Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

yoki ekspressiv (ijod qiluvchining o’zini-o’zi ifodalashga ahamiyat beruvchi), 
psixoanalitik (ijodiylikni “U”, “Men” va “Ideal - Men” o’rtasidagi o’zaro 
munosabat deb ta’riflovchi); muammoli (ijodiylikni masalalar yechish 
jarayoni deb aniqlaydigan. Bunga J.P. Guilfordning “Ijodiylik - divergent 
qobiliyat jarayonidir”, degan ta’rifini ham mujassamlashtirish mumkin), 
oltinchi tipga yuqorida ta’riflangan tiplarning birortasiga ham kirmaydigan 
har xil ta’riflarni kiritish mumkin (masalan, “umuminsoniy” bilimlar 
zaxirasini to’ldirish) 
Hozirgi davrda to’plangan ijodiylik atamasiga taalluqli ta’riflar 
mazmuni, mohiyati va tuzilmasini baholash qiyin. Tadqiqotchilarning 
ta’kidlashicha, “ijodiylikning nimaligini tushunishning o’zi ijodiy harakatni 
talab qiladi. So’nggi yillardagi tadqiqotlar mualliflaridan biri ijodiylikni 
qandaydir ahamiyatli va yangi narsaga erishish deb, ya’ni “boshqacha aytgan-
da, bu insonlarning dunyoni o’zgartirish uchun qilgan harakatlari” sifatida 
ta’riflaydilar 
Ijodiylikning XX asr 60-yillardagi ko’zga ko’ringan tadqiqotchilaridan 
biri M.Wallachning [10] ta’kidlashicha, intellektual testlar ijodiy yutuqlar 
bilan yuqori ko’rsatkichlarda o’zaro bog’lanmagan. U 11-12 yoshli 


201 
o’quvchilar o’rtasidagi intellekt va ijodiylik turlicha rivojlanganligi sababli 
ularni 4 xil guruhga ajratib ko’rsatadi: 
intellekt va ijodiylikning yuqori darajasiga erishgan o’quvchilar 
o’zlarini to’g’ri baholaydilar, ularda o’zini-o’zi nazorat qilish yuqori, ular 
barcha yangi narsalarga qiziqishadi va baholashda mustaqillikka egadirlar; 
intellektual darajasi yuqori va ijodiylik darajasi past o’quvchilar 
maktabda muvaffaqiyatga intiladilar, lekin birovdan o’z sirlarini yashiradilar, 
o’zlarini pasaytirib baholaydilar; 
intellektual darajasi past va ijodiylik ko’rsatkichi yuqori o’quvchilar 
xavotirli, e’tiborsiz, quyi ijtimoiy moslashuv bilan boshqalardan ajralib 
turadilar; 
intellektual darajasi va ijodiylik ko’rsatkichi quyi o’quvchilar vaziyatga 
oson moslashadilar, ijtimoiy intellektual darajasi yuqori, lekin sust sub’ektlar 
o’zlarini to’g’ri baholaydilar. 
SHunday qilib, ijodiylik jarayoni bilan intellekt darajasi o’rtasidagi 
munosabat o’quvchilarning shaxsiy xislatlariga va ularning moslashuv 
usullariga ta’sir qiladi.
Stenberg va Gardnerlarning fikricha bir necha qobiliyat shaxsni omadli 
bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Ijodiylik mezonlaridan biri - bu nostandartlikdir. E.P.Torrance 
ta’kidlaganidek, noyob va original javoblar mohiyatan har doim ham mos 
tushavermaydi. Ko’pincha tushunchalarning mazmunini asoslanmagan rav-
ishda aralashtirish holati ro’y beradi: ijodiy qobiliyat esa nostandartlik bilan 
bir xil deb qaraladi, nostandartlik originallik bilan, originallik esa sinaluvchi-
lar guruhidagi noyob javoblar bilan ayniy deb talqin etiladi. Nostandartlik 
originallik (o’ziga xoslikka nisbatan kengroq tushunchadir [10]. 
Sternberg's Three Intelligences Robert Sternberg (1985, 1999, 2003) 
agrees that there is more to success than traditional intelligence. And he 
agrees with Gardner's idea of multiple intelligences. But he proposes a triar-
chic theory of three, not eight, intelligences: 
Analytical (academic problem-solving) intelligence is assessed by intelligence 
tests, which present well-defined problems having a single right answer. Such 
tests predict school grades reasonably well and vocational success more 
modestly. 
Creative intelligence is demonstrated in reacting adaptively to novel situa-
tions and generating novel ideas.
46
Ikkinchi mezon - anglanganlikdir.  Bu asnoda so’z borganda sinaluvchi 
tomonidan muammo yechimining anglanganligi nazarda tutiladi. 
Intellektual testlar shaxsdan konvergent tafakkurni talab qiladi. 
Kreativ testlar esa divergent tafakkurni talab etadi.


202 
Kreativlik- bu birvaqtning o‘zida yangi va qadrli g‘oyalarni yaratuvchi 
ijodkorlik qobiliyatidir.[410]
Sternberg va uning kasbdoshlari kreativlikning 5 komponentini 
ishlab chiqishgan.
1. SHaxsdagi bilimning ko‘pqirraligi. Qo‘lga qiritgan bilimilarimiz 
g‘oyalarimizning ko‘p bo‘lishining asosi hisoblandi. Dunyoviy bilimilarimiz 
qanchalik ko‘p bo‘lsa, psixikamizdagi bloklar ham shunchalik ko‘p bo‘ladi. 
Hayotda muammolarni hal qilishda bilimlarimiz qanchalik ko‘p bo‘lsa, uni 
hal qilish shunchalik oson bo‘ladi.
2. Tasavvuriy tafakkur narsa va hodisalarini yangidan ko‘rishga, 
ularni qayta yaratishga va bog‘lashga imkon beradi. Muammoning asosiy 
elementini tasavvur qilib uni o‘zlashtiramiz va uni yangi bosqichga olib 
o‘tamiz. 
3. Tavakkalchilik- yangi ta’surotlarni qidirish. Buni ikki ma’noda 
ko‘rish mumkin. YA’ni birinchisi tavakkal va muammoni engib o‘tishdagi 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling