3. Mavzu: Xulq-atvorning psixofoziologik asosi
Reja:
1. Nerv tizimi va endokrin tizimining inson organizmi va xulq
atvoridagi ahamiyati.
2. Xulq-atvor va irsiyatning psixologik xususiyatlari
3. Instinkt tushunchasining mazmuni.
4. Odam va hayvon psixikalari o‘rtasidagi tafovut
TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Nerv tizimi- Tirik mavjudotlarning evolyusiya natijasida o‘zini
takomillashtirib borishi bilan ularning organizmlarida o‘z zimmasiga
rivojlanish, hulq-atvor va yaratish kabilarning boshqaruvi vazifasini olgan
maxsus organ
Neyronlar- nerv hujayrasi, nerv tizimining asosiy tuzilmasi
Miya-yuqori tashkil etilgan materiya
Endokrin tizimi-Markaziy nerv tizimining tor aloqasida ikkinchi aloqa
tizimi ya`ni endokrin tizimi joylashgan.
Instinkt- U yoki bu biologik turga xos, tug’ma biologik shartlangan
xulq-atvor.
Ong- Ong inson tomonidan voqelikni aks ettirishning yuksak darajasi
Ongsizlik.- bu shunday psixik jarayonlar va hodisalar yig‘indisiki, unda
inson o‘z xatti-harakatlariga javob bermaydi, anglamaydi.
Sinaps- aksonning signal uzatuvchi tugash qismi va ushbu signalni
qabul qiluvchi dentritning tutashgan qismi.
Sinaptik oraliq- akson va signal qabul qiluvchi neyron o’rtasidagi kichik
oraliq.
57
Irsiyat- organizmlarning o‘z belgi va hususiyatlarini nasldan-naslga
o‘tkazish xossasidir.
Akson – tolasining uchi tarmoqlangan bo’lib, u signallarni boshqa ney-
ron yoki mushaklarga uzatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |