Abdulla qodiriy nomidagi jizzax
Download 4.09 Mb. Pdf ko'rish
|
2020 УМУМИЙ МАЖМУА
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uyg‘unlashgan yaxlit tip
- Ichki nizoli
- . Moslashganligi kuchsiz nizoli tip
- Xarakterning variativ tipi
Xavotirli
tip – bunday tipdagi odamlarga muloqotga kirishuvchanlikning past bo‘lishi, jur’atsizlik, qat’iyatsizlik, tushkun kayfiyat xosdir. Ular atrofdagilar bilan nizolikka bormaydilar, bunda sust o‘rinni egallaydilar, bunday vaziyatlarda tayanch izlaydilar. Ular quyidagi ijobiy qirralarga ega: samimiylik, o‘zini tanqid qilish, ishchanlik. O‘zining himoyasizligi oqibatida, shuningdek, ko‘p hollarda boshqalarning gunohiga javobgar, masxara bo‘lib qoladilar. 8. Emotiv tip – bunday odamlar yaxshi aloqalar o‘rnatilgan saralanganlar tor doirasidagi muloqotni afzal ko‘radilar. Sust tarafni egallagan holda nizolarga bormaydilar. Hafagarchiliklarini ichlariga yutadilar. YOqimli qirralari: mehribonlik, hamdardlik, kuchli mas’uliyat hissi, ishchanlik. YOqimsiz qirralari: o‘ta ta’sirchanlik, yig‘loqilik. 9. Namoyishkor tip – aksentuatsiyaning bu tipi aloqalarni oson o‘rnatishi, liderlikka intiluvchanlik, hukmronlik va maqtovlarga chanqoqligi bilan xarakterlanadi. Ushbu tipga mansub odamlar o‘ziga o‘ta ishonganligi va 329 intilishlarining yuksakligi bilan atrofdagilarning g‘ashiga tegadi, muntazam ravishda nizolarni keltirib chiqaradilar, lekin o‘zlari faol himoyalanadilar. Ular sertakalluflik, ustalik, boshqalarni orqasidan ergashtirish, tafakkur va harakatlarning o‘ziga xosligi kabi ijobiy sifatlarga ega. Salbiy qirralari: xudbinlik, riyokorlik, maqtanchoqlik, ishyoqmaslikdir. 10. O‘ta hayajonli tip–bunday odamlarga yuqori muloqotchanlik, sergaplik, oshiqlik xosdir. Ular ko‘p bahslashadilar. Lekin nizogacha olib bormaydilar. Nizoli vaziyatlarda ham faol, ham sust holatda bo‘ladilar. SHu bilan birga, bunday tipdagi odamlar do‘stlari va yaqinlariga e’tiborli va sadoqatli bo‘ladilar. Ular altruistlikka moyil, ularga hamdardlik hissi, yaxshi did xos bo‘lib, sezgilarning yorqinligi va samimiyligini namoyon qiladilar. YOqimsiz qirralari: vahimachilik, vaqtinchalik kayfiyatga berilganlik kabilardir. 11. Ekstravert tip – bunday odamlar yuqori muloqotchanlik bilan ajralib turadilar, ularning do‘stlari, tanishlari ko‘p, ular sergap, istalgan ma’lumotni qabul qiladilar, ayrim holatlarda atrofdagilar bilan nizolarga boradilar, bunda, odatda, sust tarafda bo‘ladilar. Do‘stlar bilan muloqotda, ishda va oiladagi ko‘p holatlarda liderlikda boshqalarga yon bosadilar, bo‘ysunishni va chetda turishni afzal ko‘radilar. Boshqalarni tinglay olishga shaylik, iltimoslarni bajarish, ishchanlik kabi yoqimli qirralarga egadirlar. YOqimsiz qirralari: ta’sirlarga beriluvchanlik, engil tabiatlilik, o‘ylamasdan harakat qilish, ko‘ngilochar qiziqishlarga, gap-so‘z va mish-mishlarni tarqatishda ishtirok etishga ishtiyoqmandlik. 12. Introvert tip – ular past muloqotchanlik, odamovilik, voqelikdan uzilganlik, falsafa so‘qishga moyillik bilan xarakterlanadi. Bunday odamlarni yolg‘izlikni xush ko‘radilar; atrofdagilar bilan shaxsiy hayotlariga takallufsizlik bilan aralashish holatlaridagina nizolarga borishlari mumkin. Ular ko‘pincha odamlarga nisbatan kuchsiz bog‘langan emotsional sovuqqon odamlardir. Vazminlik, qat’iy e’tiqodlilik kabi ijobiy qirralarga egadirlar. Salbiy qirralari ham mavjud – qaysarlik, tafakkur rigidligi, o‘z g‘oyalarini qat’iy ravishda himoya qilish hisoblanadi. Keyinchalik A.E. Lichko o‘smirlar aksentuatsiyalarini ta’riflash asosida xarakterlar tasnifini taklif etdi. M.I. Enikeev shaxs muhitga moslashishining umumiy usuli asosida xarakterning quyidagi tiplarini keltiradi: 1. Uyg‘unlashgan yaxlit tip – munosabatlarning barqarorligi va, shu bilan birga, atrof-muhitga yuqori moslashganlik bilan ajralib turadi. Bunday tipdagi xarakterli odamda ichki nizolar bo‘lmaydi, uning tilaklari bajarayotgan ishi bilan mos tushadi. Bu muloqotchan, irodali, e’tiqodli odam. 330 2. Ichki nizoli, lekin tashqaridan muhit bilan uyg‘unlashgan tip – ichki intilishlar va, muhit talablariga mos ravishda katta zo‘riqish bilan amalga oshiriladigan, tashqi hulq-atvor o‘rtasidagi qarama-qarshilik bilan ajralib turadi. Bunday tipdagi xarakterli odam ixtiyorsiz harakatlarga moyil, lekin ular doimo iroda kuchi tomonidan tutib qolinadi. Munosabatlari tizimi barqaror, lekin kommunikativ xossalari etarlicha rivojlanmagan. Bu har kungi kurashdan voz kechgan oqil kuzatuvchi tipidir. 3. Moslashganligi kuchsiz nizoli tip – emotsional va ijtimoiy vazifalar, impulsivlik, salbiy xissiyotlarning ustunligi, kommunikativ xossalarning rivojlanmaganligi, o‘zini anglashning etarlicha tarkib topmaganligi o‘rtasidagi kelishmovchilik bilan ajralib turadi. Bunday tipdagi xarakterli odamlarning hayotidagi voqealar soddalashtirilgan chizma bo‘yicha sodir bo‘ladi: o‘zgaruvchan extiyojlari ularning shaxsiy fikrlari bo‘yicha qiyinchiliklarsiz darhol qondirilishi kerak. Bunday odamlar hayotiy faoliyatning asosiy mexanizmi – zavqlanish (gedonizm). Bunday tipdagi odamlar barcha og‘ir vaziyatlarni keskin kelishmovchilik sifatida idrok qiladilar va anglanmagan psixologik soxta himoya – voqealikni buzib aks ettirilishi (injiqliklar, qaysarlik, mevasiz orzular va shirin xayyollar olamiga g‘arq bo‘lish) ga murojaat qiladilar. 4. Xarakterning variativ tipi – muhitga tashqi baqaror nuqtai nazar orqali moslashadigan; shaxs rivojlanishining quyi darajasi, xulq-atvor barqaror umumiy usulining mavjud emasligi xaqida dalolat beradi. Bunday tipdagi odamlar ichki olamining soddaligi bilan farqlanadi; ularning yashash uchun kurashi to‘g‘ri chiziq bo‘yicha amalga oshiriladi, ular shubhalanish va ikkilanishlarni namoyon qilmaydilar, alohida ichki chegaralarga ega emas, ularga to‘siqlarning faqat tashqi turi ma’lum. Ichki olamni tashqi sharoitlarga moslashtirish, to‘g‘rilash, monandlash – bunday odamlar moslashishining umumiy usullari shulardan iborat. Xarakterlar tipologiyasining asosini shaxsning etakchi yo‘nalganligi ham tashkil etishi mumkin. Mashxur nemis faylasufi va psixologi Eduard SHpranger shaxsning etakchi yo‘nalganligi bo‘yicha quyidagi tiplarni keltiradi: 1. Ilmiy odam. Faqat yagona ehtiros – tushuntirishga, aloqalarni o‘rnatishga, nazariy bilimlarni ishlab chiqishga olib boruvchi ehtirosga egadir. Uning kechinmalari voqeiy hayotdan uzilgan bo‘lib, bilish imkoniyatining mavjud emasligidan tushkunlikka tushishi, nazariy kashfiyotdan zavqlanishi mumkin. Unga faqat bilish metodlarining sofligi – qanday bo‘lsada, haqiqatga erishish qadrliroqdir. 331 2. Iqtisodchi odam. Bu, albatta, ishlab chiqarish bilan bog‘liq odam bo‘lishi shart emas. Eng asosiysi, shaxs turli sohalari va turmush tarzini belgilab beruvchi bosh motiv sifatida foydalilik motivining mavjudligidir. Barcha hayotiy aloqalarda bunday odam foyda chiqishini birinchi o‘ringa qo‘yadi. U maksimal darajada foyda olish uchun xom ashyo, kuch va vaqtni tejay oladi. Bunday odamni ishbilarmon odam deb atash to‘g‘riroq bo‘lar edi. 3. Estetik didli odam. Sof estetik hulq-atvorga hirs qo‘yish xos emas. Olam bilan bevosita aloqada bo‘lish doimo og‘riqli kechadi, bu yashash uchun kurash bilan bog‘liq. Lekin boshqa olam borki, bunda og‘riq quvonch kabi shirin, azob tortish shodlanish kabi ilohiylashgandir: bu fantaziya olami. Estetik tipni ko‘rib chiqishda moddiy asar yaratuvchi san’at arboblari emas, balki o‘zini yaratuvchi, estetik tipli ichki tuzilishiga ega bo‘lgan odamlar ko‘zda tutiladi. 4. Ijtimoiy odam. Ijtimoiy deb atalgan alohida hayot shakli o‘zgalar manfaati yo‘lida o‘zidan voz kechish ehtiyoji etakchi hayotiy ehtiyojga aylanganida yuzaga keladi. O‘zining yuksak ifodasida ijtimoiy yo‘nalganlik mehr-muruvvatdan tashkil topgan. Biror odamni, unda haqiqat yoki go‘zallik, yoki oliyjanoblik qadriyati namoyon bo‘lganligi sababli sevish mumkin. Mehribonlik odamlarda yashirin holatdagi ma’lum qadriyatlar tashuvchilarni ochib beradi va ular o‘z hayoti mazmunini bu odamlarga sadoqatli bo‘lishda topadi. 5. Siyosiy odam. Inson uchun qudratga ega bo‘lish asosiy ahamiyat kasb etgan alohida holat. Bunday odamning olamni his etishi umumiyligi bilan ajralib turadi, umumiylik o‘z mavqeini belgilash, muvaffaqiyatga erishish, hayotiy quvvat, turmushdagi harakatda namoyon bo‘ladi. Bunday odamlar yuqori ijtimoiy darajaga intiladilar va faqat o‘sha darajadagina dohiy sifatida, shon-shuhrat pog‘onasida o‘zlarida mamnunlik his qiladilar. 6. Diniy e’tiqodli odam. Bu ma’naviy hayot yo‘li diniy qonunlar asosida hayotning yuksak mazmuniga erishishga qaratilgan odam. Diniy e’tiqodli odamlar hulq-atvorida altruizm yo‘nalishi dominantlik qiladi. Hayotlarining oliy mazmunini odamlarga oliyjanoblik bilan beminnat xizmat ko‘rsatish – zarar ko‘rganlar, yaralanganlar, shikastlanganlar, muhtojlar, tahqirlanganlar va yolg‘izlarga yordam ko‘rsatishda deb biladilar. Diniy aqidaparastlar dindor odamlar ong osti sohasiga inson psixikasining murakkab ichki tuyg‘usi – ishonch mexanizmi bilan qamrab olgan holda mustahkam singdirib boradilar. Dindor odam hulq-atvori o‘zgarib boradi – psixikasida insonga nisbatan yaxshilik, mehribonlik g‘oyalari dominantlik qila boshlaydi. 332 Xarakter tiplarining boshqa tasniflari ham mavjud. Xuddi shunday, insonning hayotga, jamiyatga va ahloqiy qadriyatlarga munosabati asosidagi xarakterlar tipologiyasi keng tarqalgan. Uning muallifi – E. Fromm ushbu tasniflashni xarakterlarning ijtimoiy tipologiyasi deb nomladi. Turli odamlar hulq-atvorini kuzatishdan to‘plagan ma’lumotlarni umumlashtirib, ularni klinikadagi amaliyot bilan solishtirgan holda, E. Fromm ijtimoiy xarakterlarning quyidagi asosiy tiplarini keltirib chiqardi. 1. Download 4.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling