Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


boylik – bu kishining mablag’i ko’pligi; boylik


Download 1.46 Mb.
bet208/212
Sana02.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#199185
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   212
Bog'liq
Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti

boylik – bu kishining mablag’i ko’pligi;

  • boylik – bu kishining hashamatli va bahaybat binoli uyi borligi;

  • boylik – bu kishining turli rusumdagi texnikalari (mashinalari va hakazo) ko’pligi;

  • boylik – bu kishining turli nufuzli joylarda ishlaydigan jo’ralarining ko’pligi;

  • boylik – bu kishining sog’u-salomatligi;

  • boylik – bu kishining oilasidagi osoyishtalik va ishxonasidagi xotirjamlik;

  • boylik – bu kishining ma’naviy dunyoqarashi kengligi;

  • boylik – bu kishining intellektual salohiyatining kengligi;

  • boylik – bu kishining o’ziga jonli haykal o’rnatishi kabilardan iboratdir.

    Ammo ma’naviy qashshoqlik yomon illatdir. Bunday xususiyatga ega bo’lgan odamlardan oila ham, jamoa ham, jamiyat ham, davlat ham xech qanday manfaat topmaydi.

    “Taniqli xalqaro siyosat arbobi, OYeSD o’quv yurtlarini tahlil qilish va indekatorlar deportamenti boshlig’i Anderyans Shlayxor Xelsinki Universitetidagi uchrashuv tantanasini ochar ekan: “Pul o’z holicha ko’p narsani anglatadi, biroq hamma narsani hal qiladi degani emas” – deb ta’kidlaydi.

    Bu haqda Ali ibn Abu Tolibning ham “Ilm moldan yaxshidur, u seni muhofaza qiladi, molni esa sen qo’riqlaysan. Ilm xokim, mol mahkumdir. Mol nafaqa qilish bilan kamaysa, ilm ziyoda bo’ladi”, degan qimmatli fikr mavjud.

    Luqmoni Hakim aytadi: “Ilm va boylik har qanday aybni yashiradi. Johillik bilan faqirlik esa oshkor etadi.”

    Pulning ko’p bo’lishi, afsuski, ko’pchilik nazarida eng katta boylik hisoblanadi. Ammo shuni unutmaslik kerakki, pul bilan hamma narsani ham har doim ham hal qilib bo’lmaydi. Ya’ni pul bilan hal bo’lmaydigan narsalar ham ko’p. Bunda ko’pincha bilim va hunar kerak bo’lishi mumkin. Umuman olganda, kishining ma’naviy jihatdan boy bo’lib, intellektual salohiyatli bo’lgani ma’qul. Chunki bunday kishilar iqtisodiy jihatdan boyish nima ekanligini ham biladi. Shu sababli ma’naviy dunyosining boyitib borayotgan odamlar doimo yutadi. Chunki bunday odamlarning yo’qotadigan narsasi bo’lmaydi.

    Qissadan hissa shundan iboratki, ilmni va hunarni ma’naviy boylik deganlar yutqazmaydilar.

    Bu haqda “Qobusnoma”da shunday deyiladi: “Agar molsizlikdan qashshoq bo’lsang, aqldan boy bo’lmoqqa say’ ko’rgazg’ilki, mol bilan boy bo’lg’andan aql bilan boy bo’lgan yaxshiroqdir, nedinkim aql bilan mol jam etsa bulo’r, ammo mol bilan aql o’rganib bo’lmas. Bilg’in aql bir moldurki, uni o’g’ri ololmas u o’tda yonmas, suvda oqmas”.

    Bu borada Respublikamizda yoshlarning bilim olish borasida katta imkoniyatlar mavjud. Bugungi kunda ular rivojlangan mamlakatlarda bilim olish imkoniyatlariga ega. Shuningdek, halqaro olimpiada va spartakiadalarda hamda ko’rik tanlovlarida ularning qatnashishlariga keng imkoniyatlar yaratildi. Afsus va nadomatlar bo’lsinkim, hozirda yoshlar orasida ma’naviy qashshoq yoshlarimiz ham uchramoqda. Eng yomoni ular bu bilan o’zlarini aybdor sezishmaydi. Yoningizda pulingiz yo’q bo’lsa qanchalik uyalasiz, ular esa ma’naviy dunyosi qashshoqlashib borayotganligidan hyech ham uyalmaydi.

    Xullas, ham ma’nan, ham jismonan boy bo’lishga nima yetsin” [21. 114-117 b.].

    Yuqoridagi keltirilgan manba va ma’lumotlarga asoslanib hamda barkamol avlod tarbiyasi oldiga qo’yayotgan davlatimiz talablarini e’tiborga olib, MTM dagi bolalar tarbiyasini yuksaltirishga bo’ladigan tavsiyalarni qo’yidagicha ifodalashni lozim topdik:



    • ma’naviy qadriyatlarimizni ilm-fan taraqqiyoti yutuqlari bilan boyitib, ularning bolalar yoshlariga moslab, ular ongiga singdirib borish;

    • o’zligimizni chuqur anglash, milliy mafkura tamoyillarini yoshlarimiz qalbi va ongiga singdirish;

    Xullas, bolalarimizni turli xil taxdid va salbiy ta’sirlar domiga tushib qolmasligini ta’minlash va ularning ma’naviy ahloqiy tarbiyasiga e’tiborni yanada kuchliroq qaratish lozim. Shu ma’noda keltirilib o’tilgan didaktik materiallar bola tarbiyasida ta’sirchan vositalardir. Ularning har bir bo’yicha bitta tarbiyaviy mashg’ulot o’tkazsa bo’ladi. Bu bilan bolalarmizni ezgulik va bunyodkorlikka bezangan insonlar qilib tarbiyalashimiz mumkin.

    XULOSA
    Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ma’naviy – axloqiy tarbiya berish, xususan, ma’naviy – immunologik tarbiya berish yordamida yoshlarni ma’naviy yetuk va intellektual salohiyatli bo’lib shakllanishiga asosiy poydevor bo’la oladi. Bu orqali bolalardagi mafkuraviy immunitetni shakllantirishga erishiladi va uzluksiz ta’lim tizimining keyingi turlarida ham amalga oshiriladi. Ushbu jarayonda bolalar ma’naviy sifatlarni shakllantirish, ulardagi har xil illatlarga nafrat uyg’otishda mustaham asos bo’la oladi.

    MTM pedagogik jamoa faoliyati ham bog’chadagi bolalarni ma’naviy yetuk qilib tarbiyalashda muhim rol o’ynaydi. Ayniqsa, MTMdagi “Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotlarini samarali tashkil etishda ularning kasbiy mahorati muhim ahamiyat kasb etadi.

    Bu “Ma’naviyatli odam kim”, “Vatan qahramonlari, deb kimni aytamiz” va “Vatanimiz ramzlari” mavzulari bo’yicha olib borilgan mashg’ulotlarda yaqqol sezildi. Shularni e’tiborga olganda “Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotlarning namunaviy mavzulari va MTMda ma’naviy ishlar bo’yicha amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi mazkur tadqiqot ishining ahamiyatini yanada oshiradi.

    MTMda ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etish, uyushtirish va ularga tegishli tayyorlangan materiallar hamda ularga mos tarbiyachi va murabbiylarning metodik tayyorgarligi bog’chada ma’naviy tarbiya berishning pedagogik shart – sharoitlarining optimal variantini tanlab olishga imkon berdi.

    Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash mumkinki, agarda tarbiyachi va murabbiylar ushbu tadqiqotda erishgan yutuqlar bo’yicha faoliyat yuritishsa, bolalardagi shakllangan ahloqiy tasavvur (qarash, fikr yuritish, mulohaza, odoblilik, ezgulik, ahloqiy adolatlar, ahloqiy munobatlar) ahloqiy e’tiqodni yuksaltirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli MTMda ma’naviy - axloqiy tarbiya yaxlit pedagogik jarayondir.Unda bolalarning ijtimoiy ahloqiy va ijtimoiy huquqiy me’yorlariga ongli munosabati shakllantiriladi.

    Demak, MTMda bolalarni yaqin atrofni o’rganishga, tengdoshlari bilan barqaror aloqalarni o’rnatishga, o’z – o’zini anglashga o’rgatish, ularning barkamol shaxs bo’lib yetishishida muhimdir. Bunda ahloqiy tarbiyani to’g’ri amalga oshirish Hazrati Ali ta’kidlaganidek tarbiyaning qo’yidagi tamoyiliga javob bera oladigan shaxsning tayyorlashga ma’naviy asos yaratgan bo’lamiz: “Kishidagi uchdan bir iymon – bu hayotdir; yana bir uchdan bir iymon aql, qolgan uchdan bir iymon esa – saxovat va oliyjanoblik bo’ladi”.





    Download 1.46 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   212




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling