Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

Matematik qobiliyatlar ustida V.A. Krutetskiy ish olib borgan. 
Matematik qobiliyatar tarkibida matematik xotira, miqdoriy va fazoviy 
munosabatlar sohasidagi mantiqiy tafakkur qobiliyati, matematik materialning 
tezda kengaytirilgan holda umumlashtirish, bir operatsiyadan ikkinchisiga 
oson va erkin o‘tish, mulohaza va echimlarning aniqligi, oddiyligi
tejamkorligi va omilkorligiga intilish katta ahamiyatga ega. Matematik 


344 
qobiliyatlar o‘zagini V.A. Krutetskiy tafakkurning matematik yo‘nalganligi 
tashkil etadi deb hisoblaydi. YOrdamchi xossalar sifatida sensor va aqliy 
sohalardagi individual-psixologik xususiyatlari matematik faoliyat talablariga 
javob beradigan, mos bo‘lgan sohadagi ma’lum bilim, malaka va 
ko‘nikmalarning aniq zahirasini ko‘rsatadi. 
Pedagogik qobiliyatlarni N.V. Kuzmina, F.N. Gonobolinlar tadqiq 
qilganlar. Pedagogik qobiliyatlar tuzilishida pedagog odobi, kuzatuvchanlik, 
bolalarga muhabbat, bilimlarni berishga ehtiyoj, perseptiv, kommunikativ, 
tashkilotchilik va boshqa qobiliyatlar majmuasi etakchi sifatlar o‘rnini 
egallaydi. YOrdamchi sifatlarga artistlik mahorati, notiqlik, hazilkashlik va 
boshqalar kiradi. 
Tashkilotchilik qobiliyatlari muammosini uzoq vaqt L.I. Umanskiy 
tadqiq qilgan. Muallif tashkilotchilik qobiliyatlari tarkibini aniqladi. 
Qobiliyatli tashkilotchi shaxsi uchun L.I. Umanskiy fikricha quyidagi sifatlar 
zarurdir, bular: shaxsning yo‘nalganligi, uning shayligi, umumiy sifatlari 
(muloqotchanlik, 
rivojlanganlikning 
umumiy 
darajasi, 
amaliy 
ong, 
kuzatuvchanlik, faollik, tashabbuskorlik, qat’iyatlilik, tashkilotchilik, 
mustaqillik, o‘zini tuta bilish), maxsus xossalar (tashkilotchilik hissi, 
psixologik odob, emotsional-irodali ta’sirchanlik, jamoatchilik faolligi
talabchanlik, tanqidiylik, tashkilotchilik faoliyatiga moyillik, shaxsning 
individual xususiyatlari shular jumlasidandir. 
O‘quvchilarning texnikaviy qobiliyatlari M.G. Davletshin tomonidan 
o‘rganilgan. Texnikaviy qobiliyatlar tarkibida muallif tomonidan tayanch va 
etakchi xossalar, shuningdek, yordamchi sifatlar ko‘rsatilgan. Texnikaviy 
qobiliyatlarning tayanch xossasi bo‘lib texnikaviy kuzatuvchanlik hisoblanadi 
(inson idrokining mashina, asosiy bo‘g‘inlar va tuzilmalarning tuzilish 
tamoyiliga, ularning o‘zaro ta’siriga yo‘nalganligi). Etakchi xossalar bo‘lib 
texnikaviy tafakkur va texnikaviy xayol hisoblanadi (texnikani tushunish, 
amaliy zakovat, texnikaviy moslamani tahlil qilish, qismlardan yaxlitlikni 
yasash qobiliyati, fazoviy tasavvurlarning jonliligi va aniqligi, shakllar va 
masofalarni yodda olib qolish, konstruktiv fantaziya). YOrdamchi xossa qo‘l 
epchilligi hisoblanadi. 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling