijondurjahonda,
Safohat bizdadur ushbu zamonda. Yuqum/i bir marazdandur safohat, Yuqub andin tug'u/ur har fa/okat.
Safohat mahv edar umring, hayoting,
Umid etma safohatdan najoting. Safohat ay/agay mo/ingni toroj,
Bo'/ursan oxiri nomarda muhtoj.
Berubdur Haq senga juz ixtiyoriy, Rizo ermas buzuq koringga bori.
Aziz umringni g'aflatda kechurma,
Safohatjomini nafsa ichurma.
Shariat yo'/ida qi/ istiqomat,
Safahat oxiri hasrat, nadomat.
Dushun, joni azizing ehtiyot et,
Musaffo yo'/ Payg'ambar ortidan ket.
Safahat o'y/ama oromijondur,
Butun vijdon i/ajonga ziyondur.
Faqir/ikni pu/a sotub o/ursan,
Dushungi// dushmana muhtoj qo/ursan. Safohat dushmani nomuş shoning, Buyuk bir ofati ruhi ravoning.
Qabohatdur, safo/atdur safohat/
Na «Hijron»/ig' fa/okatdur safohat.

Download 154.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling