Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti
Download 109.34 Kb.
|
HAYDAROVA HAYITGUL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining maqsadi
- I.BOB. O’simliklarning oziqlanishi haqida
Mavzuning dorzabrligi: Hozirgi texnika va texnologiya rivojlanayotgan bir davrda bizni yaratgan va himoya qilayotgan ona tabiatga ba’zan sovuqqonlik bilan qaralyapti. Misol uchun, daraxtlarni kesish, yaylovlarni qisqartirish va hokazolar. Kurs ishimning dorzabrligi biroz bo’lsada tabiatga mehr va e’tiborli bo’lishga undaydi degan umiddaman.
Kurs ishining maqsadi: O’simliklarning geterotrof oziqlanish usullari haqida talabalarda bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish Kurs ishining vazifasi: Tabbiy oziqlanish va inson ishtirokidagi oziqlanishning talabi va ahamiyatini o’rganish Kurs ishining tarkibi: Ushbu kurs ishi mavzu, mundarija, kirish qismi, ikki bob, to’rtta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat bo’lib jami 24 sahifadan iborat. I.BOB. O’simliklarning oziqlanishi haqida 1.1 O’simliklarning havodan va ildizidan oziqlanishi Yashil o’simliklarning oziqlanishi bir paytning o’zida ikki sferada sodir bo’ladi. Ularning ildizlari bilan tuproqdan suv va unda erigan mineral tuzlarni olsa, poya va barglari yordamida atmosferadan CO2 gazini o’zlashtiradi. O’simliklarda bir butun oziqlanish jarayonining ikki tomoni bo’lgan havodan oziqlanish (fotosintez) va ildizdan (mineral) oziqlanish farqlanadi. O’simliklarning havodan oziqlanishi J.Pristli (1771) o’sitnliklar nafas olish binobarida ifloslangan havoni tozalashini, Ya. Ingengauz (1779) bujarayon faqat yorug’lik ishtirokida sodir bo’lishini isbotladi. J. Senebe va T. Sossyurlar tomonidan yashil o’simliklar karbonat angidrid gazi va suvdan organik modda hosil qilish va bunda havoga erkin kislorod ajralib chiqishini ko’rsatib berdi. O’simliklarning yashash sharoitini yaxshilash orqali fotosintez jarayonida hosil bo’ladigan mahsulotlar miqdori va tarkibini boshqarish mumkin. Barg tarkibidagi azot va magniyning 75, temirning 80, ruxning 70, kalsiyning 60, kaliy va misning 50% i xloroplastlar tanasida jamlanadi. Bu raqamlar mazkur elementlarning fotosintezida katta ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi. Bir kg barg tarkibida 1—3 g atrofida xlorofill bo’ladi yoki boshqacha aytganda, har 25 sim2 barg yuzasiga 1 mg xlorofill to’g’ri keladi. Bitta bargdagi xlorofill donalarining umumiy yuzasi shu barg plastinkasi yuzasidan qariyib 200 marta kattadir. Yoz faslida bir mg xlorofill bir soat davomida 5 mg karbonat angidridni assimilyatsiyalashda ishtirok etadi. Atmosfera havosidagi karbonat angidrid 0,03% dan 0,01% ga tushib qolsa, fotosintez to’xtaydi. Karbonat angidrid miqdori 30 marta va undan harn ko’proq oshirilsa (sun’iy sharoitlarda), fotosintezning samarasi harn shunga mos ravishda ortib boradi. Barg 12 mol karbonat angidridni o’zlashtirib, 112 kkal energiya to’playdi. Birga maydondagi kartoshka yoki qand lavlagi bir kecha kunduz 1 t ga yaqin karbonat angidridni o’zlashtirib, 500 kg ga yaqin organik moddalarni sintezlaydi. O’simliklar bargi orqali atmosferadan kamroq oltingugurtni shuningdek, ildizdan tashqari oziqlantirishda azot, fosfor va ayrim mikroelementlarni o’zlashtirishi mumkin. Lekin tabiiy sharoitda barglar orqali uglerod o’zlashtirilsa suv, azot va boshqa moddalarning asosiy qismi ildiz orqali yutiladi. Download 109.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling