Ikkinchi nuqtai nazar – shaxslararo aloqalar muhiti shaxsni aniqlash va
mavjudlik sohasi bo‘lib xizmat qilganida shaxsni tushunish vositasi sifatidagi
interindivid shaxsiy atributsiya.
Ko‘rib chiqishning uchinchi nuqtai nazari – metaindivid shaxsiy
atributsiya. Ushbu holatda individning o‘z faoliyati orqali boshqalarga
ko‘rsatadigan ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz ta’siri ko‘zda tutiladi. SHaxsga
yangicha nazar bilan qaraladi: uning individ sifatlari qatoridagi muhim
xususiyatlarini faqat o‘zida emas, balki boshqa odamlardan ham izlash taklif
etiladi. Bunda shaxs boshqalarda ideal tarzda tasavvur etilishi, ularning o‘zga
turmush tarzi, uning shaxs sifatida alohidalanishida yuzaga keladi.
Bunday ideal tasavvur etishning mohiyati – sub’ekt faoliyati yoki uning
hamkorlikdagi faoliyatini yuzaga chiqaradigan boshqa odamning aqliy va
affektiv-ehtiyojiy sohasidagi real faol o‘zgarishlardan iborat. Bunday holatda
gap shaxsning boshqalarda o‘z hayotini davom ettirishi mumkin bo‘lgan faol
jarayon haqida, boshqalarda o‘zining davomiyligini ko‘ra bilishi haqida
ketadi. Individ o‘limidan so‘ng shaxs butunlay yo‘qolib ketmasdan o‘zgalar
hayoti bilan davomiyligini saqlab qoladi. A.S.Pushkin so‘zlarini esga olsak:
«Yo‘q, butunlay o‘lmayman … dunyoda bitta bo‘lsa ham shoir qolmaguni-
cha».
SHaxsning psixologik tuzilishini quyidagi ko‘rinishda tasavvur etish
mumkin (1 rasm).
Шаклланиш омиллари
Табиий
муҳит
Ижтимо
ий
муҳит
Фаолият
Шахс
Индивидуал-психологик
тараф
Дунёқараш тарафи
Ижтимоий-психологик тараф
Аҳлоқий қиёфа
Ижтимоий роллар
Бошқа одамларга
нисбатан муносабат
Психик хоссалар
Психик жараёнлар
279
Do'stlaringiz bilan baham: |