Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


Download 1.46 Mb.
bet180/212
Sana02.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#199185
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   212
Bog'liq
Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti

Minnat – illat.

Minnat g’oyat jirkanch illatdir. Agar biror kishiga yaxshilik qilib, hojatini chiqarsang, bu xayrli ishingni zinhor minnat qilma. Minnat barcha ezguliklaringni yo’qqa chiqaradi, savobini behuda yelga uchirib ketadi. Shu bois ham sen kimga yaxshilik qilsang beg’araz qil. Beg’araz yaxshilikning xosiyati ko’p, savobi bisyordir. Shugina emas, yaxshilik qilgan odaming senga umrbod do’sti sodiq bo’lib qoladi. Inson uchun olamda bundan ko’ra savobli ish bo’lmasa kerak.

Ammo bilib qo’y, qilgan ezgu ish, yaxshilik minnat qilinsa, foydasidan zarari ko’p bo’ladi.

Hikoyat. Bir kishi ko’chada ketayotsa, to’satdan havoning avzoyi buzilib, kuchli jala quyib yuboribdi. Shunda u yonidagi do’konchi do’sti huzuriga kirib debdi:

- Ey og’ayni! Menga soyaboningni omonatga berib tur, uyimga yetib olay.

- Mayli, - debdi og’aynisi. Ola qol.

Do’sti soyabonni olib, uyiga yetib olibdi. Ertasiga esa omonatini egasiga qaytarib, unga minnatdorchilik bildiribdi.

Oradan ancha vaqt o’tgach, ular tasodifan uchrashib qolishibdi. Shunda soyabonni omonatga bergan do’sti:

- Ey do’stim, o’sha kuni agar soyabonimni berib turmasam, holing ne kechardi? – debdi.

Soyabonni omonatga olgan odam:

- Yomg’irda qolib, rosa bo’kardim, - deb javob beribdi.

Ammo shu arzimas yaxshilikni qilgan odam g’oyat badfel ekan. Oradan yana bir necha kun o’tgach, o’sha do’sti tag’in:

- Agar o’shanda soyabonimni berib turmaganimda, kuchli jalada holing ne kechardi? – debdi.

Bu minnatdan so’ng undan soyabon olgan kishi do’stidan soyabon olganiga ham pushaymon qilibdi. Ammo soyabon bergan do’sti shundan keyin ham tinchimabdi. Bir kuni ular bog’dagi hovuz bo’yicha uchrashib qolibdi. Soyabon bergan kishi yana:

- Do’stim, o’shanda men senga soyabonimni berib turmaganimda holing ne kechardi?, - debdi.

Uchinchi bor minnat eshitgan odamning toqati toq bo’libdi. Do’stidan soyabon olganiga ming pushaymon bo’libdi. Azbaroyi uning minnatlari joniga tekkanidan ust – boshini yechmay turib o’zini hovuzga otibdi. Keyin shalabbo bo’lgan kiyimidan suvini oqizib turib do’stiga debdi:

- Agar o’sha kuni sen soyaboningni berib turmasang mana shunday shalabbo bo’lardim. Lekin o’lib qolmasdim.

Shu kundan boshlab bu ikki o’rtoq oralaridagi do’stlik rishtalari uzilibdi [14. 151 – 152 b.].

Ushbu rivoyat orqali bolalar ongiga qilgan yaxshiligini minnat qilmaslik insoniy fazilat ekanligi singdiriladi. Bu haqda Hadisi Sha’rifda ham “Savob ish qilganingdan xursand bo’lsang, gunoh ish qilganingda esa xafa bo’lsang, demak sen haqiqiy mo’minsan”, deyilgan. Buning mazmun – mohiyatini bolalar ongiga singdiring.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling