Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


 Шахс тузилишида биологик ва


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

 
3. Шахс тузилишида биологик ва 
ижтимоий нисбатлар муаммоси 
1. Rasm. SHaxsning psixologik tuzilishi. 
Inson shaxsidagi biologik va 
ijtimoiy 
nisbatlar 
muammosi 
– 
hozirgi 
zamon 
psixologiyasining 
markaziy 
muammolaridan 
biri. 
Psixologiya fanining bunyodga kelishi va taraqqiyoti jarayonida «psixik», 
«ijtimoiy» va «biologik» tushunchalar o‘rtasidagi mavjud bo‘lishi mumkin 
bo‘lgan aloqalar ko‘rib chiqildi. Psixik taraqqiyot to‘laligicha ham biologik va 
ijtimoiydan mustaqil bo‘lgan muayyan jarayon sifatida, ham faqat biologik 
yoki faqat ijtimoiy rivojlanishning hosilasi sifatida, yoki ularning intividga 
ko‘rsatadigan parallel ta’sirining natijasi sifatida tushuntirilgan edi. SHunday 
qilib, ijtimoiy, psixik va biologik nisbatlarni turli xilda izohlovchi 
konsepsiyalarning bir nechtasini ajratish mumkin. 
Psixik taraqqiyotning ichki ta’sir natijasida vujudga kelganligini isbot 
qiluvchi konsepsiyalar guruhida psixik nisbat biologik va ijtimoiy nisbatlar 
bilan bog‘liq bo‘lmagan, o‘zining ichki qonunlariga to‘laligicha 
bo‘ysunadigan hodisa sifatida o‘rganiladi. Bunda ushbu konsepsiyalar nuqtai 
nazaridan inson organizmiga psixik faoliyatning qandaydir «sig‘imi» sifatida 
o‘rin ajratiladi. Bunday fikrlarni bizlar ko‘proq psixik hodisalarning diniy 
kelib chiqishini e’tirof etuvchi mualliflar ishlarida uchratamiz. 
Biologik konsepsiyalarda psixik nisbat organizm taraqqiyotidan keyin 
sodir bo‘ladigan hodisaning chiziqli funksiyasi sifatida o‘rganiladi. Bu 
konsepsiyalarga asosan, inson xossalari va holatlari, psixik jarayonlarning 
barcha xususiyatlari biologik tuzilishning xususiyatlari bilan belgilanadi, 
ularning taraqqiyoti esa biologik qonunlarga bo‘ysunadi. Ko‘p hollarda bu 
konsepsiyalarda psixik taraqqiyotni tushuntirib berishda asosiy biogenetik 
qonun – rekapitulyasiya qonuni qo‘llaniladi, bu qonunga ko‘ra, individ 
taraqqiyoti o‘zi tegishli bo‘lgan tur evolyusiyasining asosiy ko‘rinishlarida 
amalga oshiriladi. Ushbu e’tirofning ifodalanishi ruhiyatning tabiatda 


280 
mustaqil hodisa sifatida mavjud bo‘lmasligi, barcha ruhiy hodisalarni biologik 
(fiziologik) tushunchalar yordamida ta’riflash yoki tushuntirish mumkinligi 
haqidagi fikr hisoblanadi. Bunday nuqtai nazarning fiziologlar o‘rtasida juda 
keng tarqalganligini alohida ta’kidlab o‘tish zarur. Masalan, I.P. Pavlov ushbu 
nuqtai nazarning tarafdori edi. 
Bir qator ijtimoiy konsepsiyalar mavjud bo‘lib, ular ham rekapitulyasiya 
g‘oyasidan kelib chiqadi, lekin bunda u o‘zgacha tarzda namoyon bo‘ladi. 
Ushbu konsepsiyalarda individning konspektiv shaklda psixik rivojlanishi 
jamiyat tarixiy rivojlanishi, avvalambor, ma’naviy hayot, madaniyatning 
taraqqiyoti jarayonining asosiy bosqichlarini amalga oshirishi o‘z tasdig‘ini 
topgan. 
SHunga o‘xshash konsepsiyalarning mohiyatini V. SHtern yanada 
yorqin tarzda ifodalagan. U taklif etgan ta’limotda rekapitulyasiya tamoyili 
ham hayvonlar psixikasi evolyusiyasini, ham jamiyat ma’naviyatining 
taraqqiyoti tarixini qamrab oladi. Uning yozishicha: «Inson individi go‘daklik 
davrining birinchi oylarida tuban hissiyotlarning ustunligi holatidagi 
anglanmagan refleksli va impulsli mavjudligi bilan sut emizuvchi bosqichini 
egallaydi; ikkinchi yarim yillikda tutish va har tomonlama taqlid qilish 
faoliyatini rivojlantirib, yuqori sut emizuvchi – maymun darajasiga etadi, va 
ikki yoshda gavdani tik tutib yurish va nutqni egallagandan so‘ng oddiy 
insoniy holatga erishadi. O‘yin va ertaklarning birinchi besh yilligida u 
ibtidoiy halqlar bosqichida turadi. So‘ngra maktabga o‘qishga kirish, ijtimoiy 
bir butunlikka ma’lum majburiyatlar bilan shiddatli tarzda kirib boradi, - bu 
insonning davlat va iqtisodiy tashkilotlarga ega bo‘lgan madaniyatga a’zo 
bo‘lishining ontogenetik taqqoslanishidir. Maktab davrining birinchi yillarida 
ko‘hna va qadimgi olamning oddiy mazmuni bola ruhiga o‘ta mutanosibdir
o‘rta maktab yillarida diniy madaniyatga berilish qirralari kuzatiladi, faqat 
etuklik davrida YAngi davr madaniyati holatiga mos keluvchi ma’naviy
darajalarga erishiladi»
46

Lekin, fikrimizcha, bunday o‘xshashliklar keltirilganida, har bir 
jamiyatda tarixiy rivojlanib, har bir ijtimoiy-tarixiy tuzilmada o‘ziga xos 
bo‘lgan ta’lim va tarbiya tizimini hisobga olish zarur. Bunda odamlarning har 
bir avlodi jamiyatning ma’lum bir rivojlanish bosqichiga to‘g‘ri kelib, o‘sha 
bosqichda tarkib topgan ijtimoiy munosabatlarga kirishadi. SHuning uchun 
insonga o‘z taraqqiyotida bosib o‘tilgan tarixiy bosqichlarni qisqartirilgan 
ko‘rinishda takrorlab o‘tirish shart emas. 
Odamning ma’lum biologik tur vakili sifatida dunyoga kelishini hech 
kim tomonidan inkor etilmaydi. SHu bilan birga, inson ma’lum ijtimoiy 
46
Штерн В. Основы генетики человека. М., 1965. Б.113. 


281 
muhitda tug‘ilgani uchun faqat biologik ob’ekt sifatida emas, balki, ma’lum 
jamiyat vakili sifatida ham rivojlanadi. Bu kabi ikki qarash doimiy ravishda 
o‘zaro ta’sirda bo‘lganliklaridan psixologiya uchun o‘zaro aloqalarining 
xususiyatini aniqlash muhimdir. 
Odamning psixik taraqqiyoti qonuniyatlari ustida olib borilgan ko‘p 
sonli tadqiqotlar individ psixik taraqqiyotining boshlang‘ich sharti uning 
biologik rivojlanishi, deb hisoblash imkonini beradi. Individ ruhiy 
taraqqiyotining asosi bo‘lgan ma’lum biologik xossalar va fiziologik 
mexanizmlar to‘plami bilan dunyoga keladi. Lekin bu shartlar odam insonlar 
jamiyati sharoitida mavjud bo‘lgandagina amalga oshishi mumkin. 
Inson ruhiy taraqqiyotidagi biologik va ijtimoiy nisbatning o‘zaro 
faoliyati va o‘zaro ta’siri muammosini ko‘rib chiqib, odam tuzilishining uch 
darajasini ajratish mumkin, bular: biologik daraja, ijtimoiy daraja va ruhiy 
darajalardir. SHunday qilib, shuni ko‘zda tutish lozimki, gap uchlikdagi: 
«biologik – ruhiy – ijtimoiy» o‘zaro ta’sirlashuv haqida ketadi. Boshqacha 
aytganda, shaxs tuzilishidagi biologik – ruhiy – ijtimoiylik uzluksiz birlikni 
tashkil etadi. 
Mashhur rossiyalik ruhshunos B.F. Lomov, shaxs shakllanishi 
muammosini tadqiq qilib, shaxsdagi biologik va ijtimoiy nisbatning barcha 
murakkabligi va turli mohiyatliligini ochib berishga harakat qildi. Uning bu 
muammoga qarashlari quyidagi asosiy fikrlarga borib taqaladi. Birinchidan, 
individ taraqqiyotini tadqiqi etib, alohida ruhiy vazifalar va holatlar tahlili 
bilan chegaralanib bo‘lmaydi. Barcha ruhiy vazifalar shaxs shakllanishi va 
taraqqiyoti ma’nosida ko‘rib chiqilishi lozim. SHu munosabat bilan biologik 
va ijtimoiy nisbat muammosi organizm va shaxs nisbati muammomi sifatida 
namoyon bo‘ladi. Ikkinchidan, shuni nazarda tutish lozimki, bu 
tushunchalardan biri biologik fanlar doirasida, ikkinchisi esa ijtimoiy fanlar 
doirasida shakllangan. Lekin ikkovi ham odamga ham Homo sapiens turining 
vakili sifatida, ham jamiyat a’zosi sifatida munosabatda bo‘ladi. SHu bilan 
birga, bu tushunchalarning har birida inson xususiyatlarining turli tizimlari: 
organizm tushunchasida – inson individi tuzilishi biologik tizim sifatida, 
shaxs tushunchasida esa – insonning jamiyat hayotida qatnashishi aks etgan. 
Uchinchidan, psixologiya shaxs shakllanishi va taraqqiyotini tadqiq etib,
shaxs – individning ijtimoiy sifati ekanligidan kelib chiqadi, bunda odam 
inson jamiyatining a’zosi sifatida namoyon bo‘ladi. Individning bu sifati 
jamiyatdan tashqarida mavjud bo‘lolmasligidan, «individ – jamiyat» 
munosabatlari tahlilidan tashqarida tushunish etish mumkin emas. Individ 
shaxsiy xususiyatlarining ob’ektiv asosi bo‘lib, uning o‘zi yashab, rivojlanib 
kelayotgan ijtimoiy munosabatlar tizimi xizmat qiladi. Va, nihoyat, 


282 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling