Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti sirtqi bo’limi Pedaoggika va psixologiya yo‘nalishi 3-kurs talabasi Ilasheva Muxlisa Ulug‘bek qizi
Download 234.48 Kb. Pdf ko'rish
|
Ilasheva Muxlisa Xalqaro baholash dasturlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilasheva Muxlisa Ulug‘bek qizi Mavzu
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Mavzuga oid test Izohli lug‘at
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI Sirtqi bo’limi Pedaoggika va psixologiya yo‘nalishi 3-kurs talabasi Ilasheva Muxlisa Ulug‘bek qizi Mavzu: Xalqaro baholash dasturlari haqida tushuncha MUSTAQIL ISH JIZZAX-2023 Mavzu: Xalqaro baholash dasturlari haqida tushuncha REJA: I. Kirish 1. Xalqaro baholash tizimlari haqida tushuncha 2. PISA dasturining axamiyati 3. PIRLS xalqaro tadqiqoti haqida umumiy ma’lumotlar 4. TALIS haqida umumiy tushuncha Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Mavzuga oid test Izohli lug‘at Kirish Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yo‘lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari bo‘lgan yoshlarning ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yo‘lda xalqaro tajribalarni o‘rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo‘nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga egadir. Ushbu dasturning ko‘p yillar davomida muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotganiga 2021-yilda 20 yil to‘ladi. PIRLS – PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study - xalqaro o’qish savodxonligini o’rganishdagi yuksalish) – bu turli mamlakatlarda boshlang’ich sinfda tahsil oluvchi o’quvchi-yoshlarning matnni o’qish va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir. Boshqacha qilib aytganda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma’lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o‘qish va o‘qitishni yaxshilash uchun ta’lim sohasidagi davlat siyosatiga oid ma’lumotlarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturidir. Ushbu sinov turi har 5 yilda bir marta o’tkazishga mo’ljallangan bo’lib, uning oxirgi 2016 yilgi tadqiqotlari natijalariga ko’ra, Rossiya Federatsiyasi yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, PIRLS, yosh o‘quvchilar tomonidan maktabda va maktabdan tashqarida ta’lim olishning katta qismini tashkil etuvchi, ya’ni badiiy tajriba orttirish, ma’lumot olish va undan foydalanish ko‘nikmalarini baholash kabi ikkita keng qamrovli maqsadlarni ifodalaydi. Yana shuni aytish mumkinki, ushbu dastur zamon bilan hamnafas qadam tashlaydi hamda o‘zining baholash mezonlarini zamonaviy talablarga muvofiq ravishda takomillashtirib boradi. Bunga misol sifatida, 2021-yilda o‘tkaziladigan tadqiqotda o‘quvchilarga birinchi marta raqamli formatdagi topshiriqlarni taqdim etishni rejalashtirganini aytish o‘rinlidir. Raqamli formatga o‘tish bilan birga, internet muhitida boshqariladigan ePIRLS onlayn o‘qishni kompyuterda baholash kabi o‘zgarishlar ham ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston ilk marotaba ishtirok etayotgan ushbu xalqaro tadqiqotlar doirasida tajriba-sinov jarayonlari 2020-yilning aprel-may oylarida, asosiy tadqiqotlar esa 2021-yil aprel-may oylarida o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, lekin dunyo bo‘ylab keng tarqalgan koronavirus pandemiyasining salbiy ta’siri tufayli rejalashtirilgan tadqiqotlarning amalga oshirilishi vaqtincha to‘xtatilgan edi. Hozirgi vaqtga qadar Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD), Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) kabi xalqaro tashkilotlar tomonidan tadqiqotda qatnashuvchi mamlakatlar, dasturning boshqaruv kengashi a’zolari, xalqaro ekspertlar kengashi va konsorsiumlar hamda mamlakatlardagi Milliy markazlar ishtirokida tadqiqotlarning tashkil etilish muddatlarini belgilash bo‘yicha muhokamalar olib borildi. Muhokamalar jarayonida turli xil muqobil yo‘llar ko‘rib chiqildi. Jumladan, PISA dasturi bo‘yicha kun tartibida ikkita yo‘ldan birini tanlash masalasi qo‘yildi. Birinchisi, ixchamlashtirgan, yangi kiritilgan topshiriqlar hamda kreativ fikrlash yo‘nalishidan butunlay voz kechgan holda 2020-yil oktyabr-noyabr oylarida tajriba sinov jarayonlari, 2021-yil aprel-may oylarida asosiy tadqiqotlarni o‘tkazish bo‘lsa, ikkinchisi, barcha yo‘nalishlarni to‘liq qamrab olgan holda tadqiqotni bir yil muddatga kechiktirish, bunda 2021-yil aprel-may oylarida tajriba-sinov jarayonlari, 2022-yilning mos oylarida esa asosiy tadqiqotlarni tashkil etish takliflari atroflicha ko‘rib chiqildi. PIRLS dasturi bo‘yicha esa PISA dasturidan farqli ravishda ikki muqobil yo‘llardan birini tanlash taklif etildi. Ya’ni, birinchisi, 2020-yilga mo‘ljallangan tajriba-sinov jarayonlaridan voz kechgan holda 2021-yildagi rejalashtirilgan asosiy tadqiqotlarni o‘z vaqtida tashkil etish bo‘lsa, ikkinchi yo‘lga ko‘ra, yangi o‘quv yilining boshlanishi bo‘lishiga qaramasdan, 2020-yil oktyabr oyida soddalashtirilgan tarzda tajriba-sinovlarini o‘tkazish hamda 2021-yildagi asosiy tadqiqotlarni ham o‘z vaqtida aprel-may oylarida tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi. Bunda tadqiqotda qatnashuvchi maktablar va sinflar masalasiga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Atroflicha muhokama va munozaralardan so‘ng, PISA va PIRLS dasturlari doirasida tadqiqotlarning o‘tkazilishi yuzasidan quyidagi muddatlarni belgilash bo‘yicha xalqaro tashkilotlar tomonidan qarorlar qabul qilindi: PISA dasturi doirasidagi tadqiqotlar bir yil muddatga kechiktiriladi. Bunda 2020-yilda mo‘ljallangan tajriba-sinovlar 2021-yilning aprel-may oylarida, 2021-yilga mo‘ljallangan asosiy tadqiqot esa 2022-yilning aprel-may oylarida o‘tkazilishi rejalashtirildi. Shuningdek, tadqiqotning 3 yillik davriyligini inobatga olgan holda, 2024-yilga mo‘ljallangan tadqiqotlar ham o‘z navbatida 2025-yilga ko‘chirildi. PIRLS dasturi doirasidagi asosiy tadqiqot kechiktirilmadi va o‘z muddatida, ya’ni 2021-yil aprel oyida o‘tkazilishi bo‘yicha rejalar o‘z kuchida qoldirildi. Bunda, 2020-yil aprel oyiga rejalashtirilgan tajriba-sinov jarayonlari, karantin sharoiti barqarorlashgan taqdirda, 2020-yilning oktyabr oyida ko‘chirilishi rejalashtirildi. Shuni ta’kidlash lozimki, PIRLS dasturi talablariga muvofiq, sinovlar tanlab olingan maktablarning 4- sinflari o‘rtasida o‘quv yilining oxirgi oylarida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Lekin, kutilmagan pandemiya tufayli, tajriba-sinovlari istisno tariqasida yangi o‘quv yilining ilk oylarida o‘tkazilishi mo‘ljallanmoqda. Bunda avval tanlab olingan maktablar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritilmaydi. Yangi rejalashtirilayotgan tajriba-sinov muddatiga ko‘ra, tanlab olingan maktablarning 4-sinf o‘quvchilari 5-sinfni boshlagan bo‘ladilar. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 5712-son Farmonida 2030-yilga kelib PISA xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo‘naltirilgan ta’lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan. Shuningdek, konsepsiya doirasida o‘quvchilarning tanqidiy va ijodiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish kompetensiyalari va malakalarining rivojlanishiga alohida urg‘u berishni hisobga olgan holda, zamonaviy innovatsion iqtisodiyot talablariga javob beradigan umumta’lim dasturlari va yangi davlat ta’lim standartlarini joriy etish, o‘quvchilarning bilim darajasini baholashda xalqaro PISA, TIMSS, PIRLS va boshqa dasturlarda doimiy ishtirok etish nazarda tutilgan. Ushbu vazifalarni amalga oshirish yo‘lida PIRLS tadqiqotida muvaffaqiyatli ishtirok etish o‘ziga xos o‘rin tutadi. Shunday ekan, ta’lim sifatini baholash sohasidagi yangi xalqaro tadqiqot haqida xalq ta’limi tizimi xodimlari, o‘qituvchilar hamda ushbu sohaga qiziquvchilar uchun ma’lumotlar yetkazib berish maqsadida «Xalqaro tadqiqotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholash» nomli metodik qo‘llanma ishlab chiqildi. Mazkur qo‘llanmada PIRLS tadqiqoti, uning o‘ziga xos xususiyatlari, nazorat-sinov materiallarining ishlab chiqilishi haqida umumiy ma’lumotlar berilgan. Shu bilan birga, PIRLS tadqiqotining topshiriqlaridan, ya’ni matnlar va savollaridan bir nechta namunalar hamda ularning baholash mezonlari keltirilgan. Download 234.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling