Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti
Burjuaziya mafkurasi va uning vakillari
Download 0.93 Mb.
|
Buyuk Britaniya qirolicha Viktoriya davrida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Viktoriya davrining boshlanishi.
Burjuaziya mafkurasi va uning vakillari.
Burjua siyosiy iqtisodining yirik vakillaridan biri David Rikardo (1772— 1823) o`z asarlarida kapitalistik jamiyatning asosiy qonunlarini taxlil qilishga xarakat qildi. U xar qanday qiymatning asosida tovar ishlab chiqarish uchun sarflangan mexnat yotadi, degan nazariyaga asoslanib, ishchilarning ish xaqini pasaytirish kapitalistning daromadini oshiradi deya ta'kidlaydi. Shu sababli ishchilar bilan kapitalistlar manfaatlari bir-biriga ziddir, deydi u. Rikardo kapitalistik jamiyatni islox, qilish orqali uni mukammallashtirish, ziddiyatlarni yuqotib borish lozim, chunki bu abadiy jamiyat, zero uning asosini tashkil qiluvchi shaxsiy manfaat tarakkiyotning yagona xarakatlantiruvchi kuchidir, deydi. O`sha paytda jamiyatning katta qismini, ayniqsa so`llarni g`azabga keltirgan fikrlar Tomas Mal'tus (1766-1834) asarlarida paydo bo`ladi. U 1798-yili nashr qilingan «Axoli ko`payishi qonuni xaqida tajriba» asarida kapitalistik jamiyatda ko`pchilik axolining qashshoqligi jamiyatdagi iqtisodiy va siyosiy tengsizlik oqibati emas, tabiiy sharoitning natijasi ekanligini isbotlashga xarakat qildi. Mal'tus tomonidan taklif qilingan «tabiiy» biologik qonunga ko`ra axoli soni geometrik progressiya buyicha (ya'ni, 1,2,4,16 va X - k .), yashash vositalari esa arifmetik progressiya buyicha (1,2,3,4,5 va X -K .) ko`payib boradi. Natijada axolining xaddan oshib ketishi va tabiiy ravishda katta qismining qashshokqlashuvi yuz beradi. Uning ta'limotidan o`nglar xam so`llar xam uz nazariyalarini isbotlash uchun foydalanishga xarakat qildilar. Natijada turli davrlarda «axolining mutloq ko`payib ketishi», «xayotiy kenglik»ning zarurligi, «axolining optimal soni», «geokenglik» va «geosiyosat» kabi tushunchalar paydo bo`ldi. Mal'tuschilik va undan kelib chiqadigan g`ayriinsoniy xulosalar o`z davrida Sh. Fur'e, P. Leru, P. Prudon, K.Marks, D.I. Mendeleev singari olimlar tomonidan tanqid qilingan. Viktoriya davrining boshlanishi. 1837 yili gannoverliklar sulolasining sunggi erkak vakili vafot etdi va taxtga o`n to`qqiz yoshli Viktoriya (1819-1901) o`tirdi. O`shanda bu tortinchoqday bo`lib kuringan qizcha 64 yil taxtda o`tiradi deb xech kim o`ylamagan edi. Tarixga «Viktoriya Angliyasi», «Viktoriya davri», «viktoriancha axloq» va xatto «viktoriancha arxitektura» tushunchalari kirib, faqat Britaniyada emas, Kanadada, Avstraliyada, Hindistonda va xatto AQSh da xam keng qullaniladi. Shu kamgap, tuladan kelgan, uncha chiroyli bo`lmagan ayol Angliya o`z qudratining eng chuqqisiga chiqqanda uning ramziga aylanadi deb kim xam uylabdi? Tajribasiz qizcha bo`lib taxtga kelgan Viktoriya unga xomiylik qilgan lord Melborn raxbarligida parlament an'analarini va konstitusiya odatlarini juda tez uzlashtirib oldi. Asta-sekin uning xarakteridagi qat'iyatlik, xukmini o`tqaza olish va shaddodlik singari sifatlari namoyon bo`la boshladi. U qirollik hokimiyati xuquqlarini juda yuqori qo`ydi va xech kimga unga taxdid qilish imkonini bermadi. U parlament bilan ziddiyatga bormadi, otasi Georg III va amakisi Georg IV singari uning vakolatlariga taxdid qilmadi, bir necha bor qattik xo`rsinish bilan o`ziga unchalik xam yoqmagan Gladstonni davlatning eng yuqori lavozimiga tayinladi; ammo barcha bosh vazirlar unga xatini «Tavoze bilan buysunib, o`z burchimni bajargan xolda...», deb boshlashardi va tik turib xisobot berardilar. U turmush o`rtogi Al'bert Saksen Koburg-Gotskiyni ham o`zi tanlagandi. Ular ko`p farzandli, namunali ingliz oilasi bo`lishdi. Eri vafot etgandan keyin Viktoriya qirq yil mobaynida motam tutdi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling