BILISH - psixik aks eggirish jarayoni bo‘lib, bilimlarni egallash va uni
o‘zlashtirishni ta’minlaydi.
RETIKULYAR FORMATSIYA - bosh miyaning chuqur qismidagi
nerv hujayralari bo‘lib, ular o‘z tuzilishiga ko‘ra qalin to‘rni eslatadigan
o‘simtalarga egadir. Qo‘zg‘olovchilar ta’siri ostida turli retssptorlardan bosh
miyaga signallar olib boradigan sezuvchi nervlarning o‘simtalari retikulyar
formatsiyaga tutashgan bo‘lib, mavjud signallar uni ham qo‘zg‘aydi. Bosh
miyadagi qo‘zg‘alish esa retikulyar formatsiya faoliyati asosida yo
kuchaytiriladi, yo susaytiriladi. Demak, retikulyar formatsiyaning har bir
hujayrasi sezgi a’zolaridan ko‘p signallarni qabul qilib olib, bosh miya va
orqa miya faoliyatiga umumiy holda ta’sir etib turadi. Bu esa kishining
tetikligi, hayajonligi va diqqatining faolligi bilan bog‘liqdir.
REFLEKSIYA - kishi bilimlarining o‘z-o‘ziga, o‘zining ichki olamiga,
psixik sifatlari va psixik holatlariga qaratilishidir.
STIMUL - retseptorlarda qo‘zg‘alishni vujudga keltiradigan tashqi yoki
ichki ta’sirdir.
AKS ETTIRISH NAZARIYASI - psixik hodisalarga borliqni aks
ettirishning formalaridan biri deb qaraydigan nazariyadir.
FREYDIZM (PSIXOANALIZ) - XX asrda maydonga kelgan psi-
xologik yo‘nalish bo‘lib, inson xulqining asosiy harakatlantiruvchi kuchi
ongsiz, instinktiv mayldir deb hisoblab, ongning yetakchilik rolini
kamsitadigan nazariya. Bu nazariyaning asoschisi avstriyalik psixiatr
Z.Freyddir.
FUNKTSIONAL SISTEMA – hayotdagi neyrodinamik yangi tizim
bo‘lib, yuksak psixik funktsiyalarning va qobiliyatining moddiy asosidan
iboratidir (P.K.Anoxin tomonidan ishlab chiqilgan).
FUNKTSIONAL PSIXOLOGIYA - psixika va shaxsga ayrim psixik
funktsiyalarning yig‘indisidir deb qarovchi psixologiya fanining yo‘nalishi.
361
Do'stlaringiz bilan baham: |