Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


LABORATORIYA EKSPERIMENTI


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

LABORATORIYA EKSPERIMENTI - psixologiya metodlaridan 
bo‘lib, tekshiruvchiga ta’sir etadigan barcha omillarni qatiy nazorat qilgan 
holda sun’iy sharoitda olib boriladi. 
SHAXSIY MUNOSABAT - psixologiya qoidalaridan bo‘lib, odamga 
shaxs tariqasida, uning voqelikni aks ettiruvchi va barcha psixik hodisalarni 
belgilab beruvchi sistema ekanligini tushungan holda yaqindan yondashishdir. 
PSIXOLOGIYA METODLARI - psixik hodisalarni va ularning 
qonuniyatlarini ilmiy tomondan o‘rganishning asosiy yo‘l-yo‘riq va usullar-
idir. 
KUZATISH - psixologiya metodlaridan bo‘lib, kishining xatti-
harakatlarida namoyon bo‘ladigan turli hodisalarni hisobga olish va sub’ektiv 
psixik hodisalar to‘g‘risida fikr olishdan iboratdir. 
O‘RGATUVCHI YOKI SHAKLLANTIRUVCHI EKSPERIMENT 
– psi- xologiya metodi bo‘lib, bu metod orqali shaxsda zaruriy psixik jarayon 
yoki sifatlar rejasi shakllantiriladi. 
PATOPSIXOLOGIYA - psixologiya tarmoqlaridan bo‘lib, turli kasalli-
klar natijasida psixik taraqqiyotning izdan chiqishini o‘rganadi. 
PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA - psixologiya tarmoqlaridan bo‘lib, 
ta’lim va tarbiya qonuniyatlarini o‘rganadi. 
SOTSIOMETRIYA - J.Moreno tomonidan tavsiya etilgan bo‘lib, 
o‘zaro munosabatlar tuzilishi bilan psixologik qovushuvchanlikni aniqlash 
maqsadida guruh va jamoalardagi shaxslararo munosabatlarni o‘rganishdan 
iborat psixologik tadqiqot metodidir. 
O‘Z-O‘ZINI KUZATISH - sub’ektning o‘z psixik holatlari bilan o‘z 
hatti-harakatlarini o‘rganishidan iborat metoddir. 
SISTEMALI YONDASHISH (PSIXOLOGIYADA) - psixikani oddiy 
elementlar yig‘indisiga kiritib bo‘lmaydigan murakkab birlik deb qarashni 
talab etuvchi printsip. 
"ODAM-MASHINA" TIZIMI - odam - operator va mashinadan iborat 
sistema bo‘lib, buning vositasida odamning mehnat faoliyati amalga oshiri-
ladi. 
TEST - standartlashtirilgan psixologik sinov bo‘lib, buning natijasida u 
yoki bu xildagi psixik jarayonni baholashga yoki shaxsni bir butunligicha 


372 
o‘rganishga qaratilgan usul. 
EKSPERIMENT - psixologiyaning asosiy metodlaridan bo‘lib, o‘z- 
garuvchan mustaqil psixik holatlarning boshqa nomustaqil holatlarga ta’sir 
etishdagi aniq ma’lumotlarga tayanadi. 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling