«abdulla oripov ijodida ayol va ona obrazlar talqini»
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Download 18.9 Kb.
|
«ABDULLA ORIPOV IJODIDA AYOL VA ONA OBRAZLAR TALQINI
- Bu sahifa navigatsiya:
- TADQIQOT NATIJALARI
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Abdulla Oripovning inson hayotini, uning orzu-umidlarini yuksak badiiy saviyada ifodalagan, umuminsoniy mohiyatga ega bо‘lgan xalqona poetik tafakkur belgilari yaqqol kо‘rinib turgan asarlarini maxsus tadqiq etish bugungi adabiyotshunoslik ilmining dolzarb masalalaridan biridir(4;142 ). Iste’dodli o‘zbek farzandi Abdulla Oripov inson ruhiyatini , ezgu tuyg‘ularni ulug‘lash xususidagi mushohadakor fikrlari, har bir shaxs ziynatidagi mukammalliklar , mukarram zotga mehr va shafqat tuyg‘usi, muruvvati nechog‘li cheksiz ekani, Ayniqsa uning Ayol sha’nini ulug‘lashga bag‘ishlangan she‘rlari va asarlarida yorqin ko‘rinadi. Shoir ijodida Ayol va Ona obrazlari kuchli va mohironalik bilan tasvirlaydi. Uning asarlarini kuzatar ekanmiz, tasavvurimizni ajib bir his chulg‘ab oladi, insonning butun vujudini junbushga keltiradi. Adibning “Sohibqiron” dramasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, unda buyuk Sohibqiron Amir Temurning Ayol va Onaga bo‘lgan hurmat ehtiromini ko‘ramiz. Uning farzandlari tarbiyasi bilan bir qatorda davlat ishlarida ham Bibixonimning o‘rni katta ekanini bilamiz. Asarda Amir Temurning “… Agarda u bo`lmasa edi kurashlarning va janglarning dolg‘alarida qayroq toshga aylanardi balki yurak…(5;26 )” deya aytilgan bu satrlar uning yorqin isbotlaridan biridir. TADQIQOT NATIJALARI Bundan tashqari asarda bunday so‘zlar ko‘plab uchraydi. Bilamizki, Sohibqiron umrining ko‘p davrlari janglarda kechkan, uning davlat ishlari hamda boshqa bunyodkorlik ishlarida ham Bibixonim xizmatlar katta bo‘lganligini asarda Amir Temur tilidan aytilgan “…Faqatgina Bibixonim to‘lin oy kabi yoritadi tun, qorong‘u kechalarimni…”(7;432) kabi o`xshatmalarni yana bir misol deya olamiz. Qolaversa Buyuk Amir Temur bobomiz Bibixonim uchun katta ikki buyuk shaharni Samarqand va Buxoroni hadya qilganini aytib, bu shaharlarni Hofiz Sheroziy ham oshiqlariga baxsh etgani uchun undan jahli chiqqanini aytadi. Ayolga va Onaga hurmat Buyuk Amir Temurda eng oliy bir xilqat bo‘lganini asarda ko‘rishimiz mumkin. Uning o‘g‘li Mironshohga o‘z qilmishi uchun aytgan so‘zlarida eng kattta ma‘no bor “… Ayol kishiga qo‘l ko`tarish nimaligin bilurmisan? Ayt! Sen-ku odam bolasisan, Qaysi bir hayvon emayotib, uzib olar onasin ko‘ksin, Shohlarni-ku qo‘yaturay, Payg‘ambarlar ham, Nabilar ham tug‘ilgan-ku ayol zotidan…”(8;68) Bundan ko‘rinib turibdiki Temur bu muhtarama zotlarga cheksiz hurmat va muruvvatda bo‘lgan. Download 18.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling