Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

Yosh psixologiyasi - inson shaxsining psixologik xususiyatlari va bilish 
jarayonlarining ontogenezda rivojlanishini o‘rganadi. Yosh psixologiyasi 
bolalar psixologiyasi, o‘smirlar psixologiyasi, kattalar psixologiyasi, 
gerontopsixologiya kabi tarmoqlarga bo‘linadi. 
Patopsixologiya- miya faoliyati buzilishlari natijasida kelib chiqadigan 
turli shakldagi ruhiy rivojlanishdan chetlanishni o‘rganadi. 
Oligofrenopsixologiya - miyaning tug‘ma kamchiliklari tufayli paydo 
bo‘ladigan bo‘limlarni o‘rganadi.
Surdopsixologiya – eshitish faoliyatida jiddiy nuqsonlari bo‘lgan 
bolalarning rivojlanishini o‘rganadi.
Tiflopsixologiya – ko‘rish qobiliyati past yoki umuman ko‘rmaydigan 
kishi faoliyatini o‘rganadi.
Qiyosiy psixologiya –hayotning filogenetik shakllarini o‘rganuvchi 
psixologiya sohasi bo‘lib, inson va hayvonlar psixologiyasini solishtirish 
orqali o‘xshashlik va farq qiluvchi tomonlarini aniqlaydi.
 
Akmeologiya - yetuklik darajasiga erishgan shaxs rivojlanishining
yuqori darajasi ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini, ayniqsa 
rivojlanishining eng yuqori cho‘qqiga erishish xususiyatlarini o‘rganadi.

Inson va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning psixologik 
tomonlarini o‘rganuvchi psixologiya sohalari. 
1. Ijtimoiy psixologiya – uyushgan va uyushmagan ijtimoiy 
guruhlardagi shaxslararo o‘zaro tasir jarayonida paydo bo‘ladigan psixologik 
hodisalarni o‘rganadi. 
2. Differentsial psixologiya – shaxs shakllanishining individual psix-
ologik yo‘naltirilganligi kabi xususiyatlarni o‘rganadi.
3. Din psixologiyasi – inson ongiga diniy qarashlarning tasiri masala-
larini o‘rganadi. 
4. Etnopsixologiya – inson psixologiyasining etnik xususiyatlari, milliy 
xarakter, milliy tuyg‘u, milliy g‘oya, o‘z-o‘zini anglash, etnik stereotip, ularn-
ing qonuniyatlari va vujudga kelish xususiyatlarini o‘rganadi. 
5. Boshqaruv psixologiyasi – bu psixologiya fanining shunday sohasiki,
unda inson tomonidan – boshqarishning psixologik tomonlarini o‘rganadi. 
6. Marketing psixologiyasi – yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishda 
ishlab chiqarish korxonalari va firmalarni boshqarishni va ular faoliyatini
tashkil etishning psixologik muammolarini tadqiq qiladi.


369 
Psixologiyaning tadbiqiy sohalari: 
Eksperimental psixologiya – eksperimental metodlar yordamida psixik 
hodisalarni tadqiq qilishning umumiy sohasi. Psixologiya fan sifatida falsafa-
dan ajralib chiqishida, eksperimental tadqiqotlar o‘tkazishda asosiy rol 
o‘ynagan.
Ekstremal psixologiya – insonnning o‘zgargan muhit shart-
sharoitlarida psixik faoliyatning kechishi qonuniyatlarini o‘rganadigan 
psixologiya sohasi. 
Psixofiziologiya – odamlarning individual psixologik va psixofizio-
logik farqlarini tadqiq qiluvchi, psixologiya sohasi. 
Siyosiy psixologiya – jamiyatning siyosiy hayotidagi psixologik 
xususiyatlar, holatlar, qonuniyatlar, ta’sirchanlik va ta’sir ko‘rsatish 
jarayonlari kabi jabhalarni tekshiruvchi psixologiya sohasi.
Oila psixologiyasi – oila psixologiyasini o‘rganuvchi, fanlararo 
tadqiqot qilishga yo‘nalgan psixologiya sohasi. 
Parapsixologiya – hozirgi zamon fanining chegarasidan tashqaridagi,
tushuntirish qiyin bo‘lgan psixik hodisalarni o‘rganadi. 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling