Abdulla qodiriy nomidagi jizzax
Download 4.09 Mb. Pdf ko'rish
|
2020 УМУМИЙ МАЖМУА
- Bu sahifa navigatsiya:
- DINAMIK STEREOTIP
- INTROSPEKTIV PSIXOLOGIYA
- ORIENTATSIYA REFLEKSI
- PARAPSIXOLOGIYA
VYURTSBURG MAKTABI - XX asr boshlaridagi nemis psixologlari
birlashmasi bo‘lib (K.Byuler, N.Ax, O.Kyulpe va boshqalar), ular birinchi bo‘lib maxsus eksperimental tadqiqotning predmeti qilib tafakkurni o‘rgandilar. GESHTALTPSIXOLOGIYA - hozirgi zamon chet el psixologiya mak- tablaridan biri bo‘lib, XX asrning 30 yillarida Germaniyada tashkil etilgan. Bular murakkab psixik hodisalarni tushuntirish uchun hodisalarning bir butunligi printsipidan foydalanadilar ("GEShtaltlar"). Asoschilari: M.Vertxeymer, V.Keller, K.Koffka. GIPPOKAMP - bosh miya qobigining quyi qismida joylashgan chiziq bo‘lib, orientatsiya reaktsiyasi va o‘rganishning fiziologik mexanizmlarida ishtirok etadi. DINAMIK STEREOTIP - hayot jarayonida paydo bo‘lgan shartli reflektor bog‘lanishlarning nisbatan barqaror tizimidir. DUALIZM - borliq ham moddiy, ham ruhiy bo‘lgan ikki asosdan tashkil topgan deb hisoblovchi falsafiy ta’limot bo‘lib, psixofizik parallelizm kontseptsiyasining asosidir. INTROSPEKTIV PSIXOLOGIYA - intropektsiyani tadqiqotning asosiy metodi deb qarovchi psixologik yo‘nalishlar majmuidir. INTROSPEKTIV METOD - bu kishining o‘z-o‘zini kuzatishga asos- langan psixologiya metodidir. LABILLIK - nerv hujayralarining tezlik bilan qo‘zg‘alish holatidan tormozlanish holatiga va tormozlanishdan qo‘zg‘alish holatiga o‘tish qobili- yatidir. QAYTARMA ALOQA — barcha murakkab tizimlardan boshqarish va harakatlarni tartibga solib turishning muhim printsipi bo‘lib, uning mohiyati shundan iboratki, boshqaruvchi axborot organlariga harakat natijalari 360 to‘g‘risida xabar kelganda bajaruvchi organlarga buyruq berish shakllanadi. ORIENTATSIYA REFLEKSI - shartsiz refleksning bir turi bo‘lib har qanday yangi qo‘zgovchi ta’siriga birinchi bo‘lib javob berish reaktsiyasidir. PSIXIKA - yuksak darajada tashkil topgan materiya (miya)ning ob’ektiv borliqni aks ettirish va shuning asosida shakllangan psixik obrazlar orqali maqsadga muvofiq sub’ektning faoliyati va uning xatti-harakatlarini boshqarishdan iboratdir. PARAPSIXOLOGIYA - tadqiqot sohalaridan biri bo‘lib, sezgi a’zo- la- ri ishtirokisiz idrok qilish formalarini, shu bilan birga tirik mavjudotning fizik hodisalarga mushak kuchsiz ta’sir etish turlarini o‘rganishga qaratilgandir. Parapsixologiya muammosi baxsga molik sohadir. Download 4.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling