Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

 
Tafakkur mazmundorligi deganda insoning tevarak-atrofdagi 
moddiy voqelik to’g’risida ongda qay miqdorda, ko’lamda mulohazalar, 
muhokamalar, fikrlar, muammolar, tushunchalar joy olganligi nazarda 
tutiladi. Insonda sanab o’tilgan xarakterdagi g’oyalar to’lib toshsa, shunchalik 
tafakkur mazmundor bo’ladi. Kishilar bir-birlaridan birinchi navbatda 
tafakkurning mazmundorligi bilan tafovutlanadi.
 
Tafakkurning chuqurligi deganimizda moddiy dunyodagi narsa-
hodisalarning asosiy qonunlari, qonuniyatlari, xossalari, sifatlari ularning 
o’zaro bog’lanishlari, munosabatlari, tafakkurimizda to’liq aks etganligini 
tushunishimiz kerak. Tafakkur arsenalida joylashgan narsalarning qay 
yo’sinda sistemalashganligiga qarab to’g’ri va ratsional yo’l nazarda tutiladi, 
u yoki bu shaxsning tafakkur chuqurligi to’g’risida qat’iy bir qarorga kelish 
mumkin. 
 
Tafakkurning kengligi o’zining mazmundorligi, chuqurligi kabi 
sifatlari bilan muntazam aloqada bo’ladi. Insonlardagi narsa va hodisalarning 
eng muhim belgi, xususiyatlarini o’zida mujassamlashtirgan o’tmish 
yuzasidan, hozirgi davr haqida, shuningdek, kelajak to’g’risida mulohazalar, 
muammolar va tushunchalarni qamrab olgan tafakkur keng tafakkur 
deyiladi. Fikr doirasi keng bilim saviyasi yuqori serg’oya ijodiy izlanishdagi 
kishilarni aql zakovatli, bilimdon yoki tafakkuri keng kishilar deb atash 
mumkin. Demak, insonning aql-zakovati, bilimdonligi mulohazadorligi uning 
tafakkurining kengligidan dalolat beradi. 
Inson tafakkuri o’zining mustaqilligi jihatidan mustaqil va nomustaqil 
tafakkurga ajratiladi. Tafakkurni mustaqilligi deganda kishining shaxsiy 
tashabbusi bilan o’z oldiga aniq maqsad, yangi vazifalar qo’ya bilishi, ular 
yuzasidan amaliy va ilmiy xarakterdagi faraz, gipoteza qilish, natijani ko’z 
oldiga keltira olishi, qo’yilgan vazifani hech kimning ko’magisiz, 
ko’rsatmasisiz o’zining aqliy izlanishi tufayli turli yo’l, usul va vositalar 
topib, mustaqil ravishda hal qilishdan iborat aqliy qobiliyatni tushunish kerak.
Tafakkurning mustaqilligi aqlning sertashabbusligi, pishiqligi va 
tanqidiyligida namoyon bo’ladi. Aqlning sertashabbusligi deganda 
insonning o’z oldiga yangi muammo, aniq maqsad va konkret vazifalar 
qo’yishni, ana shularning barchasini amalga oshirishda, nihoyasiga etkazishda 
echimni qidirishda usul va vositalarni shaxsan o’zi izlashi, aqliy zo’r berib 
intilishi, ularga taaalluqli qo’shimcha belgi va alomatlarni kiritishdan iborat 
bosqichlarning namoyon bo’lishini nazarda tutamiz. Aqlning pishiqligi 
vazifalarni tez echishda, echish paytida yangi usul va vositalarni o’z o’rnida 
aniq qo’llashda, trafaretga aylangan eski yo’l hamda usullardan forig’ 
bo’lishda va boshqa jarayonlarda ifodalanadi. 


188 
O’zining o’zgalarning mulohazalarini, bu mulohazalarning chin yoki 
chin emasligini tekshira bilishda va namoyon bo’lgan mulohazalarga, 
muhokamalarga, muammoli vaziyatga baho bera bilishda aqlning tanqidiyligi 
muhim rol o’ynaydi. Tafakkurning tanqidiyligi ob’ektiv va sub’ektiv 
ravishda ifodalanishi mumkin. Mazkur sifat insonni baholash, o’z-o’zini 
baholash kabi tafakkurning individual xususiyatlari bilan bog’liq ravishda 
namoyon bo’ladi. Agar tanqidiylik oqilona, muhim belgilarga, muammo 
mohiyatining to’g’ri ochilishiga, ba’zan etalonga asoslanib amalga oshsa, 
unday tanqidiylik ob’ektiv tanqidiylik deb ataladi. Mabodo tafakkurning 
tanqidiyligi sub’ektiv xatolarga, umuman sub’ektivizmga og’ib ketsa, bunday 
holda sub’ektiv tanqidiylik deyiladi. Sub’ektiv tanqidiylik salbiy oqibatlarga 
olib keladi, shuningdek insonlar o’rtasida anglashilmovchilik g’ovini vujudga 
keltiradi, ikki shaxs o’rtasida kutilmaganda ziddiyat paydo bo’ladi. Insonda 
tafakkurning tanqidiyligi oqilona ratsional tarzda vujudga kelsa, unda shaxs 
muhim sifat bilan boyiydi deb atash mumkin. 
Maqsad, muammo va vazifalar o’zga shaxslar tomonidan qo’yilib, 
tayyor usul va vositalarga tayangan holda o’zga kishilarning bevosita yordami 
bilan amalga oshirilishi jarayonida bir oz ishtirok etgan tafakkur nomustaqil 
deb ataladi. Nomustaqil tafakkurli kishilar tayyor mahsulotlar quliga 
aylanadilar, o’sishdan orqada qolish xavfi tug’iladi. Natijada aql-zakovatli 
inson bo’lish o’rniga, kaltabin, aqldan erinchoq, behafsala odam bo’lib 
voyaga etadi. Demak, tafakkurning nomustaqillik illati rivojlanishiga to’siq 
bo’lib, yakka shaxs uchun esa tragediya rolini bajarishi ehtimoldan xoli emas.
Fikrning mustaqilligi uning mahsuldorligi bilan uzviy bog’langan. 
Agar inson tomonidan muayyan vaqt ichida ma’lum soha uchun qimmatli va 
yangi fikrlar, g’oyalar, tavsifnomalar yaratilgan hamda nazariy va amaliy 
vazifalar hal qilingan bo’lsa, bunday kishining tafakkuri sermahsul tafakkur 
deb ataladi. Demak, vaqt oralig’ida bajarilgan ish ko’lami va sifatiga oqilona 
baho berish tafakkur mahsuldorligini o’lchash mezoni sifatida xizmat qiladi.

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling