O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
|
|
“TASDIQLAYMAN”
____________prof. Sh.S.Sharipov
2023-yil “ ” _____
|
SIYOSIY VA XALQARO MUNOSABATLAR TARIXI
FAN DASTURI
Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar
Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika
Ta’lim yo‘nalishi: 5111600 – Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi
Jizzax – 2023
Fan/modul kodi
QFSXMT4.04
|
O‘quv yili
2023-2024
|
Semestr
8
|
ECTS - Kreditlar
4
|
Fan/modul turi
Qo‘shimcha fan
|
Ta’lim tili
O‘zbek/rus
|
Haftadagi dars soatlari
4
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)
|
Mustaqil ta’lim (soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
Siyosiy va xalqaro munosabatlar tarixi
|
44
|
76
|
120
|
2.
|
I. Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga qadimgi davrdan to hozirgi kungacha xorijiy mamlakatlar o‘rtasida asrlar davomida mavjud bo‘lgan serqirrali xalqaro munosabatlar va diplomatiya evolyusiyasining asosiy bosqichlari, hamda yo‘nalishlari haqida talabalarga har tomonlama bilimlar berish. Turli davrlarning tarixiy sharoitlarida sodir bo‘lgan xalqaro voqea va hodisalarning davlatlar hayotiga ta’siri, dunyo xalqlarining davlatchiligida xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi, shuningdek, tashqi siyosat bilan bog‘liq jarayonlarga oid masalalarni tahlil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi - xalqaro siyosiy munosabatlar tarixi haqida bilim berish, ulaming mohiyati, tarixiy voqealar bayonini chuqur tahlil qilish, bu sohada amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar haqida batafsil ma’lumotlar berishdan iborat. Talabalarning amaliy faoliyatida olgan bilim, ko‘nikmalarini kasbiy faoliyatida qo‘llay olishiga erishish.
|
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Xalqaro va siyosiy munosabatlar tarixi fanining obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalari
Xalqaro munosabatlar xalqlar, davlatlar va ularning tizimi o‘rtasidagi aloqalarni va o‘zaro bog‘liqliklarning yig‘indisini tavsiflanishi. “Xalqaro siyosat”, “xalqaro munosabatlar”, “tashqi siyosat”, “diplomatiya”, “diplomatik protokol va etiket” tushunchalarining mazmun mohiyati. Xalqaro tashkilotlar va ularning turlari. Siyosiy va xalqaro munosabatlar tarixi fanining obyekti va predmeti. Siyosiy va xalqaro munosabatlar tarixi fanining maqsadi va vazifalari. Siyosiy va xalqaro munosabatlar tarixi fanining asosiy tushunchalari va qonuniyatlari izohlash.
2-mavzu. Qadimgi sharq davlatlarida xalqaro siyosat va хalqarо munоsabatlar
Qadimgi Misrdagi xalqaro siyosat va хalqarо munоsabatlar. Qadimgi Hindistоndagi хalqarо munоsabatlar va diplоmatiyaning o‘ziga xos jihatlari. Qadimgi Хitоyda хalqarо munоsabatlar va diplоmatiyaning rivoji. Qadimgi Mesopotamiyada xalqaro munosabatlar va diplomatiya. Qadimgi Xett podsholigining tashqi siyosati. Xett podsholigida diplomatik aloqalarning shakllari.
3-mavzu. Qadimgi Grеtsiya va Rimda siyosiy va хalqarо munоsabatlar tarixi
Qadimgi Yunonistonda xalqaro aloqalar shakllari va xalqaro huquq
ko‘rinishlari. Prokseniya, simmaxiya, amfiktioniya. Jamoalar va polislar o‘rtasidagi munosabatlar. Krit davlati va Axeyya podsholigi davridagi xalqaro munosabatlar. Yunoniston-Eron urushlari. Delos simmaxiyasining tashkil topishi. Birinchi Afina dengiz ittifoqi. Sparta va Afina o‘rtasidagi raqobat. Peloponnes urushi va uning asosiy bosqichlari. Yunonistonda Sparta gegemoniyasining o‘rnatilishi. Eron va Sparta o‘rtasidagi to‘qnashuv. Antalkid sulhi. Ikkinchi Afina dengiz ittifoqi. Fivaning yuksalishi. Filipp II davrida Makedoniyaning kuchayishi. Korinf kongressi. Aleksandr Makedonskiyning (Iskandar) yurishlari. Ellinizm davrida xalqaro munosabatlar va diplomatiya.
Qadimgi Rimda xalqaro aloqalarning shakllari va diplomatiya idoralari. Fesiallar kollegiyasi. Rekuperatorlar. Rim huquqida xalqaro masalalar. Xalqlar huquqi. Qadimgi Rimda elchilik masalalari. Respublika davrida Rimning tashqi siyosati. Rim-Italiya konfederatsiyasining barpo etilishi. Rim-Karfagen munosabatlari. Puni urushlari. Makedoniya urushlari. Yuliy sezar yurishlari. Imperiya davrida Rimning tashqi siyosati. Mark Avreliy davrida Rimning tashqi siyosati. Markamon urushlari. Rim imperiyasi va varvarlar. Rim imperiyasining bo‘linib ketishi. G‘arbiy Rim imperiyasining bo‘linib ketishi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |