«Sinchalak» qissasi haqida
Bu qissa 1958 yilda yozilgan, 1959 yilda alohida kitob holida nashr etilgan. Asarning asosiy qahramonlari quyidagilar: «Xotin kishi rahbarlik qilsa kalavasi uchini yo‘qotib qo‘yadigan», «toshqin suv: tegirmonni buzishi ham, yurgizishi ham mumkin» bo‘lgan Arslonbek Qalandarov, «Ishlab chiqarishda, jamoat ishida erkaklardan qolishmagan holda yana bola tug‘ib o‘stiradigan ayollarga jamiyat va davlat alohida g‘amxo‘rlik qilishi kerak, degan gapni hali ko‘p odamlar yaxshi tushunib yetgan emas» deb hisoblovchi Saida Alieva, «gapga kelganda burganing yo‘talidan bo‘ron qo‘porishga qodir» bo‘lgan Eshon va boshq.
«Sarob» romani haqida
Bu asar 1934 yilda yozilgan bo‘lib, adib unda 20-yillar oxiri, 30-yillarning boshlaridagi «millatchilar» deb atalgan ijtimoiy kuchning mahv etilishi, o‘z g‘oya va orzularini amalga oshirolmay, inqirozga goz tutishi jarayonini badiiy gavdalantargan. Asarda bosh qahramon - Rahimjon Saidiy, Uning hammaslaklari Salimxon, Abbosxon, Murodxo‘ja singari obrazlar orqali sho‘rolarga qarshi olib borilgan maxfiy kurashlarni badiiy gavdalantirgan. Saidiylar yo‘li halokatli yo‘ldir, bu orzular hech qachon amalga oshmaydigan ro‘yo va sarobdir, degan badiiy xulosa chiqarilgan.
Asar qahramonlari quyidagilar: Saidiy, Munisxon (o‘zigi-o‘zi otib o‘ldirgan), Murodxo‘ja domla, Soraxon va boshq.
Do'stlaringiz bilan baham: |