Abdulla qodiriy nomidagi jizzax
Download 4.09 Mb. Pdf ko'rish
|
2020 УМУМИЙ МАЖМУА
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixologiya
FANIDAN
355 SEMINAR MASHG’ULOT ISHLANMASI PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI VA RIVOJLANISH TAR- IXI Psixologiya so‘zining lug‘aviy ma’nosi grekcha psyuxe – jon, ruh, logos – fan, ta’limot degan ma’noni anglatadi. Psixika oliy darajadagi materiyaning (miyaning) xususiyati tushunilib, u ob’ektiv borliqni aks ettirilishida namoyon bo‘ladi. Refleks (lotincha reflexus aks ettirish) organizmning tashqi ta’sirga qonuniy ravishdagi javob reaktsiyasi sifatida talqin qilinib, asab-mushak faoliyatini ob’ektiv tarzda bilish vositasiga aylandi. Analizatorlar – bu nerv fiziologik apparat bo‘lib, periferiyadagi nerv uchidan (retseptor) sezuvchi nervdan( o‘tkazish yo‘li) va miya qobig‘ining tegishli qo‘zg‘atuvchini qabul qiluvchi sohasidan iboratdir Psixologiya fanining predmetini – shaxsning psixikasi va uning psixologik xususiyatlari tashkil qiladi. Psixologiya - odamning ob’ektiv borliqni sezgi, idrok, tafakkur, 356 tuyg‘u-hissiyot va boshqa psixik hodisalar orqali aks ettirish jarayonini o‘rganadigan fandir. Psixologiya fan sifatida psixik faktlar, ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini o‘rganadi. Psixik faoliyatlar quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi: - bilish faoliyatlari: diqqat, nutq, faoliyat; - bilish jarayonlari: sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur; - shaxsning, hissiy, irodaviy sohasi: - hissiyot, iroda; - shaxsning individual psixologik xususiyatlari: temperament, xarakter, qobiliyat. Professor M.G.Davletshin fikricha, psixika – oliy darajadagi materiyaning (miyaning) xususiyati bo‘lib, u ob’ektiv borliqni aks ettirilishida namoyon bo‘ladi, sub’ekt faoliyatini ma’lum maqsad asosida yo‘naltiradi hamda xulq-atvor negizida shakllanadi. Professor V.M.Karimova fikricha psixika – inson ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni) ongli tarzda aks ettirishimizni, ya’ni bilishimiz, anglashimizni ta’minlaydi. Psixik aks ettirish quyidagi xususiyatlarga ega: 1) ob’ektiv borliqni to‘g‘ri aks ettirish imkoniyatini beradi; 2) shaxsning faoliyati davomida mukammallikka erishib boradi; 3) doimo rivojlanib va takomillashib boradi. 4) Shaxsning individualligi orqali namoyon bo‘ladi. Download 4.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling