366
PSIXOLOGIYASINING TADQIQOT METODLARI
Tamoyil – ma’lum faoliyatni bajarishda
tayaniladigan dastlabki
qoidalar tizimidir.
Determinizm tamoyiliga ko‘ra, psixika
yashash sharoiti bilan
belgilanadi va sharoit o‘zgarishi bilan o‘zgaradi.
Surdopsixologiya – eshitish faoliyatida jiddiy nuqsonlari bo‘lgan
bolalarning rivojlanishini o‘rganadi.
Tiflopsixologiya – ko‘rish qobiliyati past yoki umuman ko‘rmaydigan
kishi faoliyatini o‘rganadi.
Qiyosiy psixologiya –hayotning filogenetik shakllarini o‘rganuvchi
psixologiya sohasi.
Psixologiya mustaqil fan sifatida namoyon bo‘ladi. U inson ruhiy faoli-
yatining tabiiy, tarixiy va ijtimoiy tomonini o‘rganadi.
Psixologiya falsafa,
tarix, san’atshunoslik, texnika, pedagogika fanlari bilan uzviy bog‘liq.
Rus pedagogi va psixologi K.D.Ushinskiy pedagogika uchun
o‘z ahamiyatiga ko‘ra psixologiya barcha fanlar ichida birinchi o‘rinda
turadi, deb ta’kidlagan.
Psixologiya fanini rivojlantirishda judayam katta rol o‘ynagan
psixologlar
quyidagilar:
B.Ananev,
P.P.Blonskiy,
S.L.Rubinshteyn,
LS.Vigotskiy,
R.S.Nemov
va
boshqalar,
shuningdek
keyinchalik
o‘zbekistonda ham yirik olimlar yetishib chiqdi.
Ular jumlasiga
M.G.Davletshin,
E.G‘.G‘oziev,
M.Vohidov,
V.A.Tokareva.
R.Z.Gaynutdinov,
V.M.Karimova,
G‘.B.Shoumarov,
R.I.Sunnatova,
Z.T.Nishonova va boshqalarni kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: