Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti o'zbek tili va adabiyoti fakulteti
gapidagi mard so'zi aslida sifat turkumiga xos bo'lib, otga ko'chgan, "odam"
Download 177.38 Kb. Pdf ko'rish
|
Soʻz yasalishi dars ishlanma3
gapidagi mard so'zi aslida sifat turkumiga xos bo'lib, otga ko'chgan, "odam"
ma'nosida qo'llangan. Bu holat sifatdoshlarda ham mavjud: o'qigan—o'zar kabi. Mustahkamlash darsi Har doimdek guruhlar bilan ishlaymiz 8 1-guruh: “Bilimdonlar” guruhi. Biz guruhimizni “Bilimdonlar” deya atadik. Yurtrtboshimiz shunday degan:”Farzandlarimiz bizdan kora kuchli , bilimli, don ova albatta baxtli bo`lishlari shart” 2- guruh: “Tadbirkorlar”guruhi. 2011 yil “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili ”deb ataldi. Biz kelajakda mahoratli kasb egalari bo`lib yurtimiz sha`nini ko`taramiz. 3-guruh: “Kelajak” guruhi. Bugun bizlar Barkamol avlod Shu vatanning suyanch ardog`i Azim chinor bo`lsagar Vatan Bizlar uning ko`rki yaprog`i O`quvchilarni quyidagi kartochkalar asosida ballarini aniqlab olamiz. “jarima” “rag’bat ” 1.”Uy vazifasi” O`qituvchi : Uyga vazifa etib qanday topshiriq berilgan edi? O`qituvchi : Barchangiz daftaringizni ochib qo`ying. Tekshiraman. O`quvchi : Uyga vazifa 447- mashq “Do`st-do`stning oynasi” mavzusida matn tuzish. 3 ta guruhdan namuna sifatida bittadan o`qitiladi. Do`stlik haqida sahna ko`rinishi ijro etiladi. Guruhlarga “Rag`bat” yoki “Jarima” kartochkasi beriladi. “Aqliy hujum” sharti orqali 3 ta guruhimizning o`tilgan mavzular bo`yicha bilimini tekshiramiz. 1-guruh: “Bilimdonlar” guruhiga tezkor savollar orqali murojaat etamiz. 1. Soʻz yasalishi nima- 2. Morfologik usul - 3. Sintaktik usul 4. Ikki kishining o`zaro suhbati- 5. Morfemika boʻlimi qanday boʻlim- 6. Gapning markazi- 9 7. Gap nima- 2- guruh: “Tadbirkorlar”guruhiga testlar beriladi 1.Nutq a`zosini toping A . yurak B .til S . quloq 2.Soʻz yasalishini turlari nechta A .3 ta B .2ta S .4ta 3. Quyidagi soʻzlarni qaysi biri yasama soʻz? A .kitobim B.oʻqib tashladi S. bayon etdi 4.Qaysi javobda qorishiq j tovushi mavjud? A .juma B .juda S .jurnal 5.Qo`sh undoshlardan biri tushirilsa yana bir so`z hosil bo`lgan qatorni toping. A .qattiq B .alla S .ikkala 6.Tutuq belgisi mavjud so`zni toping A .qo`shiq B .Mo`jiza S .ma`no 7. Bilimdon soʻzida qaysi soʻz oʻzak hisoblanadi? A.bil B .bilim S.bilimdon 3-guruh: “Kelajak” guruhi esa Grammatik topishmoqlar beraman. 1. Bosh kelishikda so`zi Gapda bosh bo`lak o`zi (ega) 2.Biri turlanar, biri tuslanar (ot, fe`l) 3.Tugal mazmun bildirar So`ngida nuqta bo`lar (darak gap) 4.Sening, noning, quvoning, Shu so`zlar orasidan Bizlarga fe`lni toping ( quvoning) 5.Ota-ona, oyu oftob Qanday so`zlar javobin top ( ) 6.Bir so`z yozilsa takror Orasida ne darkor (chiziqcha) 7. Menda boru senda bor Odamda bor olamda yo`q Bu qaysi harf (n harfi) 8.Aytamizu, yozamiz Ko`ramizu eshitamiz (harf) 10 O`qituvchi : Berilgan javoblardan to`g`risiga “Rag`bat” noto`g`ri javob uchun “Jarima” kartochkalarini beraman. ”Mustaqil ish” shartida o`lkamizda bahor fasli hukmronligi bois turli xil bahor haqida gaplar tuzasiz. Xatosiz , husnixat bilan yozilgan gap egalarini aniqlaymiz. Yozuv taxtasiga 3ta guruhdan 1tadan o`quvchi chiqib yozadi. Shu o`rinda qiziqarli daqiqa o`tkaziladi. Loflardan namuna aytiladi. -Do`stim bilasizmi , mening bobomning boshi osmonga tegib turar ekan-debdi Sodiq -Do`stim o`sha bobongizni elkasiga bir nima tegib turmas ekanmi?-debdi Xoliq -Ha, bobom aytgandi. -O`sha narsa mening bobomning to`nlarini etaklari ekan. O`qituvchi : Mana, “Bir chimdim kulgi” sahifasidan o`tib “darslik-eng yaqin yordamchi”shartiga ham yetib keldik. Bunda biz darslik bilan ishlaymiz. Husnixatingizga baho qo`yaman. I-topshiriq FAQAT , SAFSATA, SHANBA , FIRMA, FALSAFA, TANBUR, O`N BESH MUSTAHKAMLASH UCHUN BERILGAN SAVOLLARGA “Zinama- zina”o`yinidan foydalanib javob beramiz. O`quvchilar raqamlari zinadagi sonlarni birini tanlaydi, shu raqamli savolga javob beradi. Masalan , 1.J tovushini izohlang 2.Tutuq belgisini izohlang 3.F harfi boshlanuvchi so`zlardan ayting. 4.O`zakka egalik qo`shimchalar qo`shilganda bo`ladigan fonetik o`zgarishlar haqida so`zlang. Berilgan javoblardan to`g`risiga “Rag`bat” noto`g`ri javob uchun “Jarima” kartochkalarini beriladi. O`qituvchi : Aziz o`quvchilar ! Mana hayojonli daqqalar yetib keldi. Endi sardorlarni sinaymiz. Ular “Omadingni sinab ko`r” texnika vositasidan foydalanib savollrga javob berishadi. 1. Mahoratingizni ko`rsating 2. Qo`shiq aytib bera olasizmi? 3. Tabiat haqida gap tuzing. Sardorlar savollarga javob berishadi. Ular ham o`qituvchi tomonidan baholanadi. 11 O`qituvchi : So`nggi soniyalarda kartochkalar sonini aniqlab , g`olib guruhni topamiz. Bahor fasli bo`lgani bois quyidagi tartibda baholayman. quyosh - “5”- baho ramzi gul- “4”- baho ramzi barg- “3”- baho ramzi O`quvchilarga rasmli kartochkalar tarqatib baholanadi. G`olib guruh taqdirlanadi. O`qituvchi : Mana darsimiz ham o`z nihoyasiga yetmoqda. Bugungi darsimizning “Eng faol”, “Eng iste`dodli”, “Eng bilimdon ” guruhini aniqlash uchun mehmonlarimizga murojaat etamiz. Demak ,bugun hammangiz yaxshi ishtirok etdingiz. Doimo ushbu satrlarni qalbingizga jo qilib oling. Boshing egib , ta`zim ayla, shukrona ayt. Seni guldek erkalagan chaman uchun, Osmonlarda yurgan bo`lsang, tuproqqa qayt Aytgil do`stim nima qildik vatan uchun. UYGA VAZIFA. Soʻz yasalishi boʻyicha oʻtilganlarni takrorlab kelish. 12 13 Download 177.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling