Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


V. BOB. XIX-asrning ikkinchi yarmida Buyuk Britaniya


Download 0.93 Mb.
bet7/8
Sana30.04.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1414764
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Buyuk Britaniya qirolicha Viktoriya davrida

V. BOB. XIX-asrning ikkinchi yarmida Buyuk Britaniya

XIX asr 70-yillaridan Angliya jaxon sanoat ishlab chiqarishidagi monopol o`rinni yo`qota bordi. Dunyo ustaxonasi makomini yo`qotayotgan bo`lsa-da,


Angliya hali juda katta mustamlakalarga ega, dengizda xukmronlikni, jaxon savdosida vositachilikni, sug`urta va bank ishlarida yetakchilikni egallab kelayotgan edi. Bu hol mamlakatni avvalgidek katta foyda bilan ta'minlab turardi. Jaxon iqtisodiyotida Angliya maqomining o`zgarishi, u o`zining sanoatdagi gegemonligini yo`qotishidan ancha oldin boshlangan edi. Bu yerda iqtisodiy
taraqqiyotning surati susaydi; 70-yillardan boshlab Angliya kapitalidan mamlakat ichkarisida kam foydalanildi, eng foydali soxa kapitalni chetga joylashtirish bo`lib koldi.
Ayni paytda bir kator Yevropa mamlakatlari va AQShda sanoat to`ntarishi yakunlandi. Ushbu mamlakatlardagi sanoat to`ntarishi Angliyadagidan ancha kech bo`lganligi sababli yuqori texnik asosda amalga oshirildi. XIX asrning o`rtalarida ko`plab Yevropa davlatlarida olib borilgan fritreder siyosat proteksionizmning
yangi to`lqini bilan almashdi va bu xol ushbu mamlakatlarda sanoat ishlab chiqarishini oshirdi, natijada ingliz tovarlariga talab pasayib ketdi. Chet el tadbirkorlari uz mamlakatlarida sanoatni yaratish uchun Angliya uskunalarini inglizlarning o`zidan olgan qarzlar evaziga sotib olishar edi. 70-80-yillarda hali ishlab chiqarishning umumiy xajmi va maxsulotning mutloq o`sishi buyicha
Angliya ustunlikni saqlab turgan bulsada, rivojlanish sur'atlari buyicha AQSH va Germaniya undan oldinlab ketgan edi.
Buning asosiy sabablaridan biri Angliyaning zavod va fabrikalaridagi uskunalar ancha eski, ilgari katta mablag` sarflanganligi uchun tadbirkorlar ularni yangilash extiyojini hali sezmayotgan edi. Boshqa mamlakatlarda esa yirik sanoat yangi va shunga yarasha eng so`nggi rusumli uskunalar bilan ta'minlangandi. Texnikadagi qoloqlik tez orada ishlab chiqarishning xajmida xam aks etdi.
AQSH po`lat eritish, cho`yan ishlab chiqarish va ko`mir qazib olish bo`yicha Angliyadan oldinlab keta boshladi, Germaniya savdo soxasida katta raqobatni vujudga keltirdi. 90-yillarga kelib nemislarning arzon tovarlari Angliya va uning mustamlakalari bozorlariga kirib keldi.
1878-1879 yillardagi inqiroz uzining miqyosi va davomiyligi bilan Angliya boshdan kechirgan inqirozlar ichida eng og`iri bo`ldi. Bu inqirozdan keyin hali odatdagi ko`tarilish yuz bermasdan turib, 1882 yil oxiridan Angliya iqtisodi navbatdagi inqirozga tortildi va u 1883-yili umumiy inqirozga aylandi. 1888 va 1889-yillar iqtisodning ko`tarilishi va jonlanishi ta'siri ostida o`tdi, ammo 1890-yili jaxon moliya inqirozi boshlanib, ortidan Angliyada yangi iqtisodiy inqiroz boshlandi va 1892-1893 yillari eng og`ir tus oldi; 1894 yili depressiyaga aylandi. Hatto iqtisod yaxshilana boshlagan 1889 yili fakat London shaxrida rasmiy ro`yxatga olingan 1 mln 300 ming ishsiz bor edi.
Yigirma yil (1875-1895) davom etgan agrar inqiroz davrida Angliyada qishlok xujalik maxsulotlarining narxi ikki barobar tushib ketdi. Bu ko`plab mayda va o`rta hol fermerlarning xonavayron bo`lishiga, qishloq aholisi daromadlarining keskin kamayib ketishiga olib keldi. Ishsizlarning yangi oqimi shaxarlarga kelib,
u yerdagi xarobalarni to`ldirdi. Agrar inqiroz 90-yillarning ikkinchi yarmida, lendlorlar renta xaqini 25% ga qisqartirgandan, g`allachilik esa intensiv rivojlanayotgan chorvachilik va parrandachilik uchun yem-xashak bazasiga aylantirilgandan so`ng yengib o`tildi.
Angliya sanoat ishlab chiqarishida ortda qolgan sari chetga kapital chiqarish katta axamiyat kasb etib, foyda olishning muhim manbalaridan biriga aylanib bordi. Angliyaning chet ellarga qilgan investisiyasi 70-yillari yillik urtacha 22 mln f.st. bulsa, 80-yillarning oxiriga kelib 103 mln f.st. ga yetdi. Bu hol Angliyada kapitalizmning sudxurlik tendensiyalari rivojlanib, texnik taraqqiyot va ishlab chiqarishni tashkil qilishning ortda qolishiga olib keldi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling