Abdulla qodiriy nomidagi jizzax
Download 4.09 Mb. Pdf ko'rish
|
2020 УМУМИЙ МАЖМУА
- Bu sahifa navigatsiya:
- INSTINKT
- MALAKA
- QO‘ZG‘ALUVCHANLIK
Seskanuvchanlik - tirik organizmning biologik ahamiyatiga ega
bo‘lgan ta’sirlariga javob qaytarish qobiliyatidir. Biotik, ya’ni biologik ahamiyatga ega bo‘lgan omillariga maxsus harakatlar bilan reaktsiya qilish usullariga tropizm yoki taksislar deyiladi. Instinktlar – hayvoning tabiiy ehtiyojlarini qondirish uchun qiladigan murakkab tug‘ma harakatlaridir. Ko‘nikma – bu hayvonlarda shartli bog‘lanishlar asosida yuzaga keluvchi va avtomatik ravishda sodir bo‘luvchi harakatlardir, ya’ni biror faoliyatni takrorlanib turishi natijasida asta-sekin hosil qilingan xatti- harakatlardir. IZOHLI LUG‘AT ANTROPOMORFIZM - insonga xos hislat va xususiyatlarni tabiatdagi hodisalarga ko‘chirish (bog‘lash). Jumladan, hayvonlarda odam qobiliyati va sifatlari bor deb hisoblash. ONGSIZLIK - kishi ongiga borib yetmagan psixik jarayonlar majmuidir. ZOOPSIXOLOGIYA - psixologiya tarmoqlaridan bo‘lib, hayvon psixikasining taraqqiyotini o‘rganadigan sohadir. INSTINKT - xulq-atvor yoki xatti-harakatlarning oldindan genetik shartlangan usullaridir. AQLIY-INTELEKTUAL XATTI-HARAKATLAR - xatti-harakat turlaridan biri sifatida hayvon psixik taraqqiyotining cho‘qqisi hisoblanadi va eng avvalo hayvonlarning ayrim ko‘rgazmali harakatli vazifalarini bajara olishlarida yaqqol ifodalanadi. MALAKA - mashq qilish jarayonida ish-harakatlar bajarilishining avtomatlashgan usullari. ONG OSTI HOLATLARI - aktual ravishda anglab olinmaydigan psixik jarayonlar va psixik holatlar yig‘indisi bo‘lib, kishining xatti- harakatlari va uning ong mazmuniga ta’sir etishga qodirligi. QO‘ZG‘ALUVCHANLIK - bu barcha tirik materiyaga xos hususiyat bo‘lib, tashqi qo‘zg‘ovchi omillar ta’sirida fiziologik holatlarni o‘zgartirib yuborish qobiliyatiga egadir. ONG - odamlarning ijtimoiy-tarixiy faoliyati vositasida paydo bo‘lib, ob’ektiv borliqni psixik aks ettirishning faqat insongagina xos yuqori usulidir. TROPIZMLAR - muhim biologik qo‘zg‘atuvchilar ta’sirida o‘simliklar harakati yo‘nalishining o‘zgarishi. 378 SEZGIRLIK - ayrim tirik organizmlarning qo‘zg‘ovchilar ta’sirini qabul qilish qobiliyati bo‘lib, sezgirlik qo‘zg‘olovchilarga nisbatan bevosita biologik ahamiyatga ega bo‘lgan signallik vazifasini bajaradi Download 4.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling