Namuna ko’rsatish. Bunda ustoz va murabbiylarning shaxsiy ibrat-namunasi e’tiborga olinadi hamda “Ibrat – namuna - hayot dorilfununi” ruknidagi faoliyatni doimo yuritib turish e’tiborga olinadi;
Kishining ijobiy xislat va fazilatlari, insonning oliyjanobligiga ishontirish. Bunda xalq qahramonlari, donishmand va allomalar, davlat arboblarining turmush tarzidan foydalaniladi;
Baxs – munozaralar uyushtirish. Bunda qutlug’ sanalarni nishonlash bo’yicha allomalarning ma’naviy – axloqiy tarbiyaga oid qarashlari bo’yicha, kasb-hunar haqida, giyohvandlik va terrorchilik hamda ularning salbiy oqibatlari to’g’risida, ma’naviy yetuk va manaviy qashshoq odam haqida, mustaqillik va yoshlar haqidagi mavzularni oldindan loyihalashtirib olinggan rejalarga e’tibor beriladi;
Uchlashuvlar. Bunda bolalar ma’naviy – axloqiy tarbiyasiga ijobiy ta’sir qiluvchi yig’inlarga e’tibor beriladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |