Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


Download 1.46 Mb.
bet3/212
Sana02.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#199185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   212
Bog'liq
Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti

Bizning manzil:

708000, Jizzax shahri,

Sharof Rashidov shoh ko’chasi,

Jizzax davlat pedagogika instituti.



Muallif


I - BOB. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA BOLALARGA MA’NAVIY TARBIYA BERISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
1.1. Maktabgacha ta’lim muassasalari va ularda bola tarbiyasining maqsad va vazifalari


O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning 10 – moddasida va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da maktabgacha ta’lim – uzluksiz ta’lim tizimining birinchi turi ekanligi qayd etilgan. Shuningdek, maktabgacha ta’lim to’g’risida “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning 11 – moddasida ham “Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog’lom va yetuk, maktabda o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi.

Bu ta’lim olti – yetti yoshgacha oilada, bolalar bog’chasida va mulk shaklidan qat’iy nazar boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi”, deb ta’kidlansa, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da “maktabgacha ta’limning samarali psixologik usullarini izlash va joriy etish”, degan talabni qo’yadi [5, 6].

Maktabgacha ta’lim bola 6 – 7 yoshga yetguncha oilada hamda davlat yoki nodavlat MTM ida amalga oshiriladi.

YuNESKO qarori bilan 1997 yilda “Maktabgacha ta’lim” uzluksiz ta’lim tizimining birinchi bosqichi sifatida kiritildi. Oldingi “Maktabgacha tarbiya” termini “Maktabgacha ta’lim” bilan almashtirildi.

Sir emaski, bugungi kunda uzluksiz ta’lim tizimiga mamlakatimizda katta e’tibor qaratilgan. Buni butun dunyo rivojlangan mamlakatlari tan olmoqda. Bunga sabab Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov O’zbekiston kelajagini qurishda asosiy ishtirokchi bo’ladigan bolalarni yuksak ma’naviyatli qilib tarbiyalashga katta e’tibor bermoqda. Jumladan, uning “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” nomli asarida ham “Ko’p yillik ilmiy kuzatish va tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, inson o’z umri davomida oladigan barcha informasiyaning 70 foizini 5 yoshgacha bo’lgan davrda olar ekan.

Bolaning ongi asosan 5 – 7 yoshda shakllanishini inobatga oladigan bo’lsak, aynan ana shu davrda uning qalbida oiladagi muhit ta’sirida ma’naviyatning ilk kurtaklari namoyon bo’la boshlaydi”, deyilgan [2].

Ushbu fikrlar nafaqat oila va oila muhitiga taalluqli, balki MTM dagi ta’lim – tarbiya jarayonining barcha jabhalariga tegishli. Chunki, bolalarning intellektual salohiyatini shakllantirishning eng muhim – boshlang’ich bosqichi ham aynan 5 – 7 yoshdagi bolalarga to’g’ri keladi. Buning isbotini mazkur tadqiqot ishining 3 – bobidagi “Iste’dodli bola xonadoningizda” mavzusidagi oila darsi mashg’ulotlariga e’tibor berish orqali topasiz.

Maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etishdan asosiy maqsad bolalar ta’lim – tarbiyasiga qo’yiladigan davlat talablariga muvofiq keladigan hamda har tomonlama yetuk va sog’lom bolalarni tarbiyalash uchun zaruriy tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart – sharoitlar yaratish va bolalarni maktabda muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlashda ota – onalarga yordam berish.

MTM ning asosiy vazifalari quyidagilar:



  • bolalar sog’lig’ini mustahkamlash va ularning hayotini muhofaza qilish;

  • bola shaxsiga munosabatni shakllantirish;

  • bolaning ma’naviy, jismoniy va intellektual rivojlanishiga hissa qo’shish va ularning bilimga qiziqishini rivojlantirish hamda mehnat ko’nikmalari elementlarini shakllantirishga ko’maklashish;

  • bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilishga o’rgatish;

  • bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash;

  • O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar asosidagi ta’lim mazmunini amalga oshiradi.


Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling