Tuproqmuhitining reaksiyasi
Tuproq muhitining konsentratsiyasi barcha o’simliklar uchun muhim fiziologik ahamiyatga ega. Nordon tuproqlarga ohak kiritilsa, H+ ionlari o’mini Ca++ egallaydi va pH mo’tadilga qarab siljiydi. Tuproq muhitining reaksiyasi o’simliklarga bevosita va bilvosita ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bilvosita ta’sir to’g’ridan─to’g’ri o’simlikka emas, balki o’simlik faoliyati uchun zarursharoitlarga qaratilgan bo’ladi. Masalan, nordon muhitda o’simliklar o’zlashtirishga molik Fe, Co, Mn, Cu miqdori ortib N, P, Mo, В miqdori kamayadi. Tuproq muhitining reaksiyasi o’simliklar tomonidan oziq elementlarining yutilishiga kuchli ta’sir ko’rsatadi (3-jadval).
3-jadval
Eritina pH ning o’siinliklarga yutiladigan ionlarga ta’siri.
O’simlik
|
Eritm
|
(NH4)2HPO4 da yutilgan (mg/soat)
|
NH4+
|
HPO4-2
|
Don─dukkaklilar
|
6,6
|
0,89
|
0,13
|
7,4
|
1,26
|
0,06
|
Bug’doy
|
6,7
|
1,86
|
0,28
|
7,3
|
2,26
|
0,10
|
Ma’lumki, nordon eritmalar tarkibidagi H+ ionlari anionlarning o’zlashtirilishiga yordam bersa, ishqoriy eritmalarda — kationlar ko’proq o’zlashtiriladi. Bu hoi ayniqsa ishqoriy tuproqlarda fosforli o’g’ltlarni qo’llashda yaqqol ko’rinadi.
Tuproq mikroorganizmlarining faoliyati ham pH bilan bevosita bog’liqdir. Singdirish sig’imi va buferlik qobiliyati yuqori bo’lgan tuproqlarda muhitning noqulay reaksiyasi o’simliklarga kamroq zarar yetkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |