O’quvchi tarbiyasining obyekti va subyekti


Download 0.59 Mb.
Sana26.01.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1128668
Bog'liq
1425012968 60210

O’quvchi tarbiyasining ob’yekti va sub’yekti

Reja:

  • O’quvchi – kadrlar tayorlash tizimining bosh subyekti.
  • Tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi.
  • Tarbiyaning hayot bilan bog`liqligi

O’quvchi – kadrlar tayorlash tizimining bosh subyekti

O’quvchi – kadrlar tayorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchisi. Demak, o’quvchi – ijtimoiy munosabatlar mahsuli bo’lib, ongli faoliyat bilan shug’ullanuvchi ijtimoiy mavjudot sifatida jamiyatda o’z o’rni bor. Shaxsning rivojlanishi esa barcha tug’ma va hosil qilingan xususiyatlar: organizmning anatomik tuzilishi, faoliyat va xatti – harakatlarning miqdoriy va sifat

o’zgarishi jarayonidir.

Har bir ishning o`ziga xos, ma`lum qonun qoidalari bo`lganidek, bola tarbiyasining ham o`ziga xos bir qator muhim qonun-qoidalari borki, ularga amal qilish tarbiya ishining samarali bo`ulishini ta`minlaydi.

  • Har bir ishning o`ziga xos, ma`lum qonun qoidalari bo`lganidek, bola tarbiyasining ham o`ziga xos bir qator muhim qonun-qoidalari borki, ularga amal qilish tarbiya ishining samarali bo`ulishini ta`minlaydi.

Quyidagilar buning yaqqol dalilidir

  • - tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi;
  • - tarbiyaning hayot, mehnat bilan, O`zbekistonimizning mustaqilligi, gullab yashnashi yo`lida qilinayotgan fidoiy ishlar bilan bog`lanishi;
  • - o`quvchini jamoada, jamoa orqali tarbiyalash;
  • - tarbiyada bola shaxsini hurmat qilish va unga talabchanlik;
  • - tarbiyaviy ishlarning izchilligi, muntazamligi hamda birligi;
  • - tarbiyada o`quvchilarning yoshi va o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olish.

Tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi.

  • Tarbiya maqsadini belgilashda jamiyat talablari, davr nafasi, milliy xususiyatlar asos qilib olinadi.
  • Tarbiyaning maqsadi – har tomonlama kamol topgan-mukammal inson shaxsini tarbiyalashdir.
  • O`qituvchilar jamoasi va har bir o`qituvchi-tarbiyachi ana shu maqsadlardan kelib chiqib, tarbiyaviy ishlarning, vazifalarini belgilaydi, uning mazmunini aniqlaydi hamda maktab ish sharoitlarini hisobga olgan holda o`quvchilarni tarbiyalashning shakl va uslublarini tanlaydi.

Tarbiyaning hayot bilan bog`liqligi

  • Tarbiyaning hayot bilan bog`liqligi qoidasi tarbiyaviy ishlarning mazmuni va tashkil etilishini doimo yangilab turishini talab etadi. Tarbiyachilar bolalar tarbiyasini hayot bilan bog`lar ekanlar, ularga o`zlarida iymon-e`tiqodni tarbiyalash imkonini beradilar. Tarbiyaviy ishlar shunday tashkil qilinganda yoshlar jamiyat hayotiga faolrok; jalb qilinadi, bu esa o`quvchi shaxsining tarkib topishiga yordam beradi.

Ilg`or o`qituvchilar tajribasining ko`rsatishicha, o`quvchilar ahil jamoa bo`lib uyushgandagina tarbiya ishlarini faol o`quvchilarga tayanmog`i, o`quvchilarni turli ishlarni birgalikda bajarishga odatlantirib, ularga jamoatchilik ruhini snngdirib borishi lozim.

  • Ilg`or o`qituvchilar tajribasining ko`rsatishicha, o`quvchilar ahil jamoa bo`lib uyushgandagina tarbiya ishlarini faol o`quvchilarga tayanmog`i, o`quvchilarni turli ishlarni birgalikda bajarishga odatlantirib, ularga jamoatchilik ruhini snngdirib borishi lozim.

Maktablar tajribasida faoliyat

  • Maktablar tajribasida faoliyat odatda ommaviy, jamoa, guruh va individulal shakllarda tashkil etiladn. Faoliyatni tashkil etishning ommaviy shakllari ham (ya`ni ularda o`quvchilarning muayyan guruhlari ishtirok etadi) o`z mohiyatiga ko`ra uni amalga oshirish jarayonida faoliyat maqsadga (masalan, ma`ruza, konsert va hokazo) erishish uchun katnashchilariing o`zaro muomalasini nazarda tutmaydi.

O`quvchilar guruhida muomalaning o`ziga xos xususiyatni o`rganish uning guruhlarini o`quvchilar muomalasini tashkil etishning samarali shakliga aylantiradigan xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. Umumiy tarzda ular quyidagicha tasvirlanishi kerak: guruhiy ish jarayonida o`quvchilarning muomalasi juda samarali bo`ladi.

  • O`quvchilar guruhida muomalaning o`ziga xos xususiyatni o`rganish uning guruhlarini o`quvchilar muomalasini tashkil etishning samarali shakliga aylantiradigan xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. Umumiy tarzda ular quyidagicha tasvirlanishi kerak: guruhiy ish jarayonida o`quvchilarning muomalasi juda samarali bo`ladi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling