Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti o'zbek tili va adabiyoti fakulteti


Download 177.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana06.02.2023
Hajmi177.38 Kb.
#1170499
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Soʻz yasalishi dars ishlanma3

4.Darsning turi:
Musobaqa 
5.Darsning uslubi: 
 
Savol-javob, suhbat 
6.Fanlar aro bog`lanish ;
 
Adabiyot, vatan tuyg`usi, musiqa. 



7.Darsning shiori: 
A`lo mamalakatning a`lo farzandi, 
Bilib qo`yki ,seni, V atan kutadi 
Darsning rejasi: 
1.Tashkiliy qism 
2. ”Ma`naviyat daqiqasi”
3. ”Tonggi tilak” 
4.”Uy vazifasi” 
5.”Aqliy xujum”
6.”Mustaqil ish” 
7.”Darslik-eng yaqin yordamchi” 
8.Sardorlar bahsi 
9.Yakuniy qism
Darsning borishi: 
1. 
Tashkiliy qism. 
2. 
O’tilgan mavzuni takrorlash. 
3. 
Darsga jalb qilish. 
Tashkiliy qism:

 a) Salomlashish 
b) Yo'qlama qilish. 
g) Shu kungi tabiatdagi va ob-havodagi o'zgarishlar haqida nutq 
o'stiruvchi savol-javob qilish, 
d) inson salomatligini saqlash har bir kishining o’ziga bog’liq 
shuning ichun tozalikka rioya qilish, sinf xonasi tozaligini saqlashni 
tushuntirish. 
O`qituvchi: Assolomu alaykum
O`quvchilar : valaykum assolom hurmatli ustoz. 
O`qituvchi: bugun sinfda kim navbatchi? 
O`quvchi:
Men sinfda navbatchi, 
Muallimga yordamchi. 
Pok tutaman xonani
Hamda youv taxtani. 
Bugun hamma jamuljam, 
Bo`lingiz siz xotirjam. 



O`qituvchi: Juda yaxshi bolajonlar. Bugungi darsimiz… 
- Ona tilim –jonu dilim 
- O`qituvchi:
- Demak, sabog`imizni til haqidagi she`rlar bilan boshlar ekanmiz.. 
1-o'quvchi:
Yassaviy tumorim tilim 
Navoiy nazmida sen orim tilim 
Kumushning vaslida betakror malak 
Qodiriydan qolgan yodgorim tilim 
2-o'quvchi: 
Martabang unutsang mayliga unut
Mansabing unutsang mayliga unut 
Agar sen unutsang ona tilingni 
Zaxarga aylansin onang bergan sut 
3-o'quvchi:
Ona tilim onamdek aziz
Har bir so`zi shakarday laziz
Minnatdorman ushbu tilimdan
Uni sevdim jonu dilimdan. 
4-o'quvchi:
Ota bo’lib, otlangan tilim, 
Ona bo’lib shodlangan tilim 
Bola bo’lib yodlangan tilim 
Ona tilim 
O`qituvchi:
Darhaqiqat , tilimizni asrang, uni kelgusi avlodlarga sog`omon etkazish bizning 
burchimizdir 
Siz tilni asrangiz, har nedan ortiq 
Yagona zaminni asragansimon , 
Bobolardan qolgan noyob bu tortiq, 
Toki avlodlarga yetolsin omon. 
Shuningdek, ona tili fanini chuqur o`rganishimiz kerak. Bugungi darsimizning 
shiori shunday: 
A`lo mamalakatning a`lo farzandi, 
Bilib qo`yki, seni Vatan kutadi 
O`qituvchi:
A`lo mamalakat bu-tuprog`I zar, hosili gavhar O`zbekistondir. 
-a`lo farzandlar esa bu mustaqillik farzandlaridir. 
O`qituvchi:



Mustaqillik degan so`zni ishlatdingiz . bu qandayin so`z yoki ne`mat. 
1-o`quvchi:
Mustaqillik bu-yovga qul bo`lgandan ko`ra, to`lqinlarga yem bo`lsin deya 
jayxunga cho`ktirilgan Jaloliddin ko`z yoshi emasmi u. 
2-o'quvchi:
Mustaqillik – Anda jonim qoldi deya Andijondan keltirilgan qovun tilimini 
berishganda , dunyodagi eng badavlat shoirlardan Bobur Mirzoning soqolini yuvib 
o`tgan ko`z yoshi
emasmi u. 
3-o'quvchi:
Ota –bolani quvushtiraman deb sarg`ayib so`lgan chehrasidagi harg`inlikmidir, 
intizorlikmidir? 
Nima edi Navoiy armoni? 
O`qituvchi:
Bolajonlar, istiqlol to`g`risida ajoyib fikrlarni bilr ekansiz. “Bilib qo`yki seni 
Vatan kutadi” degan chaqiriqqa binoan siz kelajakda kim b`olmoqchisiz, qanday 
xalqqa xizmat qilmoqchisiz? 
1-o'quvchi:
-Mirzabekman albatta 
So`z shifok bolaman 
Kelajakda xalqimga 
Dildan xizmat qilaman 
2-o'quvchi: 
Til o`rganib , olim bo`lib
Yurtlarni kezsam deyman 
Jurnalast bo`lib xalqqa 
Xizmatlar qilsam deyman 
O`qituvchi:
Pahmat oppoq orzularingiz o`zingizga yo`ldosh bo`lsin! 
Endi yangi mavzuga o`tishdan avval bir “illiqlantiruvchi mashq” o`tkazib olsak. 
Bu “Tongi tilak”deb ataladi 
O`qituvchi boshlab beradi.: 
-O`quvchim Gulshanoy bugungi darsda sen eng a`lochi o`quvchi sifatida 
tanilishingni tilayman.
2-o'quvchi: 
Do`stim Asadbek , bugungi darsda faqat a`lo baho olishingni tilakdoshman 



3-o'quvchi: 
Assolomu alaykum olis yo`ldan , yaqin ko`ngildan tashrif buyurgan aziz 
mehmonlar! Sizlarga bugungi darsimizda yuqori kayfiyat hamroh bo`lishini , also 
zerikmasligingizni tilayman. 
O`qituvchi:
Mana yuqori kayfiyat bilan asosiy maqsadga ham , yetib keldik. 

Download 177.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling