Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

Taqqoslashbu jism va hodisalar, yoki ularning alohida belgilari
o‘rtasidagi o‘xshashlik yoki farqlarni aniqlash. Taqqoslash bir tomonlama 
(chala) va ko‘p tomonlama (to‘liq); yuzaki va chuqur; bevosita va vositali 
bo‘lishi mumkin. 
Umumlashtirish  – jism va hodisalarni ularning umumiy va ahamiyatli 
belgilari bo‘yicha fikran birlashtirish. Masalan, olma, nok, olxo‘ri, o‘rik va 
h.k.lardagi o‘xshash belgilar «mevalar» so‘zi bilan ifodalanadigan yagona 
tushunchada namoyon bo‘ladi. Sodda umumlashtirishlar ob’ektlarni alohida, 
tasodifiy belgilar asosida birlashtirishdan iborat, majmuiy umumlashtirish 
murakkab bo‘lib hisoblanadi, bunda ob’ektlar turli asoslarga ko‘ra 
birlashtiriladi. 
Abstraksiya – bu jism va hodisalarning muhim bo‘lgan xossa va 
belgilarini fikran ajratib, bir vaqtning o‘zida ahamiyatsiz belgilar va 
xossalardan ayro holatda ko‘rsatish. Xuddi shunday, mas’uliyatlilik hissi 
haqida so‘z yuritganimizda, biror-bir ishchi, muhandis, talabaning emas, balki 
har bir insonning muhim xususiyati sifatida gapiramiz. Abstraklashtirish 
odatda tahlil natijasida amalga oshiriladi. Aynan, abstraktlashtirish vositasida 
uzunlik, kenglik, miqdor, narx va boshqa tushunchalar yuzaga kelgan. 
Aniqlashtirish – bu umumlashtirilgan bilimlardan yagona, alohida 
vaziyatga fikran o‘tish. O‘quv faoliyatida aniqlashtirish – umumiy nazariy 
qonun, qoida, nizomni tasdiqlovchi misol, rasm, aniq dalilni keltirish 
demakdir. 
Jism va hodisalarni tizimlashtirish yoki tasniflash ularni bir-biriga 
o‘xshashlik yoki farqlari asosida guruhlarga bo‘lish. Masalan, o‘quvchilarni 


186 
 
4. Тафаккур сифатлари 
o‘zlashtirish, intizom, jamoat ishlaridagi faollik bo‘yicha guruhlarga bo‘lish 
mumkin. 
Tafakkur quyidagi asosiy qonuniyatlarga bo‘linadi: 
1. Tafakkur muammoni hal etish bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladi; 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling