Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


BILISH - psixik aks eggirish jarayoni bo‘lib, bilimlarni egallash va uni  o‘zlashtirishni ta’minlaydi.  RETIKULYAR FORMATSIYA


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

BILISH - psixik aks eggirish jarayoni bo‘lib, bilimlarni egallash va uni 
o‘zlashtirishni ta’minlaydi. 
RETIKULYAR FORMATSIYA - bosh miyaning chuqur qismidagi 
nerv hujayralari bo‘lib, ular o‘z tuzilishiga ko‘ra qalin to‘rni eslatadigan 
o‘simtalarga egadir. Qo‘zg‘olovchilar ta’siri ostida turli retssptorlardan bosh 
miyaga signallar olib boradigan sezuvchi nervlarning o‘simtalari retikulyar 
formatsiyaga tutashgan bo‘lib, mavjud signallar uni ham qo‘zg‘aydi. Bosh 
miyadagi qo‘zg‘alish esa retikulyar formatsiya faoliyati asosida yo 
kuchaytiriladi, yo susaytiriladi. Demak, retikulyar formatsiyaning har bir 
hujayrasi sezgi a’zolaridan ko‘p signallarni qabul qilib olib, bosh miya va 
orqa miya faoliyatiga umumiy holda ta’sir etib turadi. Bu esa kishining 
tetikligi, hayajonligi va diqqatining faolligi bilan bog‘liqdir.
REFLEKSIYA - kishi bilimlarining o‘z-o‘ziga, o‘zining ichki olamiga, 
psixik sifatlari va psixik holatlariga qaratilishidir. 
STIMUL - retseptorlarda qo‘zg‘alishni vujudga keltiradigan tashqi yoki 
ichki ta’sirdir. 
AKS ETTIRISH NAZARIYASI - psixik hodisalarga borliqni aks 
ettirishning formalaridan biri deb qaraydigan nazariyadir. 
FREYDIZM (PSIXOANALIZ) - XX asrda maydonga kelgan psi- 
xologik yo‘nalish bo‘lib, inson xulqining asosiy harakatlantiruvchi kuchi 
ongsiz, instinktiv mayldir deb hisoblab, ongning yetakchilik rolini 
kamsitadigan nazariya. Bu nazariyaning asoschisi avstriyalik psixiatr 
Z.Freyddir.
FUNKTSIONAL SISTEMA – hayotdagi neyrodinamik yangi tizim 
bo‘lib, yuksak psixik funktsiyalarning va qobiliyatining moddiy asosidan 
iboratidir (P.K.Anoxin tomonidan ishlab chiqilgan).
FUNKTSIONAL PSIXOLOGIYA - psixika va shaxsga ayrim psixik 
funktsiyalarning yig‘indisidir deb qarovchi psixologiya fanining yo‘nalishi. 


361 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling