O’simliklarning ildizdan oziqlanishi
O’simliklarning ildizdan oziqlanishi mineral oziqlanish deb ham yuritiladi. Bu tushuncha bir─biri bilan uzviy bogiangan quyidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi.
O’simliklarning ildiz tizimi tuproqning o’zlashtirishga layoqatli oziq moddalar zaxirasi to’plangan qatlamda rivojlanib (xemotropizm), o’z nordon ajratmalari bilan tuproq qattiq fazasiga ta’sir qiladi, singdirish kompleksi, TSK) tomonidan almashinib singdirilgan oziqa ionlarini eritmaga siqib chiqaradi va suvda qiyin eriydigan birikmalarni qisman eritadi.
Ildiz yuzasidagi bir qator fermentlar tuproqning mineral va organik moddalarini parchalash (gidroliz) da ishtirok etadi.
Ildiz tizimining faol yuzasi bilan muloqotda bo’ladigan tuproq eritmasi tarkibidagi ayrim tuzlar diffuziya yo’li bilan yutiladi.
Diffuziya va ionlarning almashinuvchan adsorbsiyasi natijasida hujayra qobig’i harnda protoplazma membranasiga surilgan tuzlar ildiz tukchalari tomonidan yutiladi.
Singdirilgan ionlar protoplazma ichida akkumulatsiyalanadi va ildizda ketadigan sintezlanish jarayonlarida ishtirok etadi.
Barg va ildizda sintezlanadigan organik moddalar o’zaro almashinadi.
Ildiz orqali yutilgan mineral moddalar ksilema bo’ylab o’simlikning yer usti qismiga qarab harakatlanadi va bunda mineral hamda organik moddalarning bir qismi tuproqqa ajraladi.
Yutilgan ayrim moddalar qari barglardan yosli barglarga, vegetativ organlardan reproduktiv organlarga oqib o’tish yo’li bilan o’simlik tanasida qayta o’zlashtiriladi — reutilizatsiya.
O’simliklarning ildiz tizimi: tiplari, tuzilishi va funksiyalari, oziq elemeintlarning yutilishiga doir nazariyalar
O’simlik tanasida kechadigan nafas olish, moddalar almashinuvi, fotosintez, transpiratsiya kabi jarayonlar mineral moddalarning yutilishi va siljishini ta’minlaydi.
Har bir element hujayrada o’ziga xos fiziologik biokimyoviy funksiyalarni bajaradi va uning o’rnini boshqa bironta element (kimyoviy xossalari o’xshash bo’lsada) bosa olmaydi.
Hujayraga suv, gazlar va yog’da eriydigan moddalar oson so’riladi hamda chiqib ketadi. Aminokislotalar, monosaxaridlar, glitserin, yog’ kislotalar bir muncha qiyin, disaxaridlar va kuchli elektrolitlar juda qiyin o’zlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |