Abdulla qodiriy nomidagi jizzax
Download 4.09 Mb. Pdf ko'rish
|
2020 УМУМИЙ МАЖМУА
- Bu sahifa navigatsiya:
- Refleks
- Reflekslar
- Analizatorlar
Psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning alohida xossasi
bo‘lib, u ob’ektiv olamni alohida bir tarzda aks ettiradi. R.Dekart tomonidan XVII asrda refleks tushunchasini fanga kiritilishi organizm va muhit ta’siri asoslari ochilishi borasidagi muhim nazariyalardan biri sifatida rol o‘ynaydi. Refleks – organizmning tashqi va ichki ta’sirotlarga markaziy nerv tizimi orqali bergan javob reaktsiyasidir Inson hayotida reflekslarni yuqori baholab, I.M.Sechenov tomonidan quyidagicha ta’rif beriladi: “Ongli va ongsiz hayotning barcha aktlari (harakatlar) kelib chiqishi usuliga (mohiyatiga) ko‘ra reflekslardir” . Reflektor aktda I.M.Sechenov uchta bo‘g‘imni ajratadi; 1. Birinchi bo‘g‘imda sezayotgan “to‘pning” ta’sirlanishi nerv qo‘zg‘alishiga aylanadi. 357 2. 2 qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari asosida o‘ziga xos ravishda axborotni qayta ishlash va qaror qabul qilish ro‘y beradi. 3. 3 buyruqni amalga oshiruvchi organlarga (muskullarga va bezlar va hokazo) uzatish. I.P.Pavlov (1849-1936) I.M.Sechenovning miya reflektor faoliyatini o‘rganish borasidagi g‘oyasini rivojlantirib, refleks tushunchasiga yangi mazmun kiritdi hamda shartli reflekslarning hosil bo‘lish asoslarini yaratdi. Reflekslarning ikki turi farqlanadi: shartsiz va shartli reflekslar. Shartsiz reflekslar tug‘ma bo‘lib, hayotning dastlabki kunlaridan va keyinchalik hech qanday tajribasiz (malakasiz) namoyon bo‘la boshlaydi. Shartli ta’sirlagich organizmning hayoti uchun muhim bo‘lgan qandaydir hodisalarning mavjudligi haqida habar beradi. Analiz va sintez I.P.Pavlov tomonidan analizatorlar deb nomlangan o‘ziga xos nerv tizimlari yordamida amalga oshiriladi. Analizatorlar – bu nerv fiziologik apparat bo‘lib, periferiyadagi nerv uchidan (retseptor) sezuvchi nervdan( o‘tkazish yo‘li) va miya qobig‘ining tegishli qo‘zg‘atuvchini qabul qiluvchi sohasidan iboratdir. I.P.Pavlovning birinchi va ikkinchi signal tizimlari to‘g‘risidagi ta’limoti ilmiy psixologiya uchun katta ahamiyatga egadir. Download 4.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling