Pomidor
hosili, kg
|
1 o’simlik tomonidan o’zlashtirilgan, mg/ekv
|
NO3─ ─
|
H2PO4─
|
K+
|
Ca+ +
|
Mg+ +
|
Oddiy
|
7
|
776
|
115
|
506
|
329
|
141
|
Kuchli
|
10
|
1074
|
160
|
738
|
445
|
197
|
Harorat
G’alla ekinlari harorat 23 ─ 25 ºC bo’lganda azot va fosforni yaxshi o’zlashtiradi. Bug’doy tarkibidagi oqsil miqdori nisbatan issiq haroratli mintaqalarda yuqori bo’ladi. Kanakunjut, soya, loviya va g’o’za kabi o’simliklar 30—35°C haroratda oziq moddalarni yaxshi o’zlashtiradi.
Haroratning 5—7°C ga qadar pasayishi kaliyning o’zlashtirishiga ta’sir qilmaydi, lekin ildiz tomonidan azot, fosfor, kaliy va oltingugurtning yutilishini keskin kamaytiradi. Ekinlar me’yorida oziqlantirilgan sharoitlarda haroratning 10°C dan pasayishi oziqa elementlarning o’zlashtirilishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Oziqa elementlarining o’zlashtirilishi haroratga mos ravishda ortib boradi, lekin 40°C dan boshlab keskin kamayishini fermentlar tizimining loxaslanishi bilan izohlash mumkin.
Yorug’lik
Yorug’lik ta’sirida o’simliklarda mineral oziqlanish kuchayadi. Qorong’uda saqlanadigan o’simliklarda faqat fotosintez jarayoni emas, balki ildiz orqali oziqa moddalarning yutilishi ham susayadi. Uzoq muddat yorug’likdan baxramand bo’lmagan o’simliklarda mineral oziqlanish to’xtaydi, chunki fotosintez jarayonida hosil bo’ladigan moddalar ildiz orqali yutiladigan ionlarning keyingi metabolik reaksiyalari uchun energetik material sifatida xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |