Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

interaksion nazariyalarga bo‘lish mumkin. Psixodinamik nazariyalarga 
shaxsning ruhiy yoki ichki xususiyatlaridan kelib chiqib, uni ta’riflovchi va
hulq-atvorini tushuntirib beruvchi nazariyalar kiradi. Ijtimoiydinamik 
nazariyalarning nuqtai nazariga ko‘ra, hulq-atvor determinatsiyasida asosiy 
o‘rinni tashqi vaziyatlar egallaydi. Interaksion nazariyalar insonning dolzarb 
faoliyatini boshqarishdagi ichki va tashqi omillarning o‘zaro harakati 
tamoyiliga asoslangan. 
SHaxs haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish usuliga ko‘ra barcha 
nazariyalarni eksperimental va noeksperimentallarga bo‘lish mumkin. 
Eksperimental shaxs nazariyalariga tajriba o‘tkazish yo‘li bilan to‘plangan 
ma’lumotlarni tahlil qilish va umumlashtirishga asoslangan nazariyalar, 
noeksperimentallarga esa – mualliflari tajribaga murojaat qilmasdan turib, 
hayotiy taassurotlarga, kuzatishlar va tajribaga tayangan holda nazariy 
bilimlarni umumlashtiradigan nazariyalar kiradi. 
Navbatdagi nazariyalarni tasniflashga asos bo‘lib xizmat qiladigan 
nuqtai nazar mualliflarning shaxsni tuzilishga ega bo‘lgan yoki dinamik 
hosila sifatida tasvirlovchi qarashdir. Tuzilishga ega bo‘lgan nazariyalar 
qatoriga tushunchalar tizimi yordamida tasvirlanuvchi shaxs tuzilishini 
aniqlash asosiy muammo bo‘lib hisoblanadigan nazariyalar kiritiladi. 
Dinamik nazariyalar deb, asosiy mavzusi shaxs taraqqiyotida qayta tuzish, 


284 
o‘zgartirish, ya’ni, uning dinamikasiga taalluqli bo‘lgan nazariyalarga ay-
tiladi. 
SHuningdek, yosh va pedagogik psixologiyada yuzaga kelgan bir qator 
shaxs nazariyalari mavjud. Bunday nazariyalar shaxs taraqqiyotining inson 
tug‘ilganidan boshlab maktabni bitirishigacha bo‘lgan, chegaralangan yosh 
davrini ko‘rib chiqishga asoslangan. Bundan tashqari, mualliflari o‘z 
oldilariga shaxs taraqqiyotini insonning butun umri davomida kuzatish 
vazifasini quygan nazariyalar ham mavjud. 
SHaxs nazariyalarini tasniflash uchun asos bo‘ladigan yana bir holat, bu 
nazariyalardagi shaxsning ichki xossalari, qirralari va sifatlari yoki uning 
tashqi ifodalanishi, masalan, hulq-atvori va harakatlariga qaratilgan 
e’tibordir. SHu asosda qirralar nazariyalarini ajratish mumkin. Nazariyalar 
ushbu guruhining holatlarga ko‘ra, barcha odamlar bir-biridan alohida, 
mustaqil qirralarning rivojlanganligining to‘plami va darajasi bilan farqlanadi, 
shaxs haqidagi ma’lumotlarni esa, test yoki shaxs qirralarini aniqlash va 
tasvirlashning boshqa usuli yordamida, masalan, ma’lum insonni kuzatgan 
turli odamlarning hayotiy kuzatishlarini umumlashtirish asosida olish 
mumkin. SHaxs qirralariga baho berishning ikkinchi usuli barcha odamlarni 
tipologik guruhlarga birlashtirishdan iborat. Bunda bir xil tipologik guruhga 
tegishli bo‘lgan odamlar yaqin psixologik xususiyatlarga ega bo‘ladilar, va 
ular o‘zlarining hulq-atvori bilan bir-birlariga juda o‘xshash bo‘ladilar. 
R.S. Nemov tomonidan ko‘rib chiqilgan shaxs nazariyalarining 
tasniflaridan tashqari, boshqa tasniflar ham mavjud. SHulardan biri B.V. 
Zeygarnik tomonidan ko‘rib chiqilgan mavjud bo‘lgan shaxs nazariyalarini 
mazmun-mohiyat va tarixiy tamoyillarda, ularning yuzaga kelishi va 
taraqqiyoti sharoitlariga bog‘liq holda o‘rganishdir. Bunda nazariyalarning 
quyidagi guruhlari ajratiladi: freydizm va neofreydizmning shaxs nazariyalari, 
shaxsning umuminsoniy nazariyalari, ekzistensial psixologiyaning shaxs 
nazariyalari, fransuz ijtimoiy maktabining shaxs nazariyalari va boshqalar. 
Qisqacha asosiy psixologik shaxs nazariyalarini ko‘rib chiqamiz
Amerikalik ruhshunos G. Ollport va ingliz ruhshunosi R. Kettel tomonidan 
ishlab chiqilgan shaxs qirralari nazariyasi shular jumlasidandir. 
SHaxs qirrasi deganda inson tomonidan hayoti davomida uning tajribasi, 
irsiyati va organizmining fiziologik xususiyatlari asosida egallanadigan 
barqaror xossa tushuniladi. SHaxs qirralariga xarakter qirralari kiradi. 
G. Ollport tan olgan shaxs qirralarini aniqlash va baholashning 
usullaridan biri chet tilini o‘rganishga, shaxsni har tomonlama ta’riflash 
mumkin bo‘lgan so‘z-tushunchani tanlab olishga asoslangan. Tanlab olingan 
so‘zlarning etarli tarzda qisqartirish yo‘li bilan bo‘lishi mumkin bo‘lgan 


285 
shaxsiy qirralarning ma’lum odamda ularni keyinchalik baholash maqsadida 
to‘la ro‘yxati tuziladi. G. Ollport shaxsiy qirralarni o‘rganish metodikasini 
tuzishga xuddi mana shu yo‘l bilan erishdi. 
SHaxs qirralarini baholashning R. Kettel tomonidan qo‘llanilgan
boshqa usulida hozirgi zamon statistikasining murakkab metodi – omil tahlili 
ishlatiladi, bu metod o‘zini tahlil qilish, so‘rov o‘tkazish, odamlarning hayotiy 
kuzatishlari natijasida olingan ko‘plab turli ko‘rsatkichlar va shaxsga baho 
berishni etarlicha kamaytirish imkonini yaratadi. Natijada statistik jihatdan 
mustaqil holatdagi inson shaxsining alohida qirralari bo‘lib hisoblanadigan 
omillar to‘plami hosil bo‘ladi. Ushbu metod yordamida R. Kettel 16 xil 
turdagi shaxs qirralarini namoyon qilishga muvaffaq bo‘ldi. Ularning har biri 
kuchli va kuchsiz rivojlanganlik darajasini anglatuvchi ikkita nomga ega 
bo‘ldi. Tajribada aniqlangan qirralar to‘plami asosida R. Kettel 16-omilli 
shaxs so‘rovnomasini tuzib chiqdi. Bu so‘rovnoma haqida to‘liqroq ma’lumot 
bilan laboratoriya mashg‘ulotlarida tanishamiz. 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling