Abdulla Qodiriy (1894 1938) reja
Download 0.62 Mb.
|
Abdulla Qodiriy
Haq gapni hayiqmay aytadigan, millatiga o`zini tanitayotgan, uning ururini uyotayotgan yozuvchi o`lkamizni egallab olgan bosqinchilar va ularning mahalliy yugurdaklariga yoqmasligi tayin edi. Shu bois qisqagina umri mobaynida A. Qodiriyga bir necha bor chovut solishdi. 1926- yildayoq "Mushtum" jurnalining uchinchi sonida bosilgan "Yiindi gaplar" maqolasi uchun adib aksil inqilobiy maqsadda sho`ro rahbarlarini matbuot orqali obro`sizlantirdi" degan ayb bilan qamoqqa olindi. Qodiriy o`ziga qo`yilayotgan ayblar asossiz va uydirma ekanligini, maqolasida xolis tanqid va samimiy hazil qilganligini kuchli mantiq bilan isbotladi. Qamoqdagi adolatsizlikka qarshi ochlik e'lon qildi. Uzoq cho`zilgan tergovda ham, sud jarayonida ham pastkash soxta guvohlarni, hukmron siyosatga til tekkizganligi bilan cho`chitmoqchi bo`lgan yuzsiz kimsalarni ayamay fosh etdi.
O`z qarashlaridan qaytmay, ijodkorlik va insonlik shaYiini mardona himoya qildi. Uning: ‘‘Men to`rilik orqasida bosh ketsa, "ih" deydirgan yigit emasman",— degan gapi adib shaxsiyatiga xos xususiyatlarni to`liq aks ettiradi. Respublika Oliy sudi yetarli asos bo`lmasa ham Abdulla Qodiriyni jkki yil ozodlikdan mahrum etish haqida hukm chiqardi. Lekin dalillarning uydirmaligi ko`rinib turgani uchun ham o`zbekning eng mashhur adibini qamoqqa tiqishga jur'at ctishmadi. Bu sud orqali sho`rolar yozuvchini o`ziga xos yo`sinda "ogohlantirdi" Lekin adib bu ogohlantirishdan"to`ri" xulosa chiqarmadi, ya'ni haqiqatga xiyonat qilmadi.
Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling