Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

«Mazoxist-sadist». SHaxsiy hayotidagi muvaffaqiyatlari va 
omadsizliklarini, shuningdek, kuzatiladigan voqealar sababini sharoitlarda 
emas, balki, odamlarda ko‘rishga moyildir. Bu sabablarni bartaraf etishga 
intilib, tajovuzkorligini omadsizlik sababi bo‘lib ko‘ringan odamga 
yo‘naltiradi. Bunday odam mustaqil bilim olish, o‘z ustida ishlash, odamlarni 
yaxshi tomonga o‘zgartirish bilan ko‘p shug‘ullanadi. O‘zining qat’iy 
harakatlari, cheksiz talablari va intilishlari bilan ba’zan o‘zini va 
atrofdagilarni toliqtirib qo‘yadi. Bunday odam, ayniqsa, atrofdagilar ustidan 
hukronlik qila boshlaganida, «ezgu niyatlar»dan kelib chiqqan holda 
odamlarni dahshatga sola boshlaydi. 
Bunday odamlarni xarakterlagan holda, E. Fromm: «Eng ko‘p namoyon 
bo‘ladigan mazoxist qarashlar – bu shaxsiy norasolik, muhtojlik, notavonlik 
hissi» deb yozgan edi. Mazoxist-odamlar o‘zini kamsitish va 
kuchsizlantirishni namoyon qiladilar, o‘zini tanqid qilish va azoblashdan 
rohatlanadilar, o‘zlariga be’mani bekorchi ayblovlarni qo‘yadilar, barcha 
holatlarda bunga aloqador bo‘lmasalarda, aybdorlikni o‘zlariga olishga 
harakat qiladilar. 
Fromm fikriga ko‘ra, bunday tipdagi odamlarda deyarli har doim 
sadistlikka moyillik mavjud bo‘ladi. Bu ularning odamlarni o‘zlariga tobe 
qilishlarida, ularning ustidan to‘liq hukmronlikka ega bo‘lishlarida, ulardan 
manfaatdor bo‘lishlarida, ularga azob berishlarida, ularning azoblanishlaridan 
rohatlanishlarida namoyon bo‘ladi. Bunday tipdagi odam Fromm tomonidan 
avtoritar shaxs deb nomlangan. Masalan, Gitler, Stalin va boshqalar bunday 
tipdagi odamlar edi. 
2. «Buzg‘unchi». Ushbu odamda frustratsiya, umidlarning chilparchin 
bo‘lishiga sabab bo‘lgan ob’ektga nisbatan ifodalangan tajovuzkorlik va uni 
bartaraf etishga faol intilish bilan xarakterlanadi. «Buzg‘unchilik,- deb yozadi 
Fromm,- bu chidab bo‘lmaydigan kuchsizlik hissidan xalos bo‘lish». 
Buzg‘unchilikka, odatda, xavotirlanish va kuchsizlik hissini boshidan 
kechiruvchi, aqliy va emotsional imkoniyatlarini joriy qilishi cheklangan
odamlar o‘zining hayotiy muammolarini hal etish vositasi sifatida murojaat 
qiladilar. 


333 
3. «Konformist-avtomat». Bunday individ, qiyin ijtimoiy va shaxsiy 
hayotiy muammolar bilan to‘qnash kelganida, o‘ziga o‘xshamay qoladi. U 
so‘zsiz, ushbu vaziyatda ko‘pchilikka xos bo‘lgan tafakkur tipi va hulq-atvor 
usulini darhol o‘zlashtirgan holda sharoitlarga, turli ko‘rinishdagi jamiyatga, 
ijtimoiy guruh talablariga bo‘ysunadi. Bunday odamning deyarli hech qachon 
shaxsiy fikri ham, ifodalangan ijtimoiy qarashi ham bo‘lmaydi. U shaxsiy 
«Men»ini, individualligini yo‘qotgan va ma’lum sharoitlarda undan kutilgan,
aynan, o‘sha hislarni boshidan kechirishga odatlangan. Bu ongli yoki ongsiz 
moslashuvchi tipi. 
K.YUng tomonidan taklif etilgan xarakterlarning ekstravert va introvert 
tiplarga mansubligiga bog‘liq ravishda tasniflanishi keng ommalashdi. 
Ekstraversiya-introversiya hozirgi zamon psixologiyasida temperament 
ifodalanishi sifatida ko‘rib chiqiladi. Birinchi tip shaxsning ob’ektlari sub’ekt 
qiziqishlari, hayotiy quvvatini o‘ziga tortuvchi atrof-olamga qaratilganligi 
bilan xarakterlanadi, bu esa ma’lum ma’noda shaxs sub’ektiv olami hodisalari 
o‘rnining kamsitilishiga olib keladi. Ekstravertlarga ta’sirchanlik, 
tashabbuskorlik, hulq-atvorning egiluvchanligi, muloqotchanlik xosdir. 
Introvertlar esa shaxs qiziqishlarining shaxs ichki olami hodisalarida qayd 
qilinishi, odamovilik, o‘zini tahlil qilishga moyillik, moslashishlarining 
qiyinligi bilan xarakterlanadilar. SHuningdek, konform va mustaqil, dominant 
va bo‘ysunuvchi, me’yoriy va ayrim, hamda boshqa tiplarga bo‘linish 
imkoniyati ham mavjud. 
Xarakterga tegishli xarakter muammosini hal etish uchun asos 
bo‘ladigan ko‘plab ilmiy muammolar mavjud. Bunday masalalardan biri

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling