Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti
Download 0.93 Mb.
|
Buyuk Britaniya qirolicha Viktoriya davrida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishchilar harakati.
Yangi mafkuraning paydo bulishi.
Iqtisodda imperialistik belgilarning kuchayishi jamiyatning mafkurasida ham o`z aksini topdi. 60-yillarning oxiridan bir qator olimlar jamiyatning yangi iktisodiy xolatiga mos mafkuraviy tizimlarni taklif qila boshladilar. Shundaylardan biri Charl'z Dilk (1843-1911) o`zining «Yanada Buyuk Britaniya» nomli asarida ko`chkinchi inglizlardan tashkil topgan mustamlakalarda (Kanada, Avstraliya, Yangi Zellandiya, Janubiy Afrika) burjuaziyaning xuquqlarini kengaytirishni, amalda ularni mustamlakalarni boshqarishga sherik qilishni taklif kildi. Dilkning fikricha bu Angliyaning dunyodagi yetakchilik rolini saqlab qolishga yordam berar ekan. Shu bilan birga Dilk «erkin savdo» urniga Angliyani va butun Britaniya imperiyasini chet davlatlar raqobatidan himoya qilishga qaratilgan «adolatli savdo»ni joriy qilish zarur deb xisoblaydi. 1883 yili Jon Silining (1834-1895) «Angliya ekspansiyasi» nomli kitobi nashr qilindi. Bu kitob mustamlakachilik g`oyalarini («Imperiya federatsiyasi» kabi) tarqatish maqsadida targ`ibot jamiyatlarining tashkil topishi uchun turtki buldi. Bu davrning ideologlari mustamlakachilik g`oyalarini «imperiyani qutqarish», «ishchilarning ijtimoiy xuquqlari» kabi shiorlar bilan qo`shib olib bordilar. XIX asr oxirida Angliya mustamlakachilik ekspansiyasining faollaridan biri Sesil Rods (1853-1902) o`z mafkurasining maqsadini ochiq bildirib: «Imperiya-qorin masalasi. Agar fuqarolar urushini xohlamasangiz, siz imperialist bulishingiz kerak», - degan edi. Ishchilar harakati. XIX asr 60-yillari oxiri 70-yillari boshidagi iqtisodiy yuksalish ishchilarga o`z ahvollarini yaxshilash uchun kurashish imkonini tug`dirdi. Kasaba uyushmalarining ish vaqtini qisqartirish va o`z faoliyatlarini legallashtirish uchun kurashi ular saflarining sezilarli kengayishiga olib keldi. O`sha davrda ishchilarning faoliyatiga katta ta'sir kursatgan ijtimoiy fikrning yo`nalishlaridan biri «fabianlik» edi. Fabianlik jamiyati 1884-yilning boshida tashkil topdi. Fabianlar inqilobiy xarakatga keskin qarshi chiqib, ko`plab ishchilarni ham bu yo`ldan qaytarishga xissa qo`shdilar. Fabianlar jamiyatining a'zolari orasida Beatrisa (1858-1943) va Sidney (1859-1947) Vebblar va taniqli yozuvchi Bernard Shou (1856-1950) kabi mashxur kishilar bor edi. Fabianlar jamiyatdagi muammolarni hal qilish yo`llarini inqilobiy xarakatdan emas, isloxotchilikdan izlash lozim, deb xisoblashardilar. 1881-yili Londonda «Demokratik federatsiya» deb nomlangan tashkilot vujudga keldi. U dastlab ziyolilarning kichik guruhi sifatida faoliyat yuritib, 1884-yildan «Sosial-demokratik federatsiya» nomini oldi. Bu tashkilot ham sotsial-demokratik g`oyalarni tinch isloxotlar yo`li bilan amalga oshirish tarafdori edi. 1893 yili Mustaqil ishchi partiya tashkil topdi. Yangi partiya tashkilotchilari uni Yevropadagi markistik pozitsiyada turgan sotsialistik partiyalar bilan adashtirmasliklari uchun partiya nomiga «sotsialistik» suzini qo`shmaslikni ma'qul ko`rdilar. Partiyaning raxbari konchi Jeyms Gardi (1856-1915) buldi. Partiyaning kuchi kasaba uyushmalari bilan aloqasi yaxshiligida edi. Ularning yirik g`alabalaridan biri tred-yunionlarning 1893-yilgi kongressi tomonidan saylovoldi kurashi uchun pul mablaglari ajratish xaqidagi qarori bo`ldi. XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi inqirozlar, Kontinental Yevropa davlatlarida inqilobiy xarakatning yuksalishiga qaramasdan Angliya ishchilari o`zlarining an'anaviy tredyunionistik qarashlarini saqlab koldilar. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling