Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


boshqariladigan, ehtiyojlarni qondirishda yuzaga keladigan, tashqi olam va


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

boshqariladigan, ehtiyojlarni qondirishda yuzaga keladigan, tashqi olam va 
insonni bilish, shuningdek, ularni o‘zgartirishga qaratilgan faollik sifatida 
ta’riflash mumkin
Faoliyat predmetlilik va sub’ektlilik xususiyatlariga ega. Faoliyat pred-
meti deb, u bevosita shug‘ullanadigan hodisalarga aytiladi. Masalan, bilish 
faoliyatining predmeti bo‘lib, har xil turdagi axborotlar xizmat qiladi, o‘quv 
faoliyatining predmeti – bilim, malaka va ko‘nikmalar, mehnat faoliyatining 
predmeti – yaratilgan muayyan moddiy mahsulot hisoblanadi. Faoliyat 
sub’ekti bo‘lib odam, individ hisoblanadi. 
Faoliyatning predmeti va sub’ektidan tashqari, ushbu tushuncha bilan 
faoliyat vositalari va natijalari ham bog‘liq. Faoliyatni amalga oshirishda 
odam uchun mehnat vositalari sifatida u yoki bu harakat va muolajalarni 
bajarishda foydalanadigan asboblar tushuniladi. Faoliyat natijalari bo‘lib, 
moddiy yoki ma’naviy xususiyatga ega bo‘lgan yaratilgan mahsulotlar 
hisoblanadi. 
SHunday qilib, faoliyat quyidagi belgilari bilan farqlanadi: 
- faollikning ichki motivga ega shaklidir; 
- inson faoliyatining mahsuldorligi. Moddiy yoki har tomonlama etuk 
mahsulotning yaratilishi; 
- insonning xususiy, oliy, ijtimoiy ehtiyojlaridan kelib chiqadi; 
- insonning faoliyati o‘zi ishlab chiqargan mahsulotda namoyon bo‘ladi, 
faoliyatning bunday ifodalanishi yoki aks etishi o‘zida insoniy bilimlar va 
malakalarni mujassamlashtiradi. 
Faoliyat nazariyasi to‘laligicha A.N. Leontevning ilmiy ishlarida, 
xususan, «Faoliyat. Ong. SHaxs» asarida (M., 1982) bayon etilgan. 
Faoliyatning tuzilishi haqidagi tasavvurlar faoliyat nazariyasini to‘liq 
tushuntirib bermasada, uning asosini tashkil etadi. 
Inson faoliyati murakkab tartibli zinapoyali ketmaketlik tuzilishiga ega. 
U bir necha qatlam yoki darajalardan iborat. YUqoridan quyiga harakatlanib, 
ularni nomlab chiqamiz: alohida faoliyatlar darajasi (yoki faoliyatning 
alohida turlari); harakatlar darajasi; muolajalar darajasi; psixofiziologik 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling