Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti sirtqi bo’limi Pedaoggika va psixologiya yo‘nalishi 3-kurs talabasi Ilasheva Muxlisa Ulug‘bek qizi


Download 234.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana17.06.2023
Hajmi234.48 Kb.
#1525813
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ilasheva Muxlisa Xalqaro baholash dasturlari



 
 
 
 
 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
 
ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI 
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 
Sirtqi bo’limi
 
Pedaoggika va psixologiya yo‘nalishi 3-kurs talabasi 
Ilasheva Muxlisa Ulug‘bek qizi 
 
 
Mavzu: Xalqaro baholash dasturlari haqida tushuncha 
 
MUSTAQIL ISH 
JIZZAX-2023 


Mavzu: Xalqaro baholash dasturlari haqida tushuncha 
REJA: 
I. Kirish 
1. Xalqaro baholash tizimlari haqida tushuncha 
2. PISA dasturining axamiyati 
3. PIRLS xalqaro tadqiqoti haqida umumiy ma’lumotlar 
4. TALIS haqida umumiy tushuncha 
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar 
Mavzuga oid test 
Izohli lug‘at 


Kirish 
Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yo‘lida shiddat bilan rivojlanib 
borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari bo‘lgan yoshlarning ijodiy g‘oyalari 
va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim, ko‘nikma va 
malakalarini shakllantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar 
asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yo‘lda xalqaro tajribalarni o‘rganish, 
mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo‘nalishdagi xalqaro va 
xorijiy tashkilotlar, ilmiy tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish 
muhim ahamiyatga egadir. 
Ushbu dasturning ko‘p yillar davomida muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotganiga 
2021-yilda 20 yil to‘ladi. PIRLS – PIRLS (Progress in International Reading Literacy 
Study - xalqaro o’qish savodxonligini o’rganishdagi yuksalish) – bu turli 
mamlakatlarda boshlang’ich sinfda tahsil oluvchi o’quvchi-yoshlarning matnni o’qish 
va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir. Boshqacha 
qilib aytganda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmalarini qay 
darajada rivojlanganligi haqidagi ma’lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini 
beradigan, o‘qish va o‘qitishni yaxshilash uchun ta’lim sohasidagi davlat siyosatiga 
oid ma’lumotlarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturidir. Ushbu sinov turi 
har 5 yilda bir marta o’tkazishga mo’ljallangan bo’lib, uning oxirgi 2016 yilgi 
tadqiqotlari natijalariga ko’ra, Rossiya Federatsiyasi yetakchilik qilmoqda. 
Shuningdek, PIRLS, yosh o‘quvchilar tomonidan maktabda va maktabdan tashqarida 
ta’lim olishning katta qismini tashkil etuvchi, ya’ni badiiy tajriba orttirish, ma’lumot 
olish va undan foydalanish ko‘nikmalarini baholash kabi ikkita keng qamrovli 
maqsadlarni ifodalaydi. 
Yana shuni aytish mumkinki, ushbu dastur zamon bilan hamnafas qadam tashlaydi 
hamda o‘zining baholash mezonlarini zamonaviy talablarga muvofiq ravishda 
takomillashtirib boradi. Bunga misol sifatida, 2021-yilda o‘tkaziladigan tadqiqotda 
o‘quvchilarga birinchi marta raqamli formatdagi topshiriqlarni taqdim etishni 
rejalashtirganini aytish o‘rinlidir. Raqamli formatga o‘tish bilan birga, internet 
muhitida boshqariladigan ePIRLS onlayn o‘qishni kompyuterda baholash kabi 


o‘zgarishlar ham ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston ilk marotaba ishtirok etayotgan ushbu 
xalqaro tadqiqotlar doirasida tajriba-sinov jarayonlari 2020-yilning aprel-may oylarida, 
asosiy tadqiqotlar esa 2021-yil aprel-may oylarida o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, lekin 
dunyo bo‘ylab keng tarqalgan koronavirus pandemiyasining salbiy ta’siri tufayli 
rejalashtirilgan tadqiqotlarning amalga oshirilishi vaqtincha to‘xtatilgan edi. Hozirgi 
vaqtga qadar Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD), Ta’lim sohasidagi 
yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) kabi xalqaro tashkilotlar tomonidan 
tadqiqotda qatnashuvchi mamlakatlar, dasturning boshqaruv kengashi a’zolari, xalqaro 
ekspertlar kengashi va konsorsiumlar hamda mamlakatlardagi Milliy markazlar 
ishtirokida tadqiqotlarning tashkil etilish muddatlarini belgilash bo‘yicha 
muhokamalar olib borildi. Muhokamalar jarayonida turli xil muqobil yo‘llar ko‘rib 
chiqildi. 
Jumladan, PISA dasturi bo‘yicha kun tartibida ikkita yo‘ldan birini tanlash masalasi 
qo‘yildi. Birinchisi, ixchamlashtirgan, yangi kiritilgan topshiriqlar hamda kreativ 
fikrlash yo‘nalishidan butunlay voz kechgan holda 2020-yil oktyabr-noyabr oylarida 
tajriba sinov jarayonlari, 2021-yil aprel-may oylarida asosiy tadqiqotlarni o‘tkazish 
bo‘lsa, ikkinchisi, barcha yo‘nalishlarni to‘liq qamrab olgan holda tadqiqotni bir yil 
muddatga kechiktirish, bunda 2021-yil aprel-may oylarida tajriba-sinov jarayonlari, 
2022-yilning mos oylarida esa asosiy tadqiqotlarni tashkil etish takliflari atroflicha 
ko‘rib chiqildi. PIRLS dasturi bo‘yicha esa PISA dasturidan farqli ravishda ikki 
muqobil yo‘llardan birini tanlash taklif etildi. Ya’ni, birinchisi, 2020-yilga 
mo‘ljallangan tajriba-sinov jarayonlaridan voz kechgan holda 2021-yildagi 
rejalashtirilgan asosiy tadqiqotlarni o‘z vaqtida tashkil etish bo‘lsa, ikkinchi yo‘lga 
ko‘ra, yangi o‘quv yilining boshlanishi bo‘lishiga qaramasdan, 2020-yil oktyabr oyida 
soddalashtirilgan tarzda tajriba-sinovlarini o‘tkazish hamda 2021-yildagi asosiy 
tadqiqotlarni ham o‘z vaqtida aprel-may oylarida tashkil etish masalalari ko‘rib 
chiqildi. Bunda tadqiqotda qatnashuvchi maktablar va sinflar masalasiga ham alohida 
to‘xtalib o‘tildi. Atroflicha muhokama va munozaralardan so‘ng, PISA va PIRLS 
dasturlari doirasida tadqiqotlarning o‘tkazilishi yuzasidan quyidagi muddatlarni 
belgilash bo‘yicha xalqaro tashkilotlar tomonidan qarorlar qabul qilindi: PISA dasturi 


doirasidagi tadqiqotlar bir yil muddatga kechiktiriladi. Bunda 2020-yilda 
mo‘ljallangan tajriba-sinovlar 2021-yilning aprel-may oylarida, 2021-yilga 
mo‘ljallangan asosiy tadqiqot esa 2022-yilning aprel-may oylarida o‘tkazilishi 
rejalashtirildi. Shuningdek, tadqiqotning 3 yillik davriyligini inobatga olgan holda
2024-yilga mo‘ljallangan tadqiqotlar ham o‘z navbatida 2025-yilga ko‘chirildi. PIRLS 
dasturi doirasidagi asosiy tadqiqot kechiktirilmadi va o‘z muddatida, ya’ni 2021-yil 
aprel oyida o‘tkazilishi bo‘yicha rejalar o‘z kuchida qoldirildi. Bunda, 2020-yil aprel 
oyiga rejalashtirilgan tajriba-sinov jarayonlari, karantin sharoiti barqarorlashgan 
taqdirda, 2020-yilning oktyabr oyida ko‘chirilishi rejalashtirildi. Shuni ta’kidlash 
lozimki, PIRLS dasturi talablariga muvofiq, sinovlar tanlab olingan maktablarning 4-
sinflari o‘rtasida o‘quv yilining oxirgi oylarida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Lekin, 
kutilmagan pandemiya tufayli, tajriba-sinovlari istisno tariqasida yangi o‘quv yilining 
ilk oylarida o‘tkazilishi mo‘ljallanmoqda. Bunda avval tanlab olingan maktablar 
ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritilmaydi. Yangi rejalashtirilayotgan tajriba-sinov muddatiga 
ko‘ra, tanlab olingan maktablarning 4-sinf o‘quvchilari 5-sinfni boshlagan bo‘ladilar. 
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi «O‘zbekiston 
Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 
tasdiqlash to‘g‘risida»gi 5712-son Farmonida 2030-yilga kelib PISA xalqaro dasturi 
reytingida jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish 
hamda xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni 
tashkil etish asosida o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi 
fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo‘naltirilgan ta’lim sifatini baholashning 
milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan. 
Shuningdek, konsepsiya doirasida o‘quvchilarning tanqidiy va ijodiy fikrlash, 
axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish kompetensiyalari va malakalarining 
rivojlanishiga alohida urg‘u berishni hisobga olgan holda, zamonaviy innovatsion 
iqtisodiyot talablariga javob beradigan umumta’lim dasturlari va yangi davlat ta’lim 
standartlarini joriy etish, o‘quvchilarning bilim darajasini baholashda xalqaro PISA, 
TIMSS, PIRLS va boshqa dasturlarda doimiy ishtirok etish nazarda tutilgan. 


Ushbu vazifalarni amalga oshirish yo‘lida PIRLS tadqiqotida muvaffaqiyatli ishtirok 
etish o‘ziga xos o‘rin tutadi. Shunday ekan, ta’lim sifatini baholash sohasidagi yangi 
xalqaro tadqiqot haqida xalq ta’limi tizimi xodimlari, o‘qituvchilar hamda ushbu 
sohaga qiziquvchilar uchun ma’lumotlar yetkazib berish maqsadida «Xalqaro 
tadqiqotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholash» 
nomli metodik qo‘llanma ishlab chiqildi. Mazkur qo‘llanmada PIRLS tadqiqoti, uning 
o‘ziga xos xususiyatlari, nazorat-sinov materiallarining ishlab chiqilishi haqida 
umumiy ma’lumotlar berilgan. Shu bilan birga, PIRLS tadqiqotining topshiriqlaridan, 
ya’ni matnlar va savollaridan bir nechta namunalar hamda ularning baholash 
mezonlari keltirilgan. 

Download 234.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling