Abdulla Avloniy turkiy guliston yoxud axloq so'zboshi o'rnida
Download 154.7 Kb.
|
abdulla avloniy turkiy guliston yoxud axloq
- Bu sahifa navigatsiya:
- HASAD
JIBONATJibonat deb qo'rqoq va yuraksizlikni aytilur. Qo'rqoq kishilar vahm va xayolot asiri bo'lub, bir ishni ishlamakg'a jasorat qilolmaslar. Qo'rqoqlik eng yomon xulqlarning biridur. Chunki qo'rqoq kishilarning so'z va va'dalariga ishonub bo'lmagani kabi yo'l va safarda ham hamroh bo'lmak xatodur. Zeroki, yuraksiz kishilarda sabr va sabot, jur'at va matonat kabi yaxshi sifatlar bo'lmaydur. Qo'rqoqlikning boshi tarbiyasizlik o'ldig'i kabi oxiri o'lumdur. Birdan bir narsadan qo'rqub, yuragi yorilub, o'lub qolgan qo'rqoqlar ham bo'ladur. Shul xususga biz turkistonlilar hech ahamiyat bermaymiz. Bolalarimizni yaxshi tarbiya qilmaymiz, «ana, Ola bo'ji kelvotti» deb qo'rqoq va yuraksiz qilib o'tiramiz. Shuning uchun bizlarning bolalarimiz hech narsaga jasorat qilolmaydurgan, kech bo'lsa uydan eshikka chiqolmaydurgan, hatto o'zining soyasidan qo'rqadurgan yuraksiz bo'lub o'sadur. Bular kishi bo'lganda ham foydali ishlarni ishlovdan mahrum bo'lub, faqir va muhtojlikda qolurlar. Bas, qo'rqoqlik soyasida o'zlariga yeng bo'lmagan yuraksiz kishilardan millatga bo'y bo'lolmasliklari tabiiydur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afandimiz: < HASADHasad deb bir odamga janobi Haq tarafindan berilgan he'mat va davlatning zavolini tilamakni aytilur. G'iybat, bo'hton, su'izan kabi yomon xulqlar hasaddan tug'ilur.Hasad axloqi zamimalarning eng zararligidur. Janobi Haq Qur'oni karimda «va min sharri hosiden izo hasad» deb hosidning sharrindan o'ziga sig'inmoqni amr etmishdur. Hukamolar hasadni otashga o'xshatmishlar. < muhtaram sallollohu alayhu vasallam afandimiz: < Butun bo'/mas hasudning parcha noni, Kuyar hosidning doim jism-ujoni. Hasadchi xoh faqir o'/sun va yo boy, Hasad nori/a yongay ustuxoni. Ochar doim kuyub maqsuda hosid, Chiqar tandan aziz ruhi ravoni. Download 154.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling