«abdulla oripov ijodida ayol va ona obrazlar talqini»


Download 18.56 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi18.56 Kb.
#1497466
  1   2
Bog'liq
«ABDULLA ORIPOV IJODIDA AYOL VA ONA OBRAZLAR TALQINI»


«ABDULLA ORIPOV IJODIDA AYOL VA ONA OBRAZLAR TALQINI»
Annotatsiya: Maqolada O‘zbekiston qahramoni Abdulla Oripov ijodiy mahorati, hamda ularning o‘ziga xos xususiyatlari, eng asosiysi Ayol va Ona tasvirida hech kimnikiga o‘xshamagan kuchli talqinlar, ruhiy iztiroblar manzarasi, armonga aylangan orzular, inson sezimlarida qoldirgan iz tasviri, Ayol sha’nini ulug‘lash kabi tasvirlarda shoir mahorati haqida so‘z yuritiladi
Kalit so`zlar: Ayol, Ona, tasviriylik, ruhiy iztirob, inson sezimlari, ayol sha’ni, kuchli tasvirlar
Abstract: In the article, the creative skills of the hero of Uzbekistan Abdulla Oripov, as well as their unique characteristics, the main thing is strong interpretations like no other in the image of Woman and Mother, the scene of mental suffering, dreams that have become dreams, the image of the imprint left on human feelings, Woman sha In such images as glorifying the poet, there is talk about the poet's skill
Key words: Woman, Mother, imagery, mental anguish, human feelings, female dignity, strong images
Аннотация: В статье раскрываются творческие способности героя Узбекистана Абдуллы Орипова, а также их уникальные характеристики, главное сильные интерпретации, как никакие другие в образе Женщины и Матери, сцены душевных страданий, снов, которые стать мечтами, образ наложил отпечаток на человеческие чувства, Женщина ша В таких образах, как прославляющих поэта, идет речь о мастерстве поэта
Abdulla Oripov chinakam xalqning ehtiromi va e‘tirofiga sazovor bо‘lgan shoirdir. Uning xalq ardoп‘iga, el-yurt hurmatiga sazovor bо‘lishining о‘ziyoq ijodkorning she‘r va dostonlari xalq ruhi va qalbining ifodasiga aylanganidan darak beradi. Yozuvchilikning maktabi ham, dorilfununi ham bitta. U ham bо‘lsa, bir umr hayotning ichida bо‘lish, о‘z xalqi bilan hamdardu hamnafas bо‘lib yashash, haqiqat va adolatga sadoqat bilan xizmat qilishdir. Zero, Abdulla Oripov butun hayoti davomida о‘z xalqi bilan hamdardu hamnafas bо‘lib yashab, ijod qilayotgan shoirdir. Chunki bu shoir uchun xalq mavhum tushuncha emas, u aniq mazmunga ega. Shoirning Men nechun sevaman О‘zbekistonni she‘rida aytilganidek, Xalqim, tarix hukmi seni agarda Mangu muzliklarga eltgan bо‘lsaydi, Qorliklarni makon etgan bо‘lsayding, Mehrim bermasmidim о‘sha muzlarga? Mazkur fikrlarda shoir she‘riyatining milliy ruhiyatini belgilab beruvchi pafos ufurib turadi.
Abdulla Oripovning inson hayotini, uning orzu-umidlarini yuksak badiiy saviyada ifodalagan, umuminsoniy mohiyatga ega bо‘lgan xalqona poetik tafakkur belgilari yaqqol kо‘rinib turgan asarlarini maxsus tadqiq etish bugungi adabiyotshunoslik ilmining dolzarb masalalaridan biridir(4).
Iste’dodli o‘zbek farzandi Abdulla Oripov inson ruhiyatini , ezgu tuyg‘ularni ulug‘lash xususidagi mushohadakor fikrlari, har bir shaxs ziynatidagi mukammalliklar , mukarram zotga mehr va shafqat tuyg‘usi, muruvvati nechog‘li cheksiz ekani, Ayniqsa uning Ayol sha’nini ulug‘lashga bag‘ishlangan she‘rlari va asarlarida yorqin ko‘rinadi. Shoir ijodida Ayol va Ona obrazlari kuchli va mohironalik bilan tasvirlaydi.
Uning asarlarini kuzatar ekanmiz, tasavvurimizni ajib bir his chulg‘ab oladi, insonning butun vujudini junbushga keltiradi. Adibning “Sohibqiron” dramasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, unda buyuk Sohibqiron Amir Temurning Ayol va Onaga bo‘lgan hurmat ehtiromini ko‘ramiz. Uning farzandlari tarbiyasi bilan bir qatorda davlat ishlarida ham Bibixonimning o‘rni katta ekanini bilamiz. Asarda Amir Temurning “… Agarda u bo`lmasa edi kurashlarning va janglarning dolg‘alarida qayroq toshga aylanardi balki yurak…(5)” deya aytilgan bu satrlar uning yorqin isbotlaridan biridir.
Bundan tashqari asarda bunday so‘zlar ko‘plab uchraydi. Bilamizki, Sohibqiron umrining ko‘p davrlari janglarda kechkan, uning davlat ishlari hamda boshqa bunyodkorlik ishlarida ham Bibixonim xizmatlar katta bo‘lganligini asarda Amir Temur tilidan aytilgan “…Faqatgina Bibixonim to‘lin oy kabi yoritadi tun, qorong‘u kechalarimni…”(7) kabi o`xshatmalarni yana bir misol deya olamiz.
Qolaversa Buyuk Amir Temur bobomiz Bibixonim uchun katta ikki buyuk shaharni Samarqand va Buxoroni hadya qilganini aytib, bu shaharlarni Hofiz Sheroziy ham oshiqlariga baxsh etgani uchun undan jahli chiqqanini aytadi. Ayolga va Onaga hurmat Buyuk Amir Temurda eng oliy bir xilqat bo‘lganini asarda ko‘rishimiz mumkin. Uning o‘g‘li Mironshohga o‘z qilmishi uchun aytgan so‘zlarida eng kattta ma‘no bor “… Ayol kishiga qo‘l ko`tarish nimaligin bilurmisan? Ayt! Sen-ku odam bolasisan, Qaysi bir hayvon emayotib, uzib olar onasin ko‘ksin, Shohlarni-ku qo‘yaturay, Payg‘ambarlar ham, Nabilar ham tug‘ilgan-ku ayol zotidan…”(8) Bundan ko‘rinib turibdiki Temur bu muhtarama zotlarga cheksiz hurmat va muruvvatda bo‘lgan.
Bundan tashqari Turon zamin erki uchun maydonga chiqqan To‘maris momomiz jasorati hamda Ayol zoti xonadonning shamchirog‘iligini, o‘sha chiroq o‘chmasligi uchun jang qilishini aytadi.Abdulla Oripovning boshqa har bir asarlarida ham Ayol va Onaga muruvvat ko‘rsatish, ularni ulug‘lash keng talqin qilinadi. Uning “Ayol” nomli she’ri umuman yigirmanchi asr o‘zbek she’riyatidagi bu muqaddas siymo sha’niga bitilgan eng go‘zal va shukuhli she‘rlardan biridir. She’r ayol shafiqligi, irodasi, sadoqati va ma’naviy go‘zalligi kuylangan zavol bilmas qo‘shiqdek jaranglaydi. Uning mazmuni urushdan qaytmagan yorga cheksiz sadoqat ko‘rsatgan ayol kuta-kuta hayotdan tanho o‘tadi, Shu pokiza mazmunga shoir kuchli hayotiy ziddiyatlarni, qalb va vijdonda kechishi mumkin bo‘lgan hislarni, ularni yengib o‘ta oluvchi irodani jo etadi.
She’rning mohiyati va qimmatini uning mazmuni emas, shu mazmun qa’riga singdirilgan dard va uning badiiy talqinidagi mahorat, o‘ziga xoslik hamda shulardannur bo‘lib taraluvchi pafos belgilashiga yorqin misoldir. Abdulla Oripov she’rdan maqsad faqat sadoqatli Ayol sha’nini ulug‘lashgina emasdi. Balki, shoir bu masalada ham hayotning achchiq, shavqatsiz haqiqatini unutmaydi. Muhtarama zotlar ichida hamma birdekmi? Bu nomga dog‘ tushirib yurganlar yo‘qmi? Kabi savollarga javob topish qiyin emas albatta, o‘n to‘qqiz yoshida beva qolib, sadoqat tufayli, muhabbat tufayli o‘z vijdoniga qarshi borolmay, butun umr yolg‘iz yashayotgan bu ayolga qarama-qarshi o‘laroq atrofimizda o‘ziga oro berishdan va birovlarni g‘iybat qilishdan ortmaydigan, biroq yorini bir daqiqa kutishda besabr bo‘lgan bevafolar afsuski yo‘q emas, albatta.
Bu shoirona tasvir asarning ta’sir kuchini oshiradi, Sodiq beva timsolidagi ayol obraziga mehrimizni yanada kuchaytiradi. Badiiy obrazlardagi milliylik va tiniqlilik haqiqiy o‘zbek ayolini yaqqol namoyon etadi. Adibning Ona haqidagi she‘rlari va asarlari umuman, Ona obrazi shoir ijodidagi Ayol obrazini yanada mukammallashtiradi va konkretlashtiradi, Bu timsolni oliy maqomlarga olib chiqadi. Shoir ijodida uchta oliy tushunchaga Ona nisbatini beradi: Ona vatan, Ona she’riyati, Ona sayyora. Bundan ko‘rinadiki shoirning onaga bo‘lgan muhabbati yanada cheksiz ekani buning yana bir isbotidir. Abdulla Oripovning “Onajon” she‘rida Volidai muhtaramasi qarshisida ba`zi insonlar kabi oddiy bir farzand va ayni vaqtda, elning buyuk san’atkori bo‘lgan shoirning ona haqidagi guhar tuyg‘ulari toshqinidan tizilgan marjondir. Qolaversa, adib bu she’rda mehribon volidaning nurli qiyofasini yaratadi.
Asarda onaga hamd-u sano o‘qishga, uni ko‘klarga ko`‘tarishga berilmaydi, Shoirning asosiy maqsadi umuman Ona obrazini emas, o‘z onasi timsolini yara-tish, Ona timsolini shunchaki qofiyaga solingan so‘zlar emas, balki, shaxs sifatida faqat o‘zigina his etgan, uyg‘ongan hislarida farzandlik tuyg‘ularini ifodalash. Shularga mos ravishda topilgan Ona mehridek ulkan shakl va ohang, samimiyat va hayajon, shiddat va ko‘lam o‘zaro birlashib “Onajon”dagi badiiy bir yaxlitlikni vujudga keltiradi, Bular orqali shoirning shaxsiy tuyg‘ulari, dard va hayajonlari shaxsiylik dunyosidan ijod dunyosiga ko‘chib, ko‘plab kitobxonlarning qalb darchalarini yoritadi. Ularning ham his tuyg`ularini ifodalovchi sehrli olamni kashf etadi. Bundan tashqari shoir o‘z asarlari orqali Ayol va Ona kabi muhtarama zotlarga cheksiz muhabbat va muruvvatda bo‘lgani hamda ularni avaylab, ardoqlagani yorqin ko‘rinadi. Bu obrazlar bugungi yosh avlodga yorqin namuna va o‘rnak bo‘la oladi(10).
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Abdulla Oripovning Ayol, Ona haqidagi asarlari bilan muhabbat lirikasi bir butunlikda ajib bir uyg‘unlikni tashkil etadi. Qolversa bu obrazlarni tariflash va tavsiflashda shoir mahoratining hech kimda takrorlanmas Istedod egasi ekanligini yaqol ko‘rsatadi.

Download 18.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling