Abdulla qodiriy nomidagi jizzax
Download 4.09 Mb. Pdf ko'rish
|
2020 УМУМИЙ МАЖМУА
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ong va faoliyat birligi
- 300 dan ortiq
Psixologiyaning tamoyillari quyidagicha:
1. Determinizm tamoyili; 2. Ong va faoliyat birligi tamoyili; 3. Psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi tamoyili. Tamoyil – ma’lum faoliyatni bajarishda tayaniladigan dastlabki qoidalar tizimidir. Determinizm tamoyiliga ko‘ra, psixika yashash sharoiti bilan belgilanadi va sharoit o‘zgarishi bilan o‘zgaradi. 367 Ong va faoliyat birligi tamoyiliga ko‘ra, ong va faoliyat bir-biriga qarama-qarshi ham, aynan bir narsa ham emas. Ular bir butunlikni tashkil etadi. Ong faoliyatni ichki rejasini, dasturini tashkil etadi. Bu tamoyil psix- ologlarga inson xulq-atvori, xatti-harakatlari va faoliyatlarini o‘rganish orqali xatti-harakatlardan ko‘zlangan maqsadlarga, muvaffaqiyatlarga erishishni ta’minlovchi ichki psixologik mexanizm, ya’ni psixikani ob’ektiv qonuni- yatlarini ochishga imkon beradi. Hozirgi zamon psixologiya sohalari hozirgi kunga kelib 300 dan ortiqni tashkil qiladi. Bu sohalar o‘ziga xos ob’ektga ega bo‘lib, bir-biridan farq qiladi. Professor A.V.Petrovskiy psixologiya fan sohalarini quyidagicha tasniflashni ilgari surdi: Aniq faoliyat turlarini o‘rganuvchi psixologiya sohalari. Rivojlanishning yosh xususiyatlarini o‘rganuvchi psixologiya sohalari. Shaxs va jamiyatga bo‘lgan munosabatni o‘rganuvchi psixologiya sohalari. Aniq faoliyat turiga ko‘ra psixologiyaning quyidagi turlari mavjud: - mehnat psixologiyasi. Mehnat psixologiyasining bir nechta bo‘limlari mavjud; a) muhandislik psixologiyasi b) aviatsiya psixologiyasi v) kosmik psixologiya - Pedagogik psixologiya. Pedagogik psixologiya bo‘limlari quyidagilardir: a) ta’lim psixologiyasi; b) tarbiya psixologiyasi; v) o‘qituvchi psixologiyasi; - Tibbiyot psixologiyasi. Uni quyidagi tarmoqlari mavjud: a) neyropsixologiya — psixik hodisalar bilan miyadagi fiziologik tuzilishlar o‘rtasidagi nisbatni o‘rganadi; b) psixofarmakalogiya — dorivor moddalarning shaxs ruhiy holatiga ta’sirini o‘rganadi; v) psixoterapiya — bemorni davolash uchun ruhiy ta’sir vositalarini o‘rganadi; - Yuridik psixologiya. Uning quyidagi tarmoqlari mavjud. a) sud psixologiyasi b) kriminal psixologiya - Harbiy psixologiya. - Sport psixologiyasi 368 - Savdo psixologiyasi - San’at psixologiyasi - Ilmiy ijodiyot psixologiyasi Rivojlanishning yosh xususiyatlarini o‘rganuvchi sohalar. Download 4.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling