Abdulla qodiriy nomidagi jizzax
Download 4.09 Mb. Pdf ko'rish
|
2020 УМУМИЙ МАЖМУА
3.Ўзбекистонда психология
фанининг ривожланиш тарихи. ground incorporating the viewer’s purpose and previous experiences. Gestal- ists also rejected the mechanistic approach to behaviour as advocated by the behaviourist through a simple stimulus-response connection. Bu maktabning eng mashxur namoyandalari: Vertgeymer (1890-1943), Koffka(1886-1941),Volfang Keler(1887-1967) va Kurt Levin (1990-1947). Geshtalt so’zi nemischa ot bolib. Geshtaltni inglischa tarjimasi “Konfugu- ratsiya” yoki oddiy kilib “uyishik butun”. Shuning uchun geshtalt- psixologiyasi atomistik va molekulyar yondashuvlarga karshi tura oladi. Bu bilan birgalikda inson murakkab bulaklarning kolleksiyasi yoki element kilib emas buyumni butun kabul kiladi. Geshtalt-psixolog , sezgilar yoki idrok ma’nosi har doim umumiy vaziyat bilan bog’lik. Narsa jinsdagi alokadek kabul kilinadi. U o’z ichiga narsa, tamoshabin va murakkab fonni ichiga oladi. Geshtalistlar bundan tashkari mexanik yondashuv yurishini rad qilishdi, oddiy stimul – reaksiya orqali qoriqlanuvchi tarzda. Ular shuni tastiklashtiki stimul bilan reaksiya o’rtasida o’zini rodidagitashkilotlar mavjud va ular yangi geshtalt shakillanishiga yordam beradi.Gestalistlarning ta’kidlashlaricha behosdan fikrda(ongda,tafakkurda) yangidan barpo bo’lgan narsalarning tuzilishlari eskilariga nisbatan yanada mukkamalroq va zarurroq holatda o’zicha kelishlari mumkinmi,natijada ular bir biridan umuman farq qilishlari ham mumkin.Natijada inson tafakkuri oddiy rag’batlantirilishining natijasigi- na emas,balki uning rivojlangan intelek onggining , tafakkurining xulosasiga aylanadi. Individ-sharoitni yaxshilab o’rganib vaziyatga turlicha berilgan fikrlar bi- lan tanishib, haqiqatga yaqinroq bo’lgan yo’lni “qarorni” tanlaydi va uni amalga oshirish maqsadida kutilmagan,qat’iy qarorlarni qabul qiladi. Gestalt-psixologiya RZM(sayt)- insonning xususiyatlarini rivojlanishini uch turga ajratadi: a)sharoitni bor holatda qabul qilish; b)sharoitni ko’rib ,o’rganib ,uni kelib chiqish sabalarini aniqlash; v)tezlik bilan qaror qabul qilish va shu asosida faoliyat olib borish. Shunday qilib, Gestalt-psixologiya qat’iy ravishda sharoitni struktural- ash(kesimlarga ajratish), funksiyalash (vazifalash) va qilinishdan iborat bo’lgan ilmiy psixologiyaga qarshi chiqdi.Jumladan, u bu tizimning tuzilish- iga “g’isht va quyma”, o’zaro bog’lanishiga ularni kesimlarga “g’isht” ajralishiga qarshi chiqdi va ular to’g’risidagi tushunchalarni achinarli hol deb hisoblagan. 10 Psixologiyaning fan sifatida yurtimizda rivojlanish tarixiga 10 S.K.Mangal: “General Psychology” 2013y. 19p 30 e’tibor beradigan bo‘lsak shuni ta’kidlash lozimki, u oxirgi o‘n yilliklar mobaynida shakllanmoqda, xolos. Lekin tarixan, umuman psixologiyaning O‘zbekiston hududida shakllanishini tahlil qilinsa, uning diniy-falsafiy olimlar va qarashlar tizimida o‘ziga xos tarzda shakllanib kyolganini ko‘rish mumkin. Masalan, eramizning II-III asrlarida rivoj topgan manixizm (asoschisi Mani) yoki mazdakizm (asoschisi Mazdak) va boshqalar o‘z diniy qarashlari tizimida ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy adolat va shaxsning o‘ziga xosligi kabi g‘oyalarni keng tashviqot qilganlar. Lekin tarix bizga shundan darak beradiki, yaxlit, sistematik ijtimoiy psixologik qarashlar sistemasi umuman bo‘lmagan. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan psixologik tadqiqotlar asosan oila va oilaviy munosabatlarga bag‘ishlangan. CHunonchi, birinchi ijtimoiy psixologik tadqiqot ham 70- yillarning oxiri 80- yillarning boshida I. YOqubov tomonidan o‘tkazilgan bo‘lib, u oilaviy munosabatlarning barqarorligi va er- xotin ijtimoiy rollarining muvofiqligini ta’minlovchi sotsial-psixologik omillarni o‘rgandi. Tadqiqot natijasida, shu narsa aniqlandiki, oila a’zolarining rollar borasidagi muvofiq o‘zaro munosabatlari oilaviy xamjihatlikning muhim shartidir. Oilaviy majorolar esa, asosan hozirgi zamon o‘zbek ayolining ijtimoiy mehnat bilan bandligi hamda oilaviy munosabatlarda eskilik sarqitlarining saqlanib qolganligidadir. G‘.B.SHoumarov va E.A. Morshinalarning (1986) tadqiqotlarida esa oilada bolalar tarbiyasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy-psixologik omillar o‘rganildi, chunonchi, unda o‘ziga xos milliy va an’anaviy o‘zaro munosaoat xususiyatlarining o‘rni belgilandi. Oilaviy munosabatlar psixologiyasi xususida o‘tkazilgan muhim tadqiqotlardan biri N. Sog‘inovning o‘zbek oilasiga xos bo‘lgan nikoh va oila munosabatlari - nikohdan qoniqish, nikoh motivlari, oila qurishning o‘zbeklarga xos bo‘lgan yosh xususiyatlari, yosh o‘zbek oilalaridagi psixologik mojarolar va ajralishlarning sabablarini sistematik tarzda o‘rgangan ilmiy ishidir. Bu tadqiqotda ilgari hech o‘rganilmagan ilmiy ma’lumotlar to‘plandiki, ularga ko‘ra, o‘zbek oilasining qurilishiga sabab bo‘ladigan asosiy motiv—bu “Farzandli bulish”, (birinchi o‘rinda), ikkinchi o‘rinda “Jamoatchilikning gap-so‘ziga qolmaslik”, uchinchi o‘rinda “Ota-ona va qavmi-qarindoshlarning istaklarini bajo etish” va hokazolar aniqlandi. N.Sog‘inovning to‘plagan ma’lumotlari yosh oilalar, mojaroli oilalar va yoshlar tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lganlar uchun muhim ilmiy yo‘l-yo‘riqdir. Bundan tashqari, oxirgi yillarda katta guruhlar psixologiyasiga oid qator tadqiqotlar o‘tkazildi. Masalan, V.M.Karimovaning o‘zbek xotin-kizlari ijtimoiy tasavvurlarining o‘zgarishi mexanizmini o‘rganishga bag‘ishlangan 31 tadqiqoti (1987), E. Usmonovning o‘zbek ayollarining suitsidal (ya’ni o‘z- o‘ziga o‘t qo‘yish) xulq-atvorining ijtimoiy-psixologik sabablarini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqoti (1993), E. No‘‘monovaning o‘zbek oilalaridagi reproduktiv ustanovkalarning xususiyatlariga bag‘ishlangan, M.Zokirovaning erkak va ayollardagi rollar hakidagi tasavvurlarning o‘ziga xosligini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqoti, M.Toshpo‘latovning o‘zbek yoshlaridagi ijtimoiy xulq-atvorning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi o‘ziga xos qirralarini o‘rganishga qaratilgan ishlari va boshqalar shular jumlasidandir. Bu tadqiqotlar natijasida yaqin kelajakda yangi etnopsixologik konsepsiya shakllanadi va bu respublikamizdagi ilmiy ishlarning rivojiga o‘z hissasini qo‘shadi. Psixologiya fanini rivojlantirishda judayam katta rol o‘ynagan psixologlar quyidagilar: B.Ananev, P.P.Blonskiy, S.L.Rubinshteyn, LS.Vigotskiy, R.S.Nemov va boshqalar, shuningdek keyinchalik o‘zbekistonda ham yirik olimlar etishib chiqdi. Ular jumlasiga M.G.Davletshin, E.G‘.G‘oziev, M.Vohidov, V.A.Tokareva. R.Z.Gaynutdinov, V.M.Karimova, G‘.B.SHoumarov, R.I.Sunnatova, Z.T.Nishonova va boshqalarni kiritish mumkin. YUqorida nomlari tilga olingan olimlar o‘zlarining g‘oyalari va milliy mafkuralar bilan yoshlarda tafakkur sifatlaridan «mustaqillik», «tanqidiylik» kabilarni shakllantirishga e’tibor bermoqdalar. Download 4.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling