Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

Xavotirli 
 
tip 
– bunday tipdagi odamlarga muloqotga 
kirishuvchanlikning past bo‘lishi, jur’atsizlik, qat’iyatsizlik, tushkun kayfiyat 
xosdir. Ular atrofdagilar bilan nizolikka bormaydilar, bunda sust o‘rinni 
egallaydilar, bunday vaziyatlarda tayanch izlaydilar. Ular quyidagi ijobiy 
qirralarga ega: samimiylik, o‘zini tanqid qilish, ishchanlik. O‘zining 
himoyasizligi oqibatida, shuningdek, ko‘p hollarda boshqalarning gunohiga 
javobgar, masxara bo‘lib qoladilar. 
8. Emotiv tip – bunday odamlar yaxshi aloqalar o‘rnatilgan saralanganlar 
tor doirasidagi muloqotni afzal ko‘radilar. Sust tarafni egallagan holda 
nizolarga bormaydilar. Hafagarchiliklarini ichlariga yutadilar. YOqimli 
qirralari: mehribonlik, hamdardlik, kuchli mas’uliyat hissi, ishchanlik. 
YOqimsiz qirralari: o‘ta ta’sirchanlik, yig‘loqilik. 
9. Namoyishkor tip – aksentuatsiyaning bu tipi aloqalarni oson 
o‘rnatishi, liderlikka intiluvchanlik, hukmronlik va maqtovlarga chanqoqligi 
bilan xarakterlanadi. Ushbu tipga mansub odamlar o‘ziga o‘ta ishonganligi va 


329 
intilishlarining yuksakligi bilan atrofdagilarning g‘ashiga tegadi, muntazam 
ravishda nizolarni keltirib chiqaradilar, lekin o‘zlari faol himoyalanadilar. 
Ular sertakalluflik, ustalik, boshqalarni orqasidan ergashtirish, tafakkur va 
harakatlarning o‘ziga xosligi kabi ijobiy sifatlarga ega. Salbiy qirralari: 
xudbinlik, riyokorlik, maqtanchoqlik, ishyoqmaslikdir. 
10. O‘ta hayajonli tip–bunday odamlarga yuqori muloqotchanlik, 
sergaplik, oshiqlik xosdir. Ular ko‘p bahslashadilar. Lekin nizogacha olib 
bormaydilar. Nizoli vaziyatlarda ham faol, ham sust holatda bo‘ladilar. SHu 
bilan birga, bunday tipdagi odamlar do‘stlari va yaqinlariga e’tiborli va 
sadoqatli bo‘ladilar. Ular altruistlikka moyil, ularga hamdardlik hissi, yaxshi 
did xos bo‘lib, sezgilarning yorqinligi va samimiyligini namoyon qiladilar. 
YOqimsiz qirralari: vahimachilik, vaqtinchalik kayfiyatga berilganlik 
kabilardir. 
11. Ekstravert tip – bunday odamlar yuqori muloqotchanlik bilan ajralib 
turadilar, ularning do‘stlari, tanishlari ko‘p, ular sergap, istalgan ma’lumotni 
qabul qiladilar, ayrim holatlarda atrofdagilar bilan nizolarga boradilar, bunda, 
odatda, sust tarafda bo‘ladilar. Do‘stlar bilan muloqotda, ishda va oiladagi 
ko‘p holatlarda liderlikda boshqalarga yon bosadilar, bo‘ysunishni va chetda 
turishni afzal ko‘radilar. Boshqalarni tinglay olishga shaylik, iltimoslarni 
bajarish, ishchanlik kabi yoqimli qirralarga egadirlar. YOqimsiz qirralari: 
ta’sirlarga beriluvchanlik, engil tabiatlilik, o‘ylamasdan harakat qilish, 
ko‘ngilochar qiziqishlarga, gap-so‘z va mish-mishlarni tarqatishda ishtirok 
etishga ishtiyoqmandlik. 
12. Introvert tipular past muloqotchanlik, odamovilik, voqelikdan 
uzilganlik, falsafa so‘qishga moyillik bilan xarakterlanadi. Bunday odamlarni 
yolg‘izlikni xush ko‘radilar; atrofdagilar bilan shaxsiy hayotlariga 
takallufsizlik bilan aralashish holatlaridagina nizolarga borishlari mumkin. 
Ular ko‘pincha odamlarga nisbatan kuchsiz bog‘langan emotsional sovuqqon 
odamlardir. Vazminlik, qat’iy e’tiqodlilik kabi ijobiy qirralarga egadirlar. 
Salbiy qirralari ham mavjud – qaysarlik, tafakkur rigidligi, o‘z g‘oyalarini 
qat’iy ravishda himoya qilish hisoblanadi. 
Keyinchalik A.E. Lichko o‘smirlar aksentuatsiyalarini ta’riflash asosida 
xarakterlar tasnifini taklif etdi. 
M.I. Enikeev shaxs muhitga moslashishining umumiy usuli asosida 
xarakterning quyidagi tiplarini keltiradi: 
1. Uyg‘unlashgan yaxlit tip – munosabatlarning barqarorligi va, shu 
bilan birga, atrof-muhitga yuqori moslashganlik bilan ajralib turadi. Bunday 
tipdagi xarakterli odamda ichki nizolar bo‘lmaydi, uning tilaklari 
bajarayotgan ishi bilan mos tushadi. Bu muloqotchan, irodali, e’tiqodli odam. 


330 
2. Ichki nizoli, lekin tashqaridan muhit bilan uyg‘unlashgan tip – ichki 
intilishlar va, muhit talablariga mos ravishda katta zo‘riqish bilan amalga 
oshiriladigan, tashqi hulq-atvor o‘rtasidagi qarama-qarshilik bilan ajralib 
turadi. Bunday tipdagi xarakterli odam ixtiyorsiz harakatlarga moyil, lekin 
ular doimo iroda kuchi tomonidan tutib qolinadi. Munosabatlari tizimi 
barqaror, lekin kommunikativ xossalari etarlicha rivojlanmagan. Bu har kungi 
kurashdan voz kechgan oqil kuzatuvchi tipidir. 
3. Moslashganligi kuchsiz nizoli tip – emotsional va ijtimoiy vazifalar, 
impulsivlik, salbiy xissiyotlarning ustunligi, kommunikativ xossalarning 
rivojlanmaganligi, o‘zini anglashning etarlicha tarkib topmaganligi o‘rtasidagi 
kelishmovchilik bilan ajralib turadi. Bunday tipdagi xarakterli odamlarning 
hayotidagi voqealar soddalashtirilgan chizma bo‘yicha sodir bo‘ladi: 
o‘zgaruvchan extiyojlari ularning shaxsiy fikrlari bo‘yicha qiyinchiliklarsiz 
darhol qondirilishi kerak. Bunday odamlar hayotiy faoliyatning asosiy 
mexanizmi – zavqlanish (gedonizm). Bunday tipdagi odamlar barcha og‘ir 
vaziyatlarni keskin kelishmovchilik sifatida idrok qiladilar va anglanmagan 
psixologik soxta himoya – voqealikni buzib aks ettirilishi (injiqliklar, 
qaysarlik, mevasiz orzular va shirin xayyollar olamiga g‘arq bo‘lish) ga 
murojaat qiladilar.
4. Xarakterning variativ tipi – muhitga tashqi baqaror nuqtai nazar 
orqali moslashadigan; shaxs rivojlanishining quyi darajasi, xulq-atvor 
barqaror umumiy usulining mavjud emasligi xaqida dalolat beradi. Bunday 
tipdagi odamlar ichki olamining soddaligi bilan farqlanadi; ularning yashash 
uchun kurashi to‘g‘ri chiziq bo‘yicha amalga oshiriladi, ular shubhalanish va 
ikkilanishlarni namoyon qilmaydilar, alohida ichki chegaralarga ega emas, 
ularga to‘siqlarning faqat tashqi turi ma’lum. Ichki olamni tashqi sharoitlarga 
moslashtirish, to‘g‘rilash, monandlash – bunday odamlar moslashishining 
umumiy usullari shulardan iborat. 
Xarakterlar tipologiyasining asosini shaxsning etakchi yo‘nalganligi ham 
tashkil etishi mumkin. Mashxur nemis faylasufi va psixologi Eduard
SHpranger shaxsning etakchi yo‘nalganligi bo‘yicha quyidagi tiplarni 
keltiradi:
1. Ilmiy odam. Faqat yagona ehtiros – tushuntirishga, aloqalarni 
o‘rnatishga, nazariy bilimlarni ishlab chiqishga olib boruvchi ehtirosga egadir. 
Uning kechinmalari voqeiy hayotdan uzilgan bo‘lib, bilish imkoniyatining 
mavjud emasligidan tushkunlikka tushishi, nazariy kashfiyotdan zavqlanishi 
mumkin. Unga faqat bilish metodlarining sofligi – qanday bo‘lsada, haqiqatga 
erishish qadrliroqdir.


331 
2. Iqtisodchi odam. Bu, albatta, ishlab chiqarish bilan bog‘liq odam 
bo‘lishi shart emas. Eng asosiysi, shaxs turli sohalari va turmush tarzini 
belgilab beruvchi bosh motiv sifatida foydalilik motivining mavjudligidir. 
Barcha hayotiy aloqalarda bunday odam foyda chiqishini birinchi o‘ringa 
qo‘yadi. U maksimal darajada foyda olish uchun xom ashyo, kuch va vaqtni 
tejay oladi. Bunday odamni ishbilarmon odam deb atash to‘g‘riroq bo‘lar edi. 
3. Estetik didli odam. Sof estetik hulq-atvorga hirs qo‘yish xos emas. 
Olam bilan bevosita aloqada bo‘lish doimo og‘riqli kechadi, bu yashash 
uchun kurash bilan bog‘liq. Lekin boshqa olam borki, bunda og‘riq quvonch 
kabi shirin, azob tortish shodlanish kabi ilohiylashgandir: bu fantaziya olami. 
Estetik tipni ko‘rib chiqishda moddiy asar yaratuvchi san’at arboblari emas, 
balki o‘zini yaratuvchi, estetik tipli ichki tuzilishiga ega bo‘lgan odamlar 
ko‘zda tutiladi. 
4. Ijtimoiy odam. Ijtimoiy deb atalgan alohida hayot shakli o‘zgalar 
manfaati yo‘lida o‘zidan voz kechish ehtiyoji etakchi hayotiy ehtiyojga 
aylanganida yuzaga keladi. 
O‘zining yuksak ifodasida ijtimoiy yo‘nalganlik mehr-muruvvatdan 
tashkil topgan. Biror odamni, unda haqiqat yoki go‘zallik, yoki oliyjanoblik 
qadriyati namoyon bo‘lganligi sababli sevish mumkin. Mehribonlik 
odamlarda yashirin holatdagi ma’lum qadriyatlar tashuvchilarni ochib beradi 
va ular o‘z hayoti mazmunini bu odamlarga sadoqatli bo‘lishda topadi. 
5. Siyosiy odam. Inson uchun qudratga ega bo‘lish asosiy ahamiyat kasb 
etgan alohida holat. Bunday odamning olamni his etishi umumiyligi bilan 
ajralib turadi, umumiylik o‘z mavqeini belgilash, muvaffaqiyatga erishish, 
hayotiy quvvat, turmushdagi harakatda namoyon bo‘ladi. Bunday odamlar 
yuqori ijtimoiy darajaga intiladilar va faqat o‘sha darajadagina dohiy sifatida, 
shon-shuhrat pog‘onasida o‘zlarida mamnunlik his qiladilar. 
6. Diniy e’tiqodli odam. Bu ma’naviy hayot yo‘li diniy qonunlar asosida 
hayotning yuksak mazmuniga erishishga qaratilgan odam. Diniy e’tiqodli 
odamlar hulq-atvorida altruizm yo‘nalishi dominantlik qiladi. Hayotlarining 
oliy mazmunini odamlarga oliyjanoblik bilan beminnat xizmat ko‘rsatish – 
zarar ko‘rganlar, yaralanganlar, shikastlanganlar, muhtojlar, tahqirlanganlar 
va yolg‘izlarga yordam ko‘rsatishda deb biladilar. 
Diniy aqidaparastlar dindor odamlar ong osti sohasiga inson 
psixikasining murakkab ichki tuyg‘usi – ishonch mexanizmi bilan qamrab 
olgan holda mustahkam singdirib boradilar. Dindor odam hulq-atvori 
o‘zgarib boradi – psixikasida insonga nisbatan yaxshilik, mehribonlik 
g‘oyalari dominantlik qila boshlaydi. 


332 
Xarakter tiplarining boshqa tasniflari ham mavjud. Xuddi shunday, 
insonning hayotga, jamiyatga va ahloqiy qadriyatlarga munosabati asosidagi 
xarakterlar tipologiyasi keng tarqalgan. Uning muallifi – E. Fromm ushbu 
tasniflashni xarakterlarning ijtimoiy tipologiyasi deb nomladi. Turli odamlar 
hulq-atvorini kuzatishdan to‘plagan ma’lumotlarni umumlashtirib, ularni 
klinikadagi amaliyot bilan solishtirgan holda, E. Fromm ijtimoiy 
xarakterlarning quyidagi asosiy tiplarini keltirib chiqardi. 
1. 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling