Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

Sotsiometriya 

o‘zaro munosabatlar va psixologik 
kelishuvchanlikning tuzilishini aniqlash maqsadida guruhdagi shaxslararo 
munosabatlarni psixologik tadqiq etish metodi. 
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, metodni samarali qo‘llash uning 
validligi (oldindan belgilab qo‘yilgani bo‘yicha baholash uchun mos kelishi)
va ishonchliligiga (takroriy va qayta tadqiq etishda bir xil natijalar olish 
imkonini beruvchi) bog‘liqdir. 
Ishonchlilik va validlik – bular psixologik tashhisning sifati va yuqori 
samaradorligini aniqlash mumkin bo‘lgan mezonlar. 


55 
 
 O‘Z – O‘ZINI TEKSHIRISHGA OID SAVOLLAR: 
1. Psixologiyaning qaysi asosiy metodologik tamoyillarini bilasiz, ularga 
ta’rif bering? 
2. Hozirgi zamon psixologiyasining qanday sohalari mavjud? 
3. Psixologiya fanidagi differensiatsiya va integratsiya jarayoni nima 
bilan bog‘liq? 
4. Psixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqalarini ochib bering. 
5. Psixologik tadqiqotning qanday metodlarinin bilasiz, ular nima uchun 
mo‘ljallangan? 
6. Psixologik metodlarni qaysi guruhlarga ajratish mumkin? 
7. Qiyosiy metod longityud metodidan, va kuzatish tabiiy tajribadan 
nimasi bilan farq qiladi? 
 
 
MAVZU BO‘YICHA TEST TOPSHIRIQLARI 
 
1. Psixologiyaning asosiy metodologik tamoyillari sifatida quyidagilar 
keltiriladi: 
a) onglilik va ko‘rgazmalalik tamoyillari; 
b) psixofiziologik birlik tamoyillari; 
v) onglilik va faoliyat birligi, psixikaning rivoji tamoyillari; 
g) ongning ijtimoiy omillarga bog‘liqligi tamoyillari. 
2. Psixologiyaning ko‘plab sohalari turli mezonlarga ko‘ra ajratiladi: 
a) aniq faoliyat; 
b) taraqqiyot; 
v) ijtimoiy umumiylik; 
g) barcha javoblar to‘g‘ri. 
3. Biror psixologik jarayon yoki shaxsga yaxlitligicha baho berish 
maqsadida o‘tkaziladigan qisqa standartlashtirilgan psixologik sinov – bu: 
a) kuzatish; 
b) tajriba; 
v) test sinovi; 
g) o‘zini kuzatish. 
4. Psixologik metodlarga kiradigan uslublar: 
a) inson psixikasi haqidagi ma’lumotlarni to‘plash; 
b) kuzatish, testlar, sotsiometriya, tajriba, suhbatlar, anketa to‘ldirish, 
faoliyat mahsulini o‘rganish; 


56 
v) hayvon va inson psixikasini o‘rganish usullari; 
g) ma’lumotlarni matematik qayta ishlash, introspeksiya, farazlar
ma’lumotlarni tushuntirish. 
5. Hayot yo‘lining turli bosqichlarida psixik taraqqiyotni tahlil qilish 
imkonini beruvchi davomli va tizimli ravishda kuzatgan holda bir xil 
odamlarni o‘rganish qanday tadqiqot usuli deb ataladi: 
a) pilotaj; 
b) longityud; 
v) qiyosiy; 
g) kompleks. 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling