Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

HARAKAT AKTSEPTORI - markaziy nerv sistemasining bo‘ladigan 
harakatlar natijasini belgilab beruvchi neyrodinamik modelidir. Bu model 
harakatlarning asosiy xarakteristikasini o‘z ichiga olib, harakatlarni 
boshqarishda ishtirok etadi (P.K.Anoxin). 
ANALIZATOR - murakkab neyrofiziologik tizim bo‘lib, odamga ta’sir 
etuvchi qo‘zg‘alishlarni idrok etish va uni tahlil qilishni ta’minlaydi. Analiza-
tor retseptor, nerv yo‘llari, miya bilan bog‘lanadigan qismi va miyaning 
maxsus spetsifik bo‘limlarini o‘z ichiga oladi (I.P.Pavlov). 
ANIMIZM - ibtidoiy jamoa davrida hukm surgan va tabiiy ob’ektlarni 
"ruh" kuchiga ega deb e’tirof etadigan oqim. 
ASSOTSIATSIYA - psixik hodisalarning o‘zaro bog‘lanishi bo‘lib, 
ma’lum qonunlar bo‘yicha tarkib topadi (jumladan, fazodagi yondoshlik
xronologik, o‘xshashlik, qarama-qarshilik va boshqa assotsiatsiyalar). 
ASSOTSIATIV PSIXOLOGIYA - XVII-XIX asrlarda maydonga kel-
gan psixologiya fani yo‘nalishi bo‘lib, ko‘proq Angliyada tarqalgan. Bu 
yo‘nalishning asosiy tushuntirish yo‘llari tariqasida assotsiatsiyadan foydala-
niladi. 
AFFERENT NERV - nerv impulslarini sezgi a’zolaridan markaziy nerv 
tizimiga ta’sir etuvchi nerv tolasidir (sezuvchan nerv). 


359 
AFFERENTATSIYA - periferik nerv uchlaridagi nerv qo‘zg‘alishlarini 
bosh miya qobig‘idagi markaziy neyroshirga yetkazib berish. 
SHARTSIZ REFLEKS - psixikaning I.M.Sechenov va I.P.Pavlov 
tomonidan kashf etilgan reflektor nazariyasining asosiy tushunchasi bo‘lib, 
har qanday ta’sirga instinktiv javob berishdan iborat tug‘ma reaktsiya
(javob berish). 
BIXEVIORIZM - XX asr boshlarida AQShda maydonga kelgan psi- 
xologiyaning mexanik yo‘nalishi bo‘lib, psixologiyani o‘rganish predmeti 
qilib faqat odamning xulq-atvori olingan. Ular faqat odamning tashqi ta’sirlar 
natijasida paydo bo‘lgan xatti-harakatlari, xulq-atvorni o‘rganish mumkin deb 
hisoblaydilar. Bunda ongning roli inkor qilinadi. Bu yo‘nalishning asoschilari 
— D.Uotson, E.Torndayklardir. 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling