Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


anglangan yoki umuman anglanmagan


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

anglangan yoki umuman anglanmagan bo‘lishi mumkin. SHaxs 
yo‘nalganligida asosiy o‘rinni anglangan motivlar egallaydi. 
SHaxs yo‘nalganligi doimo ijtimoiy belgilangan bo‘ladi va tarbiya 
jarayonida shakllanadi. Yo‘nalganlik – bu shaxsning xususiyatlariga aylangan 
va havas, istak, intilish, qiziqish, moyillik, ideal, dunyoqarash, e’tiqod kabi 


274 
shakllarda namoyon bo‘ladigan mayllar. Bu shakllarning asosida faoliyat 
motivlari yotadi. 
Havas – bu sub’ektning ajratilmagan, anglanmagan yoki etarlicha 
anglanmagan ehtiyojlarini ifodalovchi ruhiy holat. Istak faoliyat motivi 
sifatida ehtiyojning etarlicha aniq anglanganligi bilan ifodalanadi. Bunda 
uning ob’ektigina emas, balki uni qondirish yo‘llari ham anglanadi. Intilish 
istak tuzilishiga irodaviy tarkibiy qism qo‘shilganida yuzaga keladi. Qiziqish 
– bu shaxsning yo‘nalganligini faoliyat maqsadlarini anglash bilan 
ta’minlovchi bilish ehtiyoji ifodalanishining maxsus shakli. Sub’ektiv tarzda 
qiziqish ob’ektni chuqurroq o‘rganish, u haqda ko‘proq ma’lumotga ega 
bo‘lish, uni tushunish istagida bilish jarayoniga ega bo‘ladigan ijobiy 
emotsional tonda namoyon bo‘ladi. Odatda, shaxs yo‘nalganligini ifodalovchi 
qiziqishning qondirilishi uning so‘nishiga sabab bo‘lmasdan, uni ichdan 
o‘zgartiradi, boyitadi va chuqurlashtiradi, bilish faoliyatining yuqori darajasi 
talablariga javob beruvchi yangi qiziqishlarni uyg‘otadi. E’tiqodlar – bu 
shaxsni o‘z qarashlari, tamoyillari, dunyoqarashiga muvofiq ravishda harakat 
qilishga undovchi motivlar tizimi. E’tiqodlar shaklidagi ehtiyojlar mazmuni – 
bu tabiat va jamiyatni o‘rab turgan olam haqidagi bilimlar, ularni muayyan 
tarzda anglash. Bu bilimlar tartibli va ichdan tashkil topgan qarashlar 
(falsafiy, etika, estetika, tabiiy-ilmiy) tizimini hosil etganida, ular insonning 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling