Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


SHaxsning psixoanalitik nazariyasi


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

SHaxsning psixoanalitik nazariyasi (Z. Freyd, A. Adler, K. YUng, E. 
Fromm, K. Xorni). Bu nazariyaga ko‘ra, shaxs uch qism: Id, Ego va 
Superegodan iborat insonning ichki, psixologik hosilasidir. Id – bu 
anglanmaganlik, bunga biologik ichki sezgilar va insonning hayvonlar bilan 
umumiy bo‘lgan organik ehtiyojlari kiradi. Z. Freyd jinsiy ehtiyojlar va 
tahdidlilikni, A. Adler – hokimiyatga intilishni, K. Xorni – turli-tuman 
komplekslarni, E. Fromm – odamning ozodlikka yoki uni cheklashga 
intilishini ajratib ko‘rsatadilar. Bu – shaxsning o‘zini anglashi. Superegoga 
inson qadriyatlari, uning hayotiy maqsadlari, ideallari kiradi. SHaxsning bu 
uch tarkibiy qismlari, odatda, uyg‘unlik holatida bo‘lmaydi, ular o‘rtasida 
nevrozlarga, inson ruhiyati va hulq-atvoridagi nuqsonlarga sabab bo‘luvchi 
nizolar yuzaga keladi. 
K. YUng Freydning undan ajralib chiqqan birinchi o‘quvchilaridan biri 
bo‘lib hisoblanadi. Ular o‘rtasidagi turli fikrlilikning paydo bo‘lishiga Z. 
Freydning panseksualizm g‘oyasi sabab bo‘ldi. 
YUng 
bo‘yicha, inson psixikasi uch daraja: ong, shaxsiy 
anglanmaganlik va jamoaviy anglanmaganlikdan iborat. Inson shaxsi 
tuzilishida qadimgi o‘tgan insoniyatdan qolgan xotiralardan hosil bo‘lgan 
jamoaviy anglanmaganlik asosiy o‘rinni egallaydi. Jamoaviy anglanmaganlik 
umumiylik xususiyatiga ega. U ham o‘z navbatida turli darajalardan iborat. 
Bu milliy, irqiy va umuminsoniy meros bilan belgilanadi. Eng chuqur daraja 
odamgacha bo‘lgan davrdan, ya’ni, odamning avlodi bo‘lgan hayvonlarning 
tajribasidan boshlanadi. SHunday qilib, YUng ta’rifiga ko‘ra, jamoaviy 
anglanmaganlik – bu qadimgi ajdodlarimizning ongi bo‘lib, ular o‘ylagan va 


286 
his etgan, hayot va dunyo, xudolar va inson mavjudotlarini o‘rganish 
vositalaridan iborat. 
Jamoaviy anglanmaganlik ba’zi odamlarda faqat tushlarida emas, balki,
real ijodkorlikda arxetiplar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Masalan, ona 
arxetipi – bu hissiyot va obraz mazmuniga ega bo‘lgan o‘z onasidan kelib 
chiqqan umumiy ona g‘oyasi. Bola bu arxetipni tayyor ko‘rinishda irsiyat 
orqali oladi va shu asosda o‘z onasining aniq obrazini yaratadi. 
YUng fikriga ko‘ra, jamoaviy anglanmaganlikdan tashqari shaxsiy 
anglanmaganlik ham mavjuddir, lekin u ongdan ajralmagan holatdadir. 
SHaxsiy anglanmaganlik qachondir anglangan bo‘lib, keyinchalik yoddan 
chiqarilgan yoki ongdan siqib chiqarilgan kechinmalardan iborat. SHaxsiy 
anglanmaganlikning tuzilish birligini mulohazalar va xotiralar, tuyg‘ular 
qorishmasi, yig‘indisi tashkil etadi. 
SHuningdek, YUng «Men» tushunchasini kiritdi. Bu tushuncha orqasiga 
insonning yaxlitlikka va bir butunlikka intilishi yashiringan. Bu orqali onglilik 
va anglanmaganlik o‘rtasidagi mutanosiblikka erishiladi. «Men» turlicha 
ifodalanishi mumkin. Uning ifodalanishiga bog‘liq ravishda odamlarni 
ma’lum tiplarga ajratish mumkin. YUng insonning o‘ziga yoki ob’ektga 
yo‘nalganligi asosida shaxs tiplarining tasniflanishini keltiradi. Bunga 
muvofiq ravishda u barcha odamlarni ekstravertlar va introvertlarga bo‘ladi. 
Freydning yana bir ustozidan uzoqlashgan mashhur o‘quvchilaridan biri, 
individual psixologiyaning asoschisi – Alfred Adler hisoblanadi. U
Freydning biologiyalashtirish nazariyasini keskin qoraladi. Adler, insonda 
asosiysi – uning tabiiy ichki sezgilari emas, balki, o‘zi «umumiylik tuyg‘usi» 
deb nomlagan ijtimoiy tuyg‘ulari ekanligini ta’kidladi. Bu tuyg‘u tug‘ma 
bo‘lsada, ijtimoiy jihatdan rivojlantirilgan bo‘lishi zarur. 
Bundan tashqari, Adler Freydning shaxsni uch bo‘lakka bo‘linishi 
haqidagi fikriga qarshi chiqdi. Uning fikricha, shaxs tuzilishi bir butun bo‘lib, 
shaxs taraqqiyotidagi bo‘linadigan qism bo‘lib, insonning ustunlikka intilishi 
hisoblanadi. Lekin bu intilish har doim ham amalga oshavermaydi. Masalan, 
inson tanasidagi organlarning nuqsonlari tufayli o‘zining mukammal emasligi 
tuyg‘usini boshidan kechiradi, shuningdek, bu tuyg‘u bolalikdagi noqulay 
ijtimoiy sharoitlar tufayli paydo bo‘lishi mumkin. Inson mukammal emaslik 
tuyg‘usini engish uchun turli ko‘rinishdagi to‘ldiruvchilarni izlay boshlaydi. 
Masalan, Adler yuqori to‘ldiruvchini ishlab chiqish imkoniyati haqida fikr 
yuritadi. Bu o‘zining mukammal emasligiga qarshi reaksiyaning o‘ziga xos 
ko‘rinishidir. YUqori to‘ldiruvchanlikni ishlab chiqish malakasi, jismonan 
zaif va irodasiz odamlarning matonat bilan faoliyat yuritishlariga sabab 
bo‘ladi. Bundan tashqari, yuqori to‘ldiruvchanlikda Adler ijodkorlik 


287 
mexanizmi, faollikni ko‘radi. Misol tariqasida, u Napaleon shaxsiga izoh 
berishni yoqtirardi, va Napaleonning sarkarda sifatidagi alohida layoqatlarini, 
xususan, undagi kichik bo‘y o‘lchami tufayli yuzaga kelgan mukammal 
emaslik tuyg‘usi bilan tushuntirib berar edi. SHunday qilib, ko‘rganimizdek, 
mukammal emaslik tuyg‘usi o‘z tabiatiga ko‘ra tug‘ma bo‘lgani uchun, Adler 
Freydning nazariy qarashlarini ijtimoiylashtirishga harakat qilib ko‘rgan 
bo‘lsada, biologiyalashtirishdan to‘liq voz kecha olmadi. 
Z. Freydning izdoshlaridan biri Karen Xornining fikriga ko‘ra, inson 
mohiyatining asosini, bolada tug‘ma bo‘lgan, xavotirlanish tuyg‘usida ko‘rish 
mumkin ekan. Bu tuyg‘u, Xorni fikricha, inson muntazam ravishda boshidan 
kechiradigan dunyodagi qarama-qarshiliklar tuyg‘usi, va uni bartaraf etish 
istagi inson harakatlari motivatsiyasining asosi bo‘lgan xavotirlanishni yuzaga 
keltirishidan hosil bo‘ladi. 
Xornining ta’kidlashi bo‘yicha, inson ikki tendensiya: xavfsizlikka 
intilish va o‘z xohishlarini qondirishga intilish orqali boshqariladi. Bu ikkala 
intilish ko‘p hollarda bir-birini inkor etadi, shunda inson hulq-atvorning 
ma’lum usullarini ishlab chiqqan holda, o‘zi so‘ndirishga harakat qiladigan 
asabiylashish holati yuzaga keladi. Xorni hulq-atvorni to‘rt turga ajratdi: 
birinchi turida «muhabbatga asabiy holatda intilish» hayotda xavfsizlikni 
ta’minlash vositasi sifatida ifodalanadi; ikkinchisi qandaydir ob’ektiv sabablar 
bilan emas, balki, odamlarga nisbatan qo‘rqinch va dushmanlik bilan 
tushuntiriladigan «hokimiyatga asabiy holatda intilish» da ifodalanadi; 
uchinchi turida hulq-atvor odamlardan yakkalanishga intilishda ifodalanadi; 
to‘rtinchi turi o‘zning yordamga muhtojligini («asabiy tobelik») tan olishda 
ifodalanadi. 
Xorni yo‘nalishlar sonini ko‘paytirishga harakat qildi, lekin, umumiy 
hisobda uch turida to‘xtaldi: a) odamlarga intilish; b) odamlardan 
uzoqlashishga intilish, mustaqillikka intilish; v) odamlarga qarshi harakat 
qilishga (tahdid) intilish. Munosabatlarning bunday uch xil turiga mos 
ravishda Xorni shaxs asab tizimining uch turini ajratadi: barqaror, bartaraf 
etilgan va tahdid soluvchi. Hulq-atvorning bunday turlari sog‘lom insonlarga 
xosdir. Sog‘lom va nevrozga chalingan odamlar o‘rtasidagi farq shundan 
iboratki, nizoli tendensiyalari o‘rtasidagi qarama-qarshilik sog‘lom odamda 
kasallikka chalingan odamga nisbatan ancha kam darajada bo‘ladi. 
SHunday qilib, Xorni Freyd ta’limotining biologiyalashtirish mohiyatini
keskin tanqid ostiga olgan bo‘lsada, o‘zining asosiy holatidagi «dastlabki 
xavotirlik» va «negizli xavotirlanish» haqidagi fikrlari bilan Freydni 
takrorlaydi. 


288 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling